Kuzatish - bu bolaning ishlayotgan yoki o'ynayotgan paytida, uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish orqali xatti-harakatining turi, bilim olish bo'yicha qiziqishlari, ko'nikmalar darajasi va rivojlanishdagi ijobiy o'zgarishlarni aniqlaydi.
Hujjatlashtirish- kuzatilayotgan jarayonlar natijasini qayd etishdan iborat.
Qayd etish - kuzatilayotgan faollikni hujjatlashtirish jarayoni bo'lib, aksariyat pedagoglar bu ishni tabiiy ravishda amalga oshirsa ham, bolalarni muntazam kuzatish to'liq ma'lumot to'plash imkoniyatini beradi.