Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi


MAKTABGACHA TA’LIM TARIXI MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA



Yüklə 132,98 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü132,98 Kb.
#168891
1   2   3   4   5   6
MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI

2.2 MAKTABGACHA TA’LIM TARIXI MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA
XIX asming ikkinchi yarmi XX asrda Shveysarya, Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlarida nemis pedagogi Fridrix Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi keng ommalashdi. Pedagogika tarixida Frebelning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u maktabgacha tarbiya nazariyotchisi bo’lgani holda maktabgacha pedagogikani mustaqil fan tarmog’iga ajratilishiga ko‘maklashdi. Ayni paytda u ilk bor «bolalar bog’chasi» tushunchasini muomalaga kiritdi.
Fridrix Frebel (1782-1852).
Fridrix Frebelning pedagogik tizimi.
Bolalar bog’chasining paydo bo‘lishi tarixi 1837-yilga borib taqaladi, bolalar bog’chasining asoschisi deb taniqli nemis pedagogi - Fridrix Frebel hisoblanadi. Aynan u Germaniyaning Bad- Blankenburg shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini “bo lalar bog ’chasi” deb atadi va ushbu atama butun dunyoda umumiy tarzda qabul qilindi. Shunday savol tug’iladi: Nima sababdan muassasa “bolalar bog’chasi” deb ataladi? Taxminlardan biriga ko‘ra, F.Frebel bolalarni “Olloh ekinlari” deb hisoblagan, ya’ni ular g’amxo‘rlik va parvarishga muhtoj o‘simliklar bog’i hisoblanadi. Yana bir taxmin shundan iboratki, nemis pedagogi Sorbixdagi “Saroy bog’ida” deb nomlangan sobiq mehmonxonada “bolalarni parvarishlash bo‘yicha birinchi muassasa”ni ochgan. Farzandlarini muassasaga olib borar ekan, shaharcha aholisi boqqa ketayapmiz, deb aytgan. C’hunki bolalar bog’chasi o‘zining dizayniga ko‘ra gullar va daraxtlarga o‘ralgan bog’ bo‘lgan. Bolalar bog’chasi tarbiyachilarini nemis pedagogi “bog’bon qizlar” deb atagan, bu bilan u bolalarga bo‘lgan mehrini ifodalagan, pedagoglami bolalarga voyaga yetishi va rivojlanishi uchun ko'maklashishga da’vat etgan. Frebelning bolalar bog’chalari shuningdek, vaqtincha oila o‘mini bosish va ota-onalarga tarbiya ishlariga yordamlashish uchun tashkil qilingan: onalar bilan bolalar birga kelishi, ular bilan o‘ynashi va bog’bon qizlardan oVganishi mumkin bo‘lgan.
Shu tarzda, F.Frebelning katta xizmati bolalar bog’chasining ochilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim uslubiyotining yaratilishi bo‘ldi. Uning asosini bolalarga bo‘lgan cheksiz mehr tashkil qiladi. Ushbu uslubiyotning asosiy jihatlarini sanab o'taylik: o‘yin, nutqni rivojlantirish, jamoaviy tarbiya, mehr-muhabbat bilan o‘rab olish, jazolaming yo‘qligi va tarixda qolib ketgan «Frebel tuhfalari».
Bolalar tarbiyasiga katta e’tibor qaratar ekan, Frebel o'yinlarni o‘z uslubiyotining asosi deb bilgan, bular: ijodiy, harakatli, fantaziyali, taqlidli va h.z. o‘yinlar. Shuni ta'kidlash kerakki, aynan Frebel didaktik o‘yinlar tizimini yaratishga asos solgan. U didaktik o‘yinlar va turli tuman mashg’ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy
ko‘rsatmalami ishlab chiqqan. Olim olib borgan ishlar unda shunday e’tiqodni shakllantirdiki, «bolalar o‘yini - bu turmush ko‘zgusi va ichki olamning erkin namoyishi»dir.
RFrebel mayda motorika yordamida bolalar nuqtini rivojlantirishni taklif qilgan. U ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini batafsil ko‘rsatib bergan hamda buyum bilan tanishishni uning nomini atashdan boshlash kerak, degan talabni ilgari surgan.
Nemis pedagogining fikricha, turli materiallar bilan ko‘plab mashqlar bajaruvchi bolalar boshqa bolalardan ancha awal so‘zlay boshlaydi.
Frebel xilma-xil bolalar faoliyati turlari va mashg’ulotlami taklif etgan, bular: mozaika, munchoqlar, cho‘plar, qog’ozlar, bo‘yoqlar bilan ishlash, rasm chizish, qog’ozdan to‘qish, qog’ozni qirqish, loydan narsalar yasash. Origamiga katta e’tibor qaratilgan (ya’ni qaychidan foydalanmasdan turib, qog’ozdan shakllar yasash). Shuningdek, olimning bog’chasida arqonli o‘yhilar; qum o‘ynash, konstruksiyalar yasash uzviy mashg’ulotlar hisoblagan. Bular ijodiy qobiliyatni o‘stirish, intellektni shakllantirish, dunyoni abstrakt holda qabul qila olish, noan’anaviy qarorlar qabul qilish layoqatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. 0‘yin jarayonida bolalar bilan suhbatlashish ham ko‘zda tutilgan. Suhbat mavzusi Frebelning fikricha, awaldan tayyorlanib, bolaning faoliyat bilan shug’ullanisli va boshqa bolalar bilan muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, uni tengdoshlari jamoasida tarbiyalash kerak. Ushbu g’oyaniu chuqur pedagogik asos bilan mustahkamladi va uni keng ommalashtirish bo‘yicha ko'p ishlarni amalga oshirdi.
F.Frebel jamoaviy tarbiyani insoniyat asosi, deb bilgan. Shu sababli u bolani majburiy tartibda jamoaviy faoliyatga jalb qilish, ya’ni uning bolalar bog’chasiga qatnashi zarur, deb hisoblagan. U bolaning tanasini rivojlantirish zamr, tashqi hissiyot sezgilarini mashq qildirish, ularni odamlar va tabiat bilan tanishtirish kerak, deb hisoblagan. Shu kabi о‘yin jarayonida bolani maktabga tayyorlash, bog’dagi o‘simliklar kabi, ularga rivojlanishida yordamlashish kerak, deb bilgan. Ayni paytda har bir bolaning individualligini yodda tutishga da’vat etgan. Shu sababli bog’da katta gullar to‘plami boigan, bolalar gullarni guruh bo'lib parvarish qilgan, ayni paytda bitta bolaga biriktirilgan o‘simlik ekilgan tuvak ham boigan.
F.Frebel uslubiyotining g‘oyasi - barcha narsalar bolalarga. Olim bolalarga hayvonlar haqidagi voqealami aytib bergan, zero bolalar hayvonlarni yaxshi ko‘rishini tushungan. Soiigra bolalaming gullarga mehri balandligini anglagan. Shu sababli uning tarbiyalanuvchilari gullarni mustaqil parvarishlay boshlagan. Asta-sekin musiqaning bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini sezgan. Shundan kelib chiqib, bolalar ashula ayta boshlagan va «bog’bon qizlax»ning (ya’ni, tarbiyachilaming) ashulalarini tinglagan.
F. Frebel jazolarga, bolalarga nisbatan har qanday shafqatsizlik namoyishlariga qarshi boigan. Fridrix Frebel haqida so‘z ketganda uning «tuhfalarini» alohida eslatish kerak. «Frebel tuhfalari» - bu olim tomonidan ishlab chiqilgan didaktik material bo‘lib, bolani ilk yoshda rivojlanishiga moijallangan. Bu bolaning turli ko‘nikmaIan va layoqatlarini mashq qildiruvi o‘yinchoqlar tizimidir. Har bir o‘yinchoq bolani rivojlantirishga ko‘maklashadi hamda undan foydalanishda muayyan qoidalami ko‘zda tutadi. FFrebel 6 ta nomdagi “Tuhfalar”ni taklif etdi:
Birinchi tuhfa bu koptok. Bu birinchi o‘yinchoq, chunki shaming burchaklari yo‘q, bola uchun qulay. Material sifatida ko‘pincha may da, yumshoq, jundan to‘qilgan shar-koptoklar taklif qilingan. Har bir koptokka ip bogiangan. Bolaga turli rangdagi koptokni ko‘rsatish orqali ona uni ranglami farqlashga o‘rgatgan. Koptoklar turli ranglarga bo‘yalgan - qizil, yashil, sariq, to‘q sariq, oq, ko‘k va binafsha rangli koptoklar boigan. Shar-koptokni turli tomonga: «yuqoriga-pastga», «chapga-o‘ngga», «oldinga-orqaga» tebratar ekan, ona harakatlar nomini aytadi va bolani makondagi harakatlar bilan tanishtiradi. Bolani tasdiq va inkor bilan tanishtirish maqsadida ona shami kaftiga qo‘yib, so‘ng uni yashirar ekan, «Koptok bor - koptok yo'q» deb aytadi.
Fldrinchi tuhfa - kichik o‘lchamli: yog’och kub, shar va silindr bo‘lgan. Aniqlik kiritamiz: shar diametri, silindr asosi va kubik tomonlar bir xil. Ularning yordamida bola ashyolaming turli shakllari bilan tanishadi. Kubik o‘z shakli va barqarorligi bilan shaming aksidir. Shar nemis olimi tomonidan harakatlanish ramzi, kubik esa - barqarorlik ramzi, xilma-xillikda yagonalik ramzi hisoblanadi. Shu narsa nazarda tutiladiki, kub yagona, ammo unga qaysi tomondan qarayotganingizga ko‘ra ko‘rinishi turlicha bo‘ladi: qirrasi, tomoni, uchi bilan. Silindr shaming ham, kubning ham xossalarini birlashtiradi: u asosiga qo‘yilganda barqaror, yotqizilganda harakatlanadi.
Uchinchi tuhfa - bu 8 ta kubikka bo‘lingan kub. Ya’ni, kub o‘rtasidan boMingan, har bir qismi esa - to‘rt bo‘lakka. Buning yordamida, Frebelning fikricha, bola butun narsa va uning tarkibiy qismlari haqida tasawurga ega bo‘ladi. Shu tufayli bola o‘z ijodini rivojlantirish, kubiklardan narsalar qurish, ulami turlicha kombinatsiyalarga birlashtirish imkoniga ega bo'ladi.
To‘rtinchi tuhfa - bu o‘sha o‘lchamli kub bo‘lib, u 8 ta plitkaga bo‘lingan.
Ya’ni, kubik o‘rtasidan bo‘linadi, har bir qismi esa - to‘rtta cho‘ziq plitkaga bo‘linadi. Har bir plitkaning uzunligi kubik tomoniga teng, qalinligi ushbu tomonning to‘rtdan bir qismiga teng.
Beshinchi tuhfa - bu 27 ta mayda kubiklarga boMingan kub, ulardan to‘qqiztasi yanada mayda bo‘laklarga bo‘lingan.
Oltinchi tuhfa - bu ham 27 ta kubikka bo‘lingan kub bo‘lgan, ularning aksariyati yana qismlarga: plitkalarga, diagonaliga ko‘ra bo‘lingan.
Shu tarzda Frebel bo'yicha bolalar bog’chasining maqsadi va tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
- faoliyatning 3 ta turiga - o'yin, o'quv, mehnatga yo‘naltirilganlik;
- bola hissiyotlarini rivojlantirish; bolaning tanasi va ruhini mustahkamlash;
- ko‘rgazmali usul yordamida tabiat bilan tanishish va dunyoni anglash;
- odamlar bilan muloqot qilish;
- bolaning tabiiy xislatlarini rivojlantirish;
- bolalarga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish.
F.Frebelning ulkan yutuqlari bilan birga, tarixdan ma’lumki,
uning pedagogik yondashuvlari K.D.Ushinskiy, E.A.Flyorina,
G. N.Vodovozova kabi olimlar tomonidan tanqid qilingan. Frebel nazariyasida kamchiliklar ham bor, va ular, awalo, quyidagilar:
- bolaning bevosita atrofdagi olam bilan tanishuvi «tuhfalar» tizimiga almashtirilgan;
- bolaning hayoti didaktik material bilan chegaralanadi;
- bolaning hayoti haddan ziyod tartibga solinadi;
- bolaning erkin ijodi cheklanadi va h.z.
Shunga qaramay, F.Frebel fanga katta hissa qo‘shgan, zero u nazariya va amaliyotni birlashtirdi, uning maqsadi - bolaning ijodiy salohiyatini namoyon boiishiga ko‘maklashadigan sharoitni ta’minlovchi muhitni yaratish boigan. Ayni paytda bu bolada noan’anaviy ijodiy fikrlash qobiliyatini, fantaziyani rivojlantiradi, masalalami hal etishga noan’anaviy yondashuvni shakllantiradi.
Maktabgacha tarbiya g’oyasini targ’ib etish va bolalar bog’- chalarini ommalashtirish yoiida ulkan ishlami amalga oshirdi. Olim bolalaming yoshlariga mos ravishda ishlash usullarini ishlab chiqish orqali maktabgacha tarbiya amaliyotini jiddiy boyitdi.
Ko‘plab mamlakatlarda bolalar bog’chalari maktabgacha tarbiya tizimida yetakchi o‘rinni egalladi. F.Frebel maktabgacha tarbiya tarixida birinchi bo‘lib ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning yaxlit, uslubiy ishlab chiqilgan, amaliy qoilanmalar bilan boyitilgan tizimini yaratdi.
Maktabgacha ta’lim sohasi vujudga kelishida 1918-yiIda Fridrix Frebel kursi qoshida Petrograd Maktabgacha ta'lim in- stitutining tashkil etilishi muhim voqea boidi. Bu ta’lim mas- kanida Maktabgacha ta'lim bo'yicha mutaxassis kadrlar tay-
yorlangan, shu bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. 1919-yilda xaql maorifi kommisariyati tomonidan "Maktabgacha ta'lim" bo'yicha butun ittifoq anjumani bo'lib o'tdi. Bunda ijtimoiy Maktabgacha ta'lim sohasini tashkil etish, bola tarbiyasining nazariy-amaliy masalalari o'rin oladi.
Maktabgacha ta'limga bag'ishlangan butunittifoq anjumanlar:
- 1921 yil - ikkinchi anjuman
- 1924 yil - uchinchi anjuman
- 1928 yil - to'rtinchi anjumanlar bo'lib o'tgan.
Bu anjumanlar ijtimoiy Maktabgacha ta’lim muassasalarini kengaytirish, kadrlar tayyorlash, moddiy ta'minot masalalari, shu bilan bir qatorda Maktabgacha ta'lim sohasini ilmiy tadqi¬qot ishlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi.
Maktabgacha ta'lim pedagogika sohasi rivojiga pedagog olim va psixologlardan: S.T.Shaskiy, V.N.Shasskaya, L.K.Shleger, Ye.I.Tixeeva, L.I.Chulishskaya, Y.AArkin, K.N.Kornilov, P.P.Blonskiy va boshqalar katta hissa qo'shganlar. Maktabga¬cha pedagogika bo'yicha dastlabki qo'llanma "Ilk yosh peda¬gogikasi va Maktabgacha ta'lim bo'yicha metodik xatlar” nashr ettirildi. 1930-yillarga kelib, maktabgacha pedagogika sohasi jadal- lik bilan rivojlandi, shu bilan bir qatorda maktabgacha bo¬lalar muassasalari soni ham o'sib bordi. Maktabgacha pe¬dagogika fan sifatida taraqqiy etishida psixolog-olimlardan A.R.Luriya, S.L.Rubenshteyn, B.G.Ananev, pedagog-olimlardan P.N.Gruzdeva, Y.N.Medinskiy, I.F.Svadkovskiylarning roli katta bo'ldi.
1928-yilda xalq maorifi komissarligi tomonidan "Doshkol- noe vospitanie" jurnali nashr etildi. Bu jurnal o'z ichiga quyi- dagi bo'limlar:
- Maktabgacha ta’lim nazariyasi va amaliyoti
- Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va jihoz- lash
- Metodik ishlar (kutubxona, bolalar adabiyoti, metodik qo'llanmalar)
- Chet ellarda Maktabgacha ta'lim tizimi
- Ug'or ish tajribalaridan namunalar
- Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun maslahatlardan iborat bo'lgan.
Maktabgacha pedagogika sohasi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan pedagog-psixolog Pavel Petrovich Blons¬kiy (1884-1941):
- Maktabgacha ta’limga kirish (1913-y)
- Bolalarning yosh xususiyatlari (1934-y), ko'nikmalari mu- allifi, asosan bolalikning ilk yosh davr xususiyatlari ustida tadqiqotlar olib borgan olimdir.
Stanislav Teofilovich Shaskiy (1878-1934) pedagog olim, u Maktabgacha ta'limning mazmuni va metodlari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning rahbarligida pedagogik texnikum tashkil etilgan. U tomonidan "Bolalar mehnati va dam olishi” deb nomlangan jamiyat ish olib borgan. Uning "De- ti - rabotyagi budushego” (1908) asari bolalar tarbiyasining muhim jihatlarini keng yoritib bergan.
Luiza Karlovna Shleger (1863-1942) - Maktabgacha ta’lim sohasi bo'yicha ko'zga ko'ringan olima. U tomonidan "Materiali dlya besed s malenkimi detmi”, “Prakticheskaya rabota v dets- kom sadu" (1915 g) nomli kitobida bolalarning o'yin va mehnat faoliyatini tashkil etish masalalari o'rin egallagan. U Maktab¬gacha ta'lim bo'yicha kadrlar tayyorlash ishida faol ishtirok et- gan.
Lidiya Ivanovna Chulitskaya (1870-1938) taniqli pedagog- shifokor, ilk yosh davr gigiyenasi bo'yicha olima. Uning "Gigie- na detskogo sada" (1923 g), "Gigiena detskogo vozrasta” (1938 g), "Razvitie dvijeniy u detey na pervom i vtorom godu", "Igri v doshkolnom vozraste” asarlari Maktabgacha ta'lim sohasi rivojida muhim o'rin tutdi. Shuningdek, u Maktabgacha ta'lim bo'yicha kadrlar tayyorlash; bolalar bog'chalarining sanitariya holatini saqlash masalalarida faol ishtirok etgan. Yelizaveta Ivanovna Tixeeva (1867-1943) pedagogik faoli-yatini XIX asrning 90-yillarida boshlagan, 1913-1917-yil- larda u Sankt-Piterburg jamiyatining Maktabgacha ta'lim bo'limining rahbari bo'lib faoliyat ko'rsatgan. 1920-yilda Y.I.Tixeeva - Petrograd maktabgacha pedagogika institutin- ing professori, keyinchalik A.I.Gersen nomli Pedagogika insti- tutida ma'ruzalar o'qigan. Uning rahbarligida institut qoshida tashkil etilgan bolalar bog'chasi ilmiy-tadqiqotlar va labora- toriya bazasi bo'lib hisoblangan.


Xulosa
Ushbu darslikning har bobida tayanch iboralar, nazorat va test savollari, zamonaviy pedagogik texnlogiyalar asosi- da yaratilgan ishlanmalar, ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar ro'yxati taqdim etilgani talabalarning har bir mavzuni chuqur o'zlashtirishi va mustahkamlashga, shuningdek, ularda o‘z us- tida mustaqil ishlash ko'nikmasining hosil bo'lishiga xizmat qiladi.
Ushbu darslikni yaratishda mustaqillikyillarida mazkur so- hada faoliyat yuritgan yetuk olim va mutaxassislar tomonidan chop etilgan ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanildi.
Darslik maktabgacha ta'lim yo'nalishi tizimida faoli-yat ko'rsatayotgan barcha pedagoglar, maktabgacha ta'lim muassasalari, metodistlari, pedagogika universiteti, institut- lari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi MTM lardagi ta'lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish. Bola tug'ilgan kundan boshlab, maktabga borguniga qa- dar bo'lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tar- biyalash qonuniyatlarini o'rganish maktabgacha ta'lim peda- gogikasining mavzusidir. U maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o'qishga tayyorlashni ta'minlab, ijtimoiy Maktabga¬cha ta'lim sharoitida tarbiya va ta'lim berish ishlarining vazi- falarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim pedagogi¬kasi pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi bo'lib shakllandi.
Inson faqat tafakkur yuritish jarayonidagina muayyan ja- rayon yoki voqea, hodisa mohiyatini, munosabatlarning sa- babiy baholanishlarini aniqlaydi va shu orqali moddiy borliqni chuqur, to'la va to'g'ri aks etishiga erishadi. Tafakkur I.P.Pavlov ta'limotiga ko'ra, assotsiatsiyalarining hosil bo'Iishidan iborat.
Jonli mushohada uchun birinchi signal tizimi, abstrakt ta~ fakkur uchun ikkinchi signal tizimi asosiy ahamiyatga ega.

Yüklə 132,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin