Maktabgacha pedag



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə149/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   260
F

kichik guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik guruhnikidek muhit tashkil etiladi. Bundan tashqari kuzatish va mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda balki, to'rlarda qushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh xonasidan kitob javoni uchun joy ajratiladi. MTM maydonchasida sport o'yinlari bilan shug'ullanish uchun maxsus joy boiadi, u kerakli anjomlar bilan jihozlab qo'yiladi: velosipedda uchish uchun yoika, tirmashib chiqish uchun jismoniy tarbiya narvonchalari, muvozanatni saqlash uchun maium balandlikda yotqizilgan g'oia va shunga o'xshashlar boiadi. Olib chiqilgan o'yinchoqlarni o'ynash uchun maxsus stollar, o'rindiqlar, suv bilan o'ynash uchun maxsus idish, qum yashigi boiishi kerak.


449



O'rta guruh xonasi uxlash xonasi, hojatxona va yechinish xonasiga ega bo'lishi kerak.

Guruh xonasi bir necha bo'limdan iborat bo'lishi kerak. Birinchi o'yin bo'limida qo'g'irchoq bilan o'ynash uchun hamma kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf bo'ladi. Ikkinchi o'yin bo'limida qurilish materiallari qo'yiladigan shkaf va ular bilan o'ynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shug'ullanishlari uchun kerakli materiallar qo'yiladi. Kitob burchagi va stol usti bosma o'yini bilan shug'ullanishlari uchun o'yin burchagida tinchroq joyni ajratish kerak. Tabiat burchagini derazalarga yaqinroqda joylashtirgan ma'qul. Xona amaliy san'at asarlari va ko'kalamzorlashtiruvchi o'simliklar bilan bezatiladi.

Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali o'simliklar bilan to'silib, jismoniy mashqlar va sport ermak o'yinlari uchun kerakli asboblar bilan jihozlanadi.

Katta guruh. O'yin bo'limlari bolalarning yoshiga mos holda, o'rta guruh xonasi kabi jihozlanadi. Guruh xonasida yana mashg'ulot o'tkaziladigan bo'lim ajratiladi va u yerga tarbiyachining stoli, ekran, shkaf, doska joylashtiriladi. Bolalarning mustaqil o'ynashlari uchun hamma kerakli materiallar ularbemalolfoydalana oladigan qilib joylashtirilishi kerak (stollar, o'yinchoqlar solingan qutichalar, vitrina shkafi, tokchalar va boshqalar). Tabiat burchagi, qo'l mehnati bilan shug'ullanadigan burchak, kitob burchagi, tasviriy faoliyat bilan mustaqil shug'ullanadigan burchak, musiqaviy faoliyat burchaklari bo'lishi kerak. Bulardan tashqari bolalar bemalol, erkin harakat qilishlari uchun kattagina bo'sh joy bo'lishi zarur. Maydonchada sport o'yinlari, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, irg'itish uchun katta joy ajratiladi. Syujetli o'yinlar uchun o'yinchoqlar ham bo'ladi.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin