Nazorat uchun savol va topshiriqlar. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berishning asosiy tamoyillarini sharhlab bering.
Farobiyning huquqiy tarbiya masalalariga oid falsafiy qarashlarining ahamiyati nimada?
Bolalarga huquqiy tarbiya berishning mazmuni va mohiyati nimalardan iborat?
Huquq va qonun iboralariga ta’rif bering va ular orasidagi tafovutni yoriting.
Oilada huquqiy tarbiyani amalga oshirishda ota-onaning roli va majburiyatlarini tushuntirib bering.
Maktabgacha taiim muassasalarida bolalarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish ishlarini tashkil etish jarayonini izohlang.
Huquqiy tarbiyaga oid moddalardan misollar keltiring va tushuntirib bering.
Huquqiy me’yorlar va axloqiy me’yorlar bo'yicha alohida jadval tuzing va uni yoritib bering.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" asosida "Bolalarning burch va majburiytlari” jadvalini tuzing va izohlab bering.
Huquqiy tarbiya bo'yicha mavzu yuzasidan testlar. Demokratik huquq va erkinliklar nima bilan himoya qilinadi? Prezident farmonlari bilan
Qonun va qarorlar bilan
Konstitutsiya va qonunlar bilan
298
Konstitutsiya bilan.
2.0‘zbekiston Respublikasi tuzilish jihatidan qanday davlat? a} Unitar Konfederativ
Respublika
Suveren Huquqiy tarbiyaning tarkibiy qismlarini aniqlang? Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik, huquqiy bilim
Huquqiy tashviqot, huquqiy me'yorlar, huquqiy himoya, huquqiy majburiyat
Huquqiy burch, huquqiy himoya qiluvchi tashkilotlar, jamoatchilik huquqi
Huquqiy tenglik, huquqiy manfaatdorlik, huquqni mustaqil amalga oshirish Amir Temur tomonidan davlatni boshqarishdagi asosiy tamoyillar qaysi bandda to'g'ri yoritilgan? Tadbir va mashvarat, shijoat, ehtiyotkorlik, sergaklik
Shijoatlik, balandparvozlik, chidamlilik, rahmdillik, xayr- ehson qilish Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" ni o'rgatishdan maqsad - bu ... Bolalar rivojlanishining turli bosqichlarida mavjud mezonlarni, huquqiy muammolarni, bolalar hayotiga oid boigan barcha masalalarni o'rganadi
Bolaning yashay olish, rivojlanish, ishtirok etish, vijdon va din erkinliklari, barcha zo'ravonlik va qiynoqlardan muhofaza qilish huquqlari bilan ta'minlaydi
Huquqi ong va boshqa tushunchalarni shakllantirish, bolani huquqiy boshqarish chora-tadbirlar majmuasi
Hayotiy muhim yechimlarni ota-onalar tomonidan birgalikda hal etish, bolalarga g'amxo'rlik ko'rsatish.
299
BOB. EKOLOGIK TARBIYA Ekologik tarbiya berishning nazariy asoslari
Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Jamiyatning atrof-muhit bilan o'zaro buzilgan aloqasi keng jamoatchilik o'rtasida katta tashvish uyg'otmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar", 55-moddasida esa "Yer osti boyliklari, suv, o'simlik, va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deyilgan. Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda. Yashil o'rmonlar siyraklashib, o'simlik va hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari tugab bormoqda. Suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi, chiqindi moddalarning ortib borishi natijasida aholini oziq- ovqat bilan ta'minlash, energiya va chuchuk suv muammolari borgan sari murakkablashmoqda. Oqibatda, million-million yillar davomida turg'un bo'lgan tabiiy holatga putur yetmoqda. Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o'zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir- birlariva atrof-muhit o'rtasidabo'lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, hajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo'llarini o'zlashtirishdan iboratdir. Inson tabiatga, o'zini o'rab olgan muhitga nisbatan o'z munosabatini o'zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, o'rganishi va ular asosida o'z hayotini rivojlantirishi shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo'llarini ishlab chiqish kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chikishiga sababchi bo'ladi va shu ofatlardan halok bo'ladi.
300
Ekologik taiim va tarbiyaning tub ma'nosi - tabiat va jamiyat o'rtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bogiovchi tabiiy hamda ijtimoiy qonunlarni o'rganish, hayotga tatbiq qilishdan iboratdir. Ekolgik taiim va tarbiya - bu insonni tabiatga qadam qo'ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e'tibor bilan qaraydigan urf-odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko'paytirish, bog'-u-rog'lar, gulzorlar tashkil qilishga undash- dan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg'otishdan iboratdir. Insonni o'rab turgan tabiiy muhit va uning boyliklarini biladigan,undantejamkorlikbiIanfoydalanadigan, saqlaydigan, tabiat boyligiga, go'zalligiga go'zallik qo'shadigan, ijtimoiy va tabiiy qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni yetishtirish - bu ekologik tarbiya maqsadi. O'rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq allomalaridan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy (782-847) risolalaridan birida bunday deb yozadi: "Bilingki, dunyoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am, kulfat tushgan boiadi. Odamlar, daryodan mehringizni dang' tutmanglar”. Dunyoning yoshli ko'zlari deganda Muhammad Muso al-Xorazmiy nimalarni ko'zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof boiishini nazarda tutgandir? U, eng avvalo, daryo bilan odamlarning bir-birini tushinishlari va til topishishlari, o'zaro mehr-muhabbat qo'yishlarini nazarda tutgan. 847-yilda Muhammad Muso al-Xorazmiy "Kitob surat al- arz” degan asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi
301
qit'alar, qutblar, ekvatorlar, gulllar, tog'lar, daryo va dengizlar, ko'llar va o'rmonlar va ulardagi o'simliklar, hayvonot dunyosi, shuningdek boshqa tabiiy resruslar - Yerning asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko'nikmalari va tarixiy-huquqiy bilimlari umumlashtirilgan,