Huquqiy madaniyat - davlat tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga rioya etishdagi shaxsning xulqi, munosabati tushuniladi. Bir so'z bilan aytganda huquqiy madaniyat ongli ravishda huquqiy me'yorlarga rioya qilish va bo'ysunishdir. Huquqiy ong- huquqiy madaniyatning ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi, Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun me’yorlariga munosabatidan, ularni qabul qilish xususiyatlaridan, o'rnatilgan qonunni qo'llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. Jamiyat hayotini huquqiy tartib asosida tuzish to'g'risidagi tushunchalar tizimi, ijtimoiy ong shakli - huquqiy ong deyiladi. Ijtimoiy ong o'z navbatida quyidagi guruhlarga bo'linadi:
Siyosiy;
Axloqiy;
Diniy;
Huquqiy.
Huquqiy ong - O'zbekiston davlati va uning organlari tomonida qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga rioya etish, ulardan ongli ravishda foydalana olish qobiliyatidir. Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan va qarori bilan tasdiqlangan: "Ta’lim to'g'risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi", O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarori qonunlar hisoblanadi.
12 Karimova O.A., G’afforov Z.M. Davlat va huquq asoslari. Т.: 0‘qituvchi - 1995.