Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlarining huquqlari va javobgarligi Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
615
davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar) bo'linmalaridan, maktabgacha ta'lim muassasalaridan o'z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan axborotni belgilangan tartibda so'rash va olish; davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo'yicha davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini o'rganish; davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish; bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo'yicha nodavlat ta’lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qilish; o'z vakolatiga kiradigan masalalaryuzasidantakliflarniko'rib chiqish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari: maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash; Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalariva Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari; maktabgacha ta’lim sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;
616
maktabgacha ta'lim masalalariga doir takliflarni tayyorlash va maktabgacha ta'lim masalalari yuzasidan tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish; tumanlarda (shaharlarda) maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo'yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yo'l xaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.