O'yin faoliyati. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning asosiy faoliyat turi hisoblangan o'yin jarayoni bolani shaxs sifatida to'liq shakllanishida yetakchilik qiladi. Bunda dastur asosida o'ynaladigan syujetli-rolli, didaktik, stol bosma, sport, ko'ngil ochish, o'zbek xalqining milliy, ertak o'yinlaridan foydalaniladi. Bola tarbiyasida o'yin texnologiyalar! (L.S.Vigotskiy, G.K.Selevko) kayfiyatni ko'taruvchi, hamkorlik, o'zini namoyon etuvchi, millatlararo o'yin turlari, interfaol o'yinlardan foydalanish maqsad qilib olinadi.