MEHNAT TARBIYASI- mehnatga ijobiy munosabatni, mehnat axliga xurmatni, uning faoliyatga qiziqishini tarbiyalash; mehnat natijalariga, tevarak-atrofdagi narsalarga extiyotkorlik munosabatlarini, mehnat qilish extiyojini tarbiyalash, bolalarni muntazam ravishda mehnatga jalb qilib borish, uyushqoqlik va intizomlilikni tarbiyalash, o`lkamizdagi ijtimoiy voqealar to`g`risida tasavvurlarni shakllantirish.
AQLIY TARBIYA- bolalarning aqliy qobiliyatlarini, bilim va amaliy faoliyatlarini o`stirish, tevarak-atrofdagi buyumlar, voqealar, o`simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlar to`g`rsidagi tasavvurlarini aniqlash va kengaytirish kuzatuvchanligini shakllantirish va shu asosida voqealar o`rtasidagi sabab- natijalarini aniqlash, nutqini o`stirish, nutq tovush madaniyatini takomillashtirish, faol lug`atini boyitish, aniq ifodali gapirishga o`rgatish.
ESTETIK TARBIYA - voqelikni badiiy idrok qila olishni rivojlantirish, san'at asarlariga barqaror qiziqishini tarbiyalash, voqealar va badiiy obrazlarning hayotiy bog`liqligini tushunishga, san'at asarlarini tur va janrlarini ajratishga o`rgatish, badiiy va ijodiy qobiliyatlarini o`stirish, badiiy faoliyatning turlariga qiziqishni, unda faol qatnashishni tarbiyalash, ijtimoiy voqealarga nisbatan o`zining munosabatini bildirish, malakasini shakllantirish.
I L O V A L A R
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
__________ SH.SHaripov.
“KELISHILDI”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi