Maktabgacha pedag


Pedagogik diagnostikani tashkil etish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə130/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   260
F

Pedagogik diagnostikani tashkil etish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar bilimini baholash va tahlil qilish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligi tomonidan qayd etilgan pedagogik diagnostika amalga oshiriladi.

"Diagnostika” yunoncha so'z bo'lib, "bilish”, "aniqlash” ma'nosini anglatadi.


416



Pedagogik diagnostika - bu bolaning individual xususiyatlari va rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkonini beradigan mexanizm. Diagnostika pedagogga o'z faoliyatini to'g'ri amalga oshirayotganini tushunish imkonini beradi.

Diagnostika:

  • Individual ta'lim jarayonini;

  • Ta'lim jarayonini to'g'ri belgilash;

  • Tanlab olingan mezonlar asosida bolalar bilimini baholashda kamchliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Diagnostika maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq, o'quv yilining o'rtasida va oxirida amalga oshiriladi. Tarbiyachi-pedagoglar dasturning barcha bo'lim va yo'nalishlarida olib borilgan ishlarni muvaffaqiyatli bajarilishini baholaydi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan musiqa xodimlari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, defektolog, psixolog va boshqa mutaxassislar o'z yo'nalishlari bo'yicha diagnostik tadqiqot olib boradilar. Diagnostika tavsiya etiladigan materiallar bola faoliyatini 3 ballik shkala bo'yicha umumiy baholash tizimini nazarda tutadi.

Dasturiy materiallarni o'zlashtirish 3 ballik tizim orqali aniqlanadi:

  • 3 ball (Y) - faoliyat me'yorga mos keladi, ya’ni bunda bola topshiriqni mustaqil bajara oladi;

  • 2 ball (O') - me’yordan biroz pastroq, bunda bola topshiriqni kattalarning biroz yordami bilan bajara oladi;

-2 ball (P) - me'yordan sezilarli darajada past - bunda kattalarning qo'shimcha savol berganiga qaramasdan topshiriqni bajarishga qiynaladi.

Diagnostika natijalari bo'yicha xulosa chiqarishda ularni bolalar tomonidan dasturiy talablarni o'zlashtirish darajasi bilan bog'lash mumkin (yuqori, o'rtacha, past).


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin