Maktabgacha pedag


Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə73/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   213
Maktabgacha pedag

Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari.
Ma'lumki, inson oilada rivojlanadi va kamol topadi. Oila bu ota-ona, er-xotin, farzandlarva qarindosh-urug'lardantuzilgan jamoa bo'lib, oila a'zolari o'rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarini vujudga keltiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV - "Oila" bobida oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega deyilgan. Oila qonunlarining asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni ishonch, hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish, oila oldidagi burch va majburiyatlarini his qilish va o'z huquqlarini himoya qilishdan iboratdir.
Oilada ota-ona, bolalarning huquq va majburiyatlari:

  1. Oilada yashash va tarbiyalanish;

  2. O'z ota-onasini bilish, ularning g'amxo'rligidan foydalanish va ular bilan birga yashash.

  3. Bola otasi, onasi, yaqinlari va boshqa qarindoshlari bilan ko'rishishi;

  4. O'z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

  5. O'z fikrini ifoda etish;

  6. Bola ism, ota ismi va famliyasini olishga;

  7. Ism va familiyasini o'zgartirishga;13

  8. Oilada umumiy mulk va o'z huquqiy mulkiga ega bo'lish va boshqa huquqlarga ega.

Bolaning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan


13 Karimova O. Huquqshunoslik. Toshkent, 2009.


273




amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq toia muomala layoqatiga ega deb e'tirof etilsa, u o'z huquq va majburiyatlarini, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir. Oilada bolaga taalluqli har qanday masala hal etilayotganida bola o'z fikrini bildirishga, so'zlashga haqlidir.
Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgila- nadi. Ota-ona turli familiyada bo'lganda ota-onaning kelishu- viga binoan bolaga ota yoki onaning familiyasi beriladi. Milliy an’analarga muvofiq boboning ismi bo'yicha familiya berilishi mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish boiimi ota-onaning birgalikdagi arizalariga binoan bola 16 yoshga to'lguncha uning manfaatlarini e'tiborga olib, uning ismini o'zgartirishga (ota yoki onaning] haqlidir.
Ota-onalar o'z farzandlariga teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Nikohda boimagan, voyaga yetmagan bolalari bo'lgan ota-onalarning bolalari 16 yoshga toiishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidir. Ota-ona o'z bolalarining sogiig'i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoliga g'amxo'rlik qiladi va buning uchun javobgar hisoblanadi.
Ota-onalik huquqlarini amalga oshirishda bolaga nisbatan shafqatsizlik, qo'pollik, mensimaslik, jismoniy qadr-qimmatni kamsitish, haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilish qonunga ziddir. Farzandlar oldidagi burchlarni bajarmasalar ota- onalikdan sud qarori orqali mahrum qilinadi.
Oila munosabatlari O'zbekiston Respublikasi "Oila Kodeksi”- da ham o'z ifodasini topgan. Quyidagi hollarda ota-onalar ota- onalikdan mahrum etiladi:

  • Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, aliment toiashdan bo'yin tovlash;

  • O'z bolasini uzrsiz sabablarga ko'ra tug'ruqxona va boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

  • Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lsa, jumladan, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy ta’sir ko'rsatilganda;


274


  • Surunkali ravishda ichkilikbozlik yoki giyohvandlikga

mubtalo bo'lgan taqdirda;

sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir etilganda ota- onalik huquqidan mahrum qilinadi.
Farzandlar voyaga yetgandan keyin o'z ota-onalariga g'amxo'rlik qilishlari lozim. Maktabgacha ta’lim bo'yicha qabul qilingan qonunlar va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash jarayonida biz vasiylik va homiylik kabi iborani uchratamiz. Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimiyatining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik - 14 yoshga to'lmagan va sud tomonidan ruhiy kasalligi yoki zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga belgilanadi.
Homiylik - 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga hamda kasalligi tufayli mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshira olmaydigan voyaga yetgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan layoqati cheklangan shaxslarga nisbatan belgilanadi.
Maktabgacha pedagogika fanini talabalarga o'qitish jarayonida ularda O'zbekiston davlati tomonidan qabul qilingan qonunlarga nisbatan yuksak hurmat tuyg'usini uyg'otish va o'z hayotida ulardan oqilona foydalanish ko'nikmalarini shaklllantirish muhim vazifadir.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida huquqiy tarbiya berishda Sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish
Davlat va huquqning vujudga kelishi to'g'risida Sharqning alloma-yu fuzalolari, mutafakkirlari o'zlarining tarixiy asarlari orqali turli falsafiy fikr va qarashlarni bildirganlar.
IX-X asrlarda yashagan Abu Nasr al-Farobiy O'rta asrlar Sharq mutafakkirlaridan birinchi bo'lib jamiyat va davlat, odilona davlat tuzumi muammolari haqida fikr yuritdi. Bu ta'limotda ijtimoiy hayotning ko'p masalalari - davlatni


275




boshqar ish, taiim, tarbiya, axloq, ma'rifat, diniy e'tiqod, mehnat va boshqa jihatlar qamrab olindi. Farobiy o'zining "Fozil shahar aholisining maslagi” asarida jamiyat ("Inson jamoasi") ning kelib chikishi, insonning yetuklikka erishuvi yo'lidagi zahmati, kishilarning jamoa bo'lib yashashidagi xulq-atvori, axloq-odob me'yorlari haqida fikr yuritib, inson fazilatlarini ikki guruhga bo'ladi. Birinchisi - fikriy fazilat; Ikkinchisi - xulqiy fazilat.

  1. Fikriy - aql, donolik, fahm-farosat, zehnlilikdan iborat.


  1. Yüklə 1,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin