Aflotun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. av. taxm. 427.27.5 — Afina — 347) — yunon faylasufi, platonizm asoschisi. Sokratttg shogirdi. Sokrat unga «Platon» (keng yelkali, keng koʻkrakli degan maʼnoni beradi) deb nom qoʻygan. Platon mashhur faylasuflar bilan yoshligidan mulo-qotda boʻlib, ulardan taʼlim oldi. Geraklit, Parmenid, Demokrit va b. faylasuflarning asarlarini oʻrgandi. Mil. av. 380-y. larda Afina yaqinidagi Akademiya nomli bir bogʻni sotib oladi (bu nom shu yerlik afsonaviy qahramon Akadem sharafiga berilgan) va bu bogʻda oʻzining Platon akademiyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashkil etadi. Akademiya Afinada deyarli 1000-y. faoliyat koʻrsatadi
Unda Aristotel ham oʻqigan. Akademiyada faqat falsafadan emas, geom., astronomiya, geogr., zool. va botanikadan ham taʼlim berilar edi. Biroq siyosiy taʼlim markaziy oʻrinda edi. Taʼlim maʼruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika mashgʻulotlari oʻtkazilardi.

Platon falsafasining asosiy mohiyati — «gʻoya» («eydos»)lar haqidagi taʼlimotida bayon etilgan. Uningfikricha, gʻoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy oʻzgarish va taraqqiyot gʻoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning inʼikosidir.

Gʻoyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari boʻladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.