Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug’ati 3000-4000 ta so’zgacha yetadi. Lug’at boyligi o’sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi
Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug’ati 3000-4000 ta so’zgacha yetadi. Lug’at boyligi o’sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi.
Bola xayotining 4-yiliga kelib, ular o’z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo’llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa qo’shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo’shimcha savollarsiz xikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi.
Bola avval unli va undoshlarni, so’ng sonor, shovqinli va sirg’aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo’lishi lozim. Bu vaqtga kelib, tovushlarni to’g’ri talaffuz o’zining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to’g’ri aniq gapira oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 Rozengrad-Pupko G.A. «Rech i razvitiye vospitaniya v rannem vozraste» M 1963 y.
2. Fomicheva T.B» Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya» Moskva 1987 yil.
3. P.M. Po‘latova “Oligofrenopedagogika” Toshkent 2005 yil.
4. V.S. Raxmanova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2004 yil.
5. Vigotskiy.L.S. «Problema u otstalosti» Moskva 1956 yil.