Maktabgacha ta’lim bolalarini nutqini o’stirish


Metodika uyushmalarining maqsadi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə3/4
tarix01.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#141261
1   2   3   4
1531499625 67503

Metodika uyushmalarining maqsadi:


maktabgacha ta'lim muassasalarining har bir yo'nalish bo'yicha turli yosh davrlariga tegishli ta'lim faoliyatini muvofiqtashtirish;
zamonaviy ta'lim-tarbiya berishning innovatsion g'oya va yangi pedagogik texnologiyalarni o'rganish va keng targ'ib qilish, ilg'or tajriba va ijodiy tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish;
ta’lim muassasalari pedagog va tarbiyachilarining kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida mahorat maktablari, amaliy mashg'ulotlar, yangi pedagogik, uslu- biy adabiyotlar, ta'Iimga oid va didaktik o'yin vositalari ko'rgazmasi, seminar-treninglarni muntazam ravishda tashkil etish orqali uslubiy yordam ko'rsatishdan iborat.

METODIKA UYUSHMASINING ISHINI TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH

  • Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta’limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi.
  • Metodika uyushmasiga har bir ta'lim muassasasidan bir va bir necha pedagog xodim muassasa rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
  • Metodika uyushmasiga tegishli ta'lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
  • Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatlarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
  • Metodik uyushma faoliyatiga bog‘liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shaharj ta’Iim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
  • Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta’Iim muassasalari­ning o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
  • Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin.
  • Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etil- gan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
  • Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman [shahar] metodika kabinetida uch yil saqlanadi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin