Maktabgacha pedag


Reja - tarbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta’lim-tarbiya ishla-



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə127/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   213
Maktabgacha pedag

Reja - tarbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta’lim-tarbiya ishla-







rini bir tekisda taqsimlab, ma’lum izchillik bilan amalga







oshirishga yordam beradi.




—...... ...—-3


Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko'rish metod va usullarni yaxshilab o'ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo'lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o'zgarishlar kiritish mumkin.

Shuning uchun MTMda bir-birini to'ldiradigan bir necha xil reja tuziladi:





MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachilar tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o'z ichiga oladi.

Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo'ljallangan bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta’lim- tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maqsadga


456




qaratilgan va samarali bo'lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda taiim-tarbiya dasturi»ning hamma boiimlari o'z aksini topadi.

Istiqbol rejasida dasturning hamma boiimlari bo'yicha amalga oshirilishi lozim boigan taiim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo'yicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kurtga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan taiim-tarbiya mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha taiim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to'g'risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o'stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.


«What constitutes an ‘appropriate’ curriculum for young children is still hotly disputed but it is increasingly apparent that simplistic outcome measures, which only look to knowledge and skill competence in the short term, are seriously underestimating the issue» (p93) Kichik yoshdagi bolalar uchun to‘g’ri keladigan o‘quv rejasi qanday tarzda boiishi kerakligi hali hamon turli xil mulohazalarga olib kelmoqda, biroq shunisi aniq boimoqdaki, natijaning soddalashtirilgan choralari, faqat qisqa mudat ichida o‘sishga qaratilgan bilim va uddalay olishlik kompitentlari, masalani jiddiy tarzda baholay olmayapti.
Pedagogy in early childhood education and care (ECEC): an international comparative study of approaches and policies Research Ibrief July 2015 1
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.

Pedagog va psixolog olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko'nikmalarni egallashi maium yosh bosqichida yuzaga kelishini ko'rsatdi.


457




Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo'ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog'i zarur. Tarbiyachi o'zi ishlayotgan guruh, shuningdek, o'zidan oldingi va keyingi guruhlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo'limida bolalarni hayvonlar, o'simliklar va shunga o'xshashlar to'g'risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.

O'rta guruhda dastur bo'yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa-buyumlarga, voqea-hodisalarga nisbatan qiziqishini o'stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va buyumlar, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni topa bilishga o'rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar, voqea- hodisalar to'g'risidagi haqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog'liq ekanligini shakllantirish dasturning muhim vazifasidir.
Maktabgachata'limyoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o'zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo'llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko'nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e’tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo'llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti- vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o'yin, mehnat, maishiy faoliyat


458




va mashg'ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o'yini ham, mehnat mashg'uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o'rin olishi lozim.

Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs boiib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarda quyidagilar rejalashtiriladi:

  1. Bolalarning og'zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:

  1. kitoblar,, o'yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o'tkazgani, uning oila a’zolari - ota-onasi, opa-singlisi, aka- ukasi va shunga o'xshashlar to'g'risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o'tkazish;

  2. albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko'rish;

v) she’rlarni takrorlash;
g) to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o'yinlar;
d) tovushlarni to'g'rilash bo'yicha yakka tartibda shug'ullanish.

  1. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo'yicha didaktik o'yinlarni rejalashtirish (kichik va o'rta guruhlarda).

  2. Bolalar xohlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug'ullanishlari uchun plastilin, bo'yoqlar, qalamlar, bo'yashlari uchun rasmli kitobchalar va o'zlarining chizgan rasmlari beriladi.

  3. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o'yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish-tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo'g'irchoqlar beriladi.

  4. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o'rgatish bo'yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan,


459




kichkina guruhda dastro'molchadan foydalanishga o'rgatish bo'yicha didaktik o'yin o'tkaziladi.,


  1. Koptokni dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruv­chi ishlar rejalashtiriladi.

  2. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash reja­lashtiriladi.

  3. Bolalarning o'yin faoliyatlari rejalashtiriladi:

  1. qurilish o'yinlari rol, syujet bilan bog'liq qurilish o'yinlari rejalashtiriladi;

  2. syujetli-rolli o'yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa shunga o'xshash o'yinlar rejalashtiriladi;

v) stol usti bosma didaktik o'yinlari, so'zli buyumlar bilan o'ynaladigan didaktik o'yinlar, ermak o'yinlar, xorovod o'yinlar, xalq didaktik o'yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o'stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o'yinlari ham rejalashtiriladi.

  1. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:

  1. tabiatdagi mehnat ko'chat o'tkazish, suv sepish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;

  2. xo'jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig'ishtirishtirish, kitoblarniyopishtirish-yelimlash, o'simliklar bargini artish);

v) qo‘1 mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, somonchalar, lattalar, yog'och va kartondan har xil buyumlar yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o'tkazilishi dasturda ko'rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o'tkaziladigan mashg'ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg'ulotda biror narsa o'qib berish rejalashtirilgan bo'lsa, ertalabki soatda rasm ko'rish, onasi to'g'risida so'zlab berish, o'qish rejalashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xil mashg'ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchi


460




mashg'ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg'ulotlar, kompleks mashg'ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg'ulotlari boiadi. Tarbiyachi o'zining kalendar rejasiga mashg'ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo'yadi. Dastur mazmuniga mashg'ulotning taiim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak boigan bilim, malaka, ko'nikmalar hajmi ham yoziladi.

Mashg'ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan maium hajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qoilash imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarning hajmi mashg'ulotdan-mashg'ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg'ulotdabolalarniuyhayvonlaribilantanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o'rganadi. Keyingi mashg'ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil boiadi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg'ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o'z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to'g'risida gap boradi.
Dastur materialini o'rganish mashg'ulotdan-mashg'ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko'nikmalarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishlari aksariyat hollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va usullariga, shart-sharoitga bog'liq boiadi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususiyati asosan ko'rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi hikoya, suhbat, tushuntirish; amaliy metod mashq o'yindan foydalanishni takrorlaydi.
Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yoi boiib, usullar yig'indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo'lish mumkin: ko'rgazmali (ko'rsatish), og'zaki (savol, solishtirish, she'r


461




aytish, topishmoqdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o'yin, vaziyat usullari va boshqalar).

Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko'p hollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg'ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarni bolalar yaxshi o'zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko'tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi o'zining kalendar rejasida mashg'ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga uning mazmunini ham ochib yozishi kerak.
Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo'yish zarur. Agar tarbiyachi mashg'ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi bo'lsa, uning mazmunini yozib qo'ygan ma'qul. Solishtirishga o'rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining mashg'ulotni rejalashtirishdagi ba’zi bir metod va usullarini ко'rib chiqamiz.
Tarbiyachi mashg'ulotga tayyorgarlik ko'rayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko'rgazmali-obrazli bo'lishini e'tiborga oladi va asosan mashg'ulotda ko'rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan obyektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko'p mashg'ulotlarda, ayniqsa, nutqni o'stirish mashg'ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo'lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea-hodisalarni tarbiyachi his-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog'lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o'zlashtirib olishlarini yengillashtiradi. Tarbiyachi mashg'ulotlarda foydalanadigan


462




so'zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi. Savollar- ni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo'r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo'lishi zarur.

Mashg'ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan boiishiga yordam beradi.
Mashg'ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaho aqliy xazinasi boiib, u buyumlarni yaxshiroq o'rganish va tushunishga yordam beradi.
Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko'p boimaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o'zining kalendar rejasida yozib qo'yadi.
O'rta guruhda solishtirishga moijallangan buyumlardagi belgilar soni ko'payadi va bolalardan buyumlarni kuzatib, ulardagi belgilarni maium izchillikda bayon qilish talab etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan faqat ular ko'rib turgan buyumlarning belgilarini sanash bilan chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda tasavvurlaridan foydalanish ham talab etiladi.
Solishtirishning bu murakkab shakli bolalarning yoshiga mos boiib, ularning aqliy rivojlanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi mashg'ulotlarda o'yin usulidan keng foydalanadi. O‘yinusulimashg'ulotningqiziqarliroq,jozibaliroqliginita’min- laydi, mashg'ulot jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bola osonlik bilan yengadi.
Mashg'ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga qarab yakka tartibdagi ishlar ham rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanishi biroz orqada qolayotgan, diqqati tarqoq, o'ziga ishonchi yo'q yoki o'zi to'g'risida yuqori fikrli bolalarga ko'proq e’tibor berish kerak.


463




Shunday qilib, kalendar rejaga mashg'ulotning dastur mazmuni, metodik usul unga kerakli ko'rgazma va tarqatma materiallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi.

Sayrni rejalashtirish.

  1. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish rejalashtiriladi. Masalan: harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko'chani, farroshning ishini va shunga o'xshashlarni kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan o'simliklarni, yog'ayotgan qor va hokazolarni kuzatish rejalashtiriladi. Bular haftasiga 5-6 marta kuzatiladi. Ob- havoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Bu kalendar rejaga quyidagicha yoziladi: yaqin orada (hafta davomida) qor yog'ishini kuzatish. Bu tadbir o'tkaziladigan mashg'ulot bilan uzviy bog'liq bo'lishi kerak.

  2. Qoidali o'yinlarning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi ko'rsatilgan holda rejalashtiriladi. Kichik guruhda bitta yangi o'yin yoki tanish o'yinni rejalashtirish mumkin katta guruhda ham bolalarga tanish bo'lgan 2 o'yinni sayrning boshida va oxirida rejalashtirgan ma’qul.

  3. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi:

  1. tabiatdagi mehnat (daraxt o'tkazish, suv quyish, chopiq qilish, o'simlik urug'ini terish, hayvonlarni parvarish qilish va hokazolar);

  2. maishiy-xo'jalik mehnati (barglarniyig'ish, qorni tozalash, ayvonchani supurish, qafasni tozalash, yo'lkalarga qum sepish va shunga o'xshashlar).

  1. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildirish, san’at, ona tilini o'rganish va boshqalar.

Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo'yicha tadbirlar yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga o'rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.


464




  1. Sport o'yinlari (voleybol, stol tennisi, badminton va shunga o'xshashlar), sport ermak o'yinlari (chang'i, konki, chana, velosiped va boshqalar).

  2. Maqsadli sayrlar maydoncha bo'ylab va maydonchadan tashqariga o'tkaziladi. Avval ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. [Masalan, bahorda mana shu o'tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko'p narsalar o'zgaribdi)

  3. Qurilish o'yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar sayrda bolalarning syujetli-rolli o'yinlari yuzaga kelish va rivojlanishi, o'yin harakatlariga bolalarni o'rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o'yin uchun olib chiqiladigan o'yinchoqlarni, ularning ayrimlarini ham ko'rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan shug'ullanishlari, qanday mehnat faoliyatini bajarishlari yoki qanday o'yin materiallarini olib chiqishlari kerakligi to'g'risida bolalar bilan gaplashib oladi.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin