( Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va
V «Qanday» savoli orqali muammo hal qilinadi
513
Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish guruhiga ko'ra bir xil yoshdagi hamda turli uch yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni qabul qilish mumkin.
Qisqa muddatli guruhlarga bolalarni qabul qilish maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tomonidan berilgan yo'llanmalar va bolaning sog'lig'i to'g'risidagi tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli guruhlarni to'ldirishda tanlov asosida hamda test sinovi bo'yicha qabul qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Qisqa muddatli guruhlar tarbiyalanuvchilarining kuniga bir marta ovqatlantirilishi (ertalabki yoki tushki nonushta) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tuzilgan taomnoma asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasini shakllantirish
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar 3 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha tuman (shahar)lar hokimliklarining qarorlari bilan tashkil etilgan maktabgacha ta'lim bo'limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan tegishli tibbiyot xulosasi hisobga olingan holda qabul qilinadi. Qabul komissiyasining faoliyat ko'rsatish tartibi belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Muassislar mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta'lim bo'limla- riningyo'Ilanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa organlar bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda ushbu Maktabgacha ta'lim