351
O'yinni tarbiyachi bolalarda o'yinga qiziqish uyg'otgan holda tugatishi kerak, ya'ni bolalar shu o'yinni yana davom ettirishni xohlab qolsinlar. Tarbiyachi shunday deydi: "Kelgusi gal bundan ham yaxshiroq o'ynaymiz”, yoki "Yangi o'yin bundan ham qiziqroq bo'ladi”. Tarbiyachi o'yinning yangi variantlarini ishlab chiqadi.
Didaktik o'yinlar guruh xonasida, zalda, maydonchada, o'rmonda, dalada va boshqa joylarda o'tkazilishi mumkin. Bu o'yinning ta'sirehanligini, taassurotlarning har xilligini, bolalarning faolligini oshiradi. Shunday qilib, didaktik o'yin maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish vositasi bo'lib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
Bola tarbiyasida o'yinchoqning ahamiyati
Ko'pchilik bolalar o'yinlari xilma-xil o'yinchoqlardan foydalanish bilan bog'liq. O'yinchoq bola hayotining yo'ldoshi, uning quvonchi manbayidir. U nafaqat o'yin quroli, balki bolalar o'yinida sherik, o'rtoq, kattalar qo'lida esa tarbiyaning muhim qurollaridan biridir. O'yinchoq o'yin yaratishda ishtirok etadi, bolaning o'ziga xos sherigi sifatida namoyon bo'ladi, uning shaxsiga katta ta'sir o'tkazadi. U bolaga shunchalik yaqinki, bola o'z o'yinchoqlarini sevadi, ularga bog'lanib qoladi, shu tufayli u o'zini atrofdagi hayotning to'laqonli a’zosi deb hisoblaydi.
To'g'ri tanlangan o'yinchoqlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Xalq pedagogikasida o'yinchoqlarning butun bir sistemasi ishlab chiqilgan. Ular bilan amalga oshiriladigan o'yinlar bolaning sensor qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
’’Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g'oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borganda, muhim bir masala haqida to'xtalib o'tish o'rinli deb o'ylayman. U ham bo'lsa, dunyoga hayrat ko'zi bilan boqib, undan o'zgacha ma'no topishga intilayotgan murg'ak
352
farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo'g'irchoq va o'yinchoqlarni ishlab chiqarish masalasidir.
Bir qaraganda bu muammo arzimas narsa boiib tuyulishi mumkin. Lekin har qaysi go'dak ilk bor olamni o'z atrofidagi o'yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan boisak, ularning inson tarbiyasidagi o'rni beqiyos ekanligi ayon bo'ladi.
Farzandlarimiz milliyt hunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o'yinchoqlarni o'ynashsa, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir etgan boiar edik” degan fikrni mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengil- mas kuch" asarida ta’kidlaydi (156 bet]. Darhaqiqat, go'dakning ulg'ayib kelajakda qanday yoidan borishi o'zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma'naviy asoslarga qurishi ham uning bolalikda qanday o'yinchoqlar o'ynagani bilan belgilanadi.Har bir xalqning o'yinchog'i o'zining pedagogik badiiy va amaliy an’anasiga egadir. O'yinchoq hamma millat xalqlariga hurmat hissini tarbiyalashi lozim. O'yinchoqqa quyidagi talablar qo'yiladi:
Pedagogik talab. O'yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi, jamiyatimiz g'oyasi nuqtayi nazariga mos kelishi, g'oyaviy jihatdan qimmatli boiishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. O'yinchoq bolada olijanob tuyg'ularni uyg'otishi, boshqa millat bolalari bilan do'stona munosabatlarni tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob tuyg'ular uyg'otishi, ijobiy axloqiy tajriba to'plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka boigan intilishini qoniqtirishi va uni uyg'otishi kerak. Obrazli o'yinchoq real haqiqatni ifoda
353
etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.
Gigiyenik talablar. O'yinchoq qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, bo'yoq va bezaklarning har tomonlama uyg'unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to'ldirib, ta’kidlab, o'yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. O'yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to'la mos kelmog'i lozim.
To'g'ri tanlangan o'yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy vabadiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o'yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo'lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib boradi.
O'yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o'ynash tuyg'usini uyg'otadi va ijobiy his-tuyg'ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his- tuyg'ularni shakllantirishda qo'g'irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo'g'irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo'lgan tengdoshlariga bo'lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San'atning birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo'lgan o'yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg'otadi, estetik tarbiyani to'plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o'rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo'lgan xalq o'yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim.
O'yinchoq bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtir ishini rivojlantiradi.
354
Ilk yoshdagi bolalarga moijallangan ko'p o'yinchoqlar (shaqqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.] bolada ko'rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o'stirishga yordam beradi.
Syujetli-obrazli o'yinchoqlar syujetli-rolli o'yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, mulo- yimlik, g'amxo'rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o'ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.
Texnika o'yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga boigan qiziqishni uyg'otib, ularni o'z o'yinlarida qo'llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari] tashqi ko'rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o'yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o'yinchoqlari bolalardagi qurish-yasash qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda ijodkorlikka intilish uyg'otadi. Bu o'yinchoqlarni o'ynash buyumning asosiy
355
vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim (avtomobilda g'ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinchoqlarning asosiy 2 turi mavjud:
kublar, prizmalar, konuslar, piramida, slindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to'plami.
turli blok - devor, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura va qurilish materiallari. Mayda [stol o'yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) o'ynashga mo'ljallangan bu qurilish materiallarining rangi har xil bo'lishi mumkin.
Didaktik o'yinchoqlarning asosini xalq o'yinchoqlari tashkil qiladi. Ularni o'ynashda bola o'z-o'zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o'yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.
Harakatli o'yinlarga mo'ljallangan o'yinchoqlar: suv, qum bilan o'ynaladigan o'yinchoqlar, koptoklar, arg'amchilar, chambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o'yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o'stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.
Qum bilan o'ynash. Qum bolalarning o'ynashlari uchun eng qulay o'yin vositasi hisoblanadi. Qum maxsus yashildarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigiyenik talablar qo'yiladi:
qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo'lishi; b) qum faqat namroq holda saqlanishi; d) bolalarning salomatligiga xavf solmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalar qum bilan o'ynashlari uchun bayroqchalar, o'yinchoqlar tayyorlab qo'yilishi kerak.
Suv bilan o'ynaladigan o'yinlar. Bu o'yinlar bilan kichik yoshdan boshlab shug'ullanish mumkin. Suvda qo'g'irchoqni cho'miltirish, o'yinchoqlar bilan o'ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda cho'milishlari mumkin.
Qor bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalarda quvnoq kayfiyat-
356
ni uyg'otadi. Buning uchun yog'och belkurakcha, qorni tashish uchun quticha ortilgan chana bo'lishi shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiyofasini yasaydilar.
Milliy xalq o'yinlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda milliy xalq o'yinlarining ahamiyati kattadir. Bu o'yinlar ikki guruhga bo'linadi:
Milliy harakatli o'yinlar. 2. Milliy xalq o'yinlari.
Milliy harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qad- riyatlari bilan aloqador bo'lib, ular asrlar davomida davrlar- ga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e'zozlanib kelin- gan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog'lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon boiib o'sishlarida muhim omil hisoblanadi. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishining xarakter - xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari jamlangandir.
Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida ularda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdod- larimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, o'sib kelayotgan yosh avlod- da chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha taiim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
milliy o'yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;
xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
bolalarning o'ynashlari uchun shart-sharoit (o'yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;
357
maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlar va musobaqa- lar o'tkazish.
Milliy harakatli o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga o'yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
l-2yoshli bolalar bilan o'ynaladigan о 'yin turlari. «Barmoq- qa-barmoq», «G'oz-g'oz», «G'oz tursin», «Bo'p-bo'p», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o'yinlari go'dak endi bir-ikki qadam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.
4 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: ”0't o'yin", "Kesak qo'ydi", "Ko'z boylag’ich”, "Choriy chambar”, "Awal- akam”, "Tayoq irg'itish”, "Quloq cho'zish’', "Chitti gul”, "Xolam mehmonga keldi", "Uchdi-uchdi".
5 yoshli bolalar bilan o'ynaladigon o'yin turlari: "Chir- Aylanma”, “Chillak", "Tortishmachoq”, "Lafta", "Dor o'yin", "Ko'pkari”, "Berkinmachoq”, "Jami", "Chertan devor gir-gir aylan”.
Katta yoshdagi bolalar uchun o'yinlar: "Chavandozlar", "Doiraga tort", "Do'ppi yashirma”, "Sapalak”, "Besh tosh”, "Oq terakmi ko'k terak”. Bu o'yinlar orqali bolalarda chaqqon- lik, o'z-o'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi, qat’iyatlilik ko'nikmalari shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo'lishga tayyorlanib boradi.
Xalq harakatli o'yinlarni tashkil etish va bolalarga o'rgatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur;
Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.
O'yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgaligi va yosh xususiyatlariga e'tibor berish.
Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qo- chirmaslik.
O'yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog'lagan holda hayotga tatbiq etish.
358
O'yin davomida o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash.
Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e'tiborli bo'lish.
O'zbek xalqining ermak va ovutmachoq o'yinlari bilan, asosan, bolaning ilk yosh davridan boshlab shug'ullanib boriladi. Bu o'yinlar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat va so'zlarning uyg’unlashuvi bilan o'ynatiladi. Masalan: "Bar- moqlar", “Sichqon - sichqon” o'yinlari orqali bolalarda xush- chaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari o'sib boradi. Xalqimizda "Bolaning ilonni changallaydigan davrida” ibora bor. Bu hikmat hali qo'rqish hissini bilmaydigon davrida, ya'ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo'llaniladi. Xuddi shu davrida “Sichqon- sichqon" o'yini qoi keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan "Sichqon”ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydi- lar. "Sichqon”ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka sichqon shakli va uning juda to'g’risida tasawur hosil qilishga ko'maklashadi. Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo- chapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu ja- rayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faollashadi. Bolalarning nutq faolligi- ni o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalanila- di. Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mun- di», «Bulbulim-bulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana xalqimizda azal-azaldan o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-ha- nuzgacha bolalar orasida «tinchlik - yarashuv» timsoli sifatida qo'llaniladi. Bu o'yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq,
U olavermadi har choq.
Toychog'imni kim olsa,
359
Men u bilan chin o'rtoq.
Yalinchoq-yalinmachoq,
Pista po'choq.
Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o'rtoq,
To'qmoq, to'qson yilgacha o'rtoq.
Bolalarning matematik tasavvurlarini o'stirishga yordam beradigan o'yin turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o'yin jarayonida bolalar she'riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tar- zida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalarning tasavvurlari, fikrlash doiralari kengayib, she'riy ohangda to'g'ri javob qay- tarishga o'rgatilib boriladi. Asosan, bu o'yinlar quyidagicha ja- ranglaydi:
Dadam-u oyim,
Bor ikkita singlim.
Bahodir, Dildor,
Bog'chaga ketar,
Sanab ko'r chaqqon,
Bizlar nechta jon?
O'zbek xalqi nihoyatda so'zga chechan, topqir bo'lib, o'zining alyor-u qo'shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq orasida mashhur bo'lgan «Qiqillamalar»ni misol sifatida kelti- rish mumkin. Bu so'z o'yinlarida sodir bo'layotgan voqea-hodi- salar, kechinmalar she'riy ohangda ijro etiladi. Masalan: Shov-shov etadi ariq,
Karim ekadi tariq.
Yoki:
Echki keladi ma'rab,
O'z egasiga qarab.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy axloqiy pedagogik - psixologik jihatdan tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim tizimida o'yinlar texnologiyasi.
O'yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta’lim tizimida, jumladan, maktabgacha ta'lim tizimida ham yan-
360
gi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan keng foy- dalanilmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo'llarini amaliyotchi-tarbiyachi va o'qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
«Texnologiya» yunoncha so'z bo'lib, «techne» - «mahorat», «san’at» va «logos» - «tushuncha», «o'rganish» demakdir. Texnologiya so'zi zamirida jarayonlami amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig'indisi, shuningdek, obyektda so- dir bo'ladigan sifat o'zgarishlari tushuniladi.
Ta'lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan taiim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, taiim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning sama- radorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, taiim maqsadining aniq shakllanganligi.
O'yin texnologiyasi ham o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak boigan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bogiiqligi, oldindan belgilangan nati- jalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
tashxis;
o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;
ijtimoiylashuvlik.
361
S.A. Shmakovning ta'kidlashicha, o'yinlar quyidagi to'rt asosiy xususiyatga ega:
erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o'yinni o'zi tanlay- di, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda, yakuniy natija emas, balki o'yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
ijodiy xarakter, ya’ni o'yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
emotsional ta’sir - bola o'yinda markaziy o'rin egallash- ni xohlaydi, g'olib bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshi- rishga yordam beradi;
asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning man- tiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O'yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O'yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi.
Nazariy jihatdan o'yinga faoliyat, jarayon va o'qitish metodi sifatida qarash mumkin.
O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o'z imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi.
O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta'biricha) qu- yidagilarni qamrab oladi:
o'ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o'yin texnologiyalari- da ham, o'quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologi-
362
yaning asosiy negizidir. Maqsad to'g'ri qo'yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o'rgatmoqchi bo'lganligini bilishi kerak. Bitta mashg'ulotda bitta maqsad qo'yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.
O'yin texnologiyalari (ayniqsa, bog'cha bolalari uchun] rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak- kurini rivojlantirish] amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |