1964-yil - Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi nashr etildi. Unda ilk yoshdan to maktabga tayyorlov yoshgacha bo'lgan davrlarda olib boriladigan ta’lim - tarbiya ishlari yori- tib berildi. 1972-yil - Maktabgacha taiim muassasalarining yangi "Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi bilan ishlashga o'tkazish to'g'risidagi 1972-yil may qaroriga binoan yangi programma qabul qilindi. Programmada - bolalar bog'chasining vazifalari- aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnat, o'yin mashg'ulotlar ro'yxati va haftalik taqsimoti, guruhlar bo'yicha bolalarni tarbiyalash vazifalari, ularning rivojlanish xususiyatlari, o'quv faoli- yatining boshlang'ich formalarini egallash, tarbiyachi va ota- onalar hamkorligi masalalari aks ettirilgan edi. 1978-1980-yillar- Bolalar bog'chasida taiim-tarbiya programmasi takomillashtirildi va qayta nashr etildi. 1980-1999-yillar - Bolalar bog'chasida taiim-tarbiya pro- grammasining bir necha bor takomillashtirish jarayonlari bo'lib o'tdi. Mustaqilligimizning ilk mevasi bo'lgan "Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturi qabul qilindi. Unda bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va ularga taiim berishning uch asosiy: ma'naviy, jismoniy va nutq rivojlanishi yo'nalishlari belgilab berildi. 2010-yil - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi tomonidan "Bolajon” tayanch dasturi nashrga tavsiya etildi. 2018-yil - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha taiim vazirligi tomonidan "Ilk qadam" o'quv dasturi qabul qilindi
91
“ILK QADAM" DAVLAT O'QUV DASTURI
Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbi- yaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompe- tensiyalari belgilab berilgan3. O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan bar- cha maktabgacha ta'lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo'lib xizmat qiladi O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida: davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat muassasalari; maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydur. Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, 1 bobda MTM davlat o'quv dasturini qo'llash va MTMning maqsad va vazi- falari aks ettirilgan. Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTM ishchi o'quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim