Maktabgacha pedag



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə125/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   213
Maktabgacha pedag

O'rta guruh xonasi uxlash xonasi, hojatxona va yechinish xonasiga ega bo'lishi kerak.


Guruh xonasi bir necha bo'limdan iborat bo'lishi kerak. Birinchi o'yin bo'limida qo'g'irchoq bilan o'ynash uchun hamma kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf bo'ladi. Ikkinchi o'yin bo'limida qurilish materiallari qo'yiladigan shkaf va ular bilan o'ynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shug'ullanishlari uchun kerakli materiallar qo'yiladi. Kitob burchagi va stol usti bosma o'yini bilan shug'ullanishlari uchun o'yin burchagida tinchroq joyni ajratish kerak. Tabiat burchagini derazalarga yaqinroqda joylashtirgan ma'qul. Xona amaliy san'at asarlari va ko'kalamzorlashtiruvchi o'simliklar bilan bezatiladi.
Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali o'simliklar bilan to'silib, jismoniy mashqlar va sport ermak o'yinlari uchun kerakli asboblar bilan jihozlanadi.
Katta guruh. O'yin bo'limlari bolalarning yoshiga mos holda, o'rta guruh xonasi kabi jihozlanadi. Guruh xonasida yana mashg'ulot o'tkaziladigan bo'lim ajratiladi va u yerga tarbiyachining stoli, ekran, shkaf, doska joylashtiriladi. Bolalarning mustaqil o'ynashlari uchun hamma kerakli materiallar ularbemalolfoydalana oladigan qilib joylashtirilishi kerak (stollar, o'yinchoqlar solingan qutichalar, vitrina shkafi, tokchalar va boshqalar). Tabiat burchagi, qo'l mehnati bilan shug'ullanadigan burchak, kitob burchagi, tasviriy faoliyat bilan mustaqil shug'ullanadigan burchak, musiqaviy faoliyat burchaklari bo'lishi kerak. Bulardan tashqari bolalar bemalol, erkin harakat qilishlari uchun kattagina bo'sh joy bo'lishi zarur. Maydonchada sport o'yinlari, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, irg'itish uchun katta joy ajratiladi. Syujetli o'yinlar uchun o'yinchoqlar ham bo'ladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin