UZLUKSIZ TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI
Uzluksiz ta'lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:
ta'limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak in- tellektning nufuzi;
ta'limning demokratlashuvi - ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi;
ta'limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining aniqlanishi va rivojlanishuvi, milliy va umumbashariy qadri- yatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof- muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi;
ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madani- yat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
ta'limning milliy yo'naltirilganligi - ta'limning milliy tarix, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va bo- yitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hur- matlash;
ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayon- ning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi;
56
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olish- lari uchun zarur sharoit yaratish.
Dostları ilə paylaş: |