"Maktabgacha ta'lim" fakulteti "Maktabgacha ta'lim" yo’nalishi kurs ishi



Yüklə 92 Kb.
səhifə3/12
tarix18.05.2023
ölçüsü92 Kb.
#116173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Maktabgacha ta\'lim fakulteti Maktabgacha ta\'lim yo’nalishi k

Kurs ishining maqsadi: Jamiyatning globallashuvi sharoitida maktabgacha ta’lim sohasida ta’limga texnologik yondashish yagona madaniy axborot ta’lim makonini yaratish istiqbollarining ahamiyatini o‘rganish.
Kurs ishining ob’ekti: Jamiyatning globallashuvi sharoitida maktabgacha ta’lim sohasida ta’limga texnologik yondashish yagona madaniy axborot ta’lim makonini yaratish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Jamiyatning globallashuvi sharoitida maktabgacha ta’lim sohasida ta’limga texnologik yondashish yagona madaniy axborot ta’lim makonini yaratish mohiyati va uning bosqichlari.

  • Kurs ishining vazifalari: - Ta’lim –tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari bilan tanishish .

  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlar ketma-ketligini aniqlash.

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan ko’zda tutilgan maqsadni, uning mohiyatini o‘rganish;

Kurs ishining tuzilishi: Kirish, nazariy qism, 1-bob 2 paragrafdan, 2-bob, 2 paragraf, bob bo’yicha xulosa, tavsiya, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, glossariylar, ilova.

I. BOB. JAMIYATNING GLOBALLASHUVI SHAROITIDA MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA TA’LIMGA TEXNOLOGIK YONDASHISHNING NAZARIY JIHATLARI
1.1. Jamiyatning globallashuvi sharoitida maktabgacha ta’lim sohasida ta’limga texnologik yondashish tushunchasining mohiyati
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsadi va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatda ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yani texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya sohasida ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarga amal qilina boshlanadi.Pedagogik texnologiyalar ijtimoiy zaruriyat bo’lgani bois dastavval XX asrning 30-yillarida AQSHda “ta’lim texnologiyasi” atamasi faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llanilmasidan, balki jahon pedagogikasida yangi yo’nalish pedadogogik texnologiyaga asos soldi. Pedagogik texnologiyalar asoschilari B.Blum, D.Kratvol, N. Gronlund, J. Blok, L. Anderson va boshqalardir.XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo’llash “ta’lim texnologiyasi” yo’nalishini belgilab beruvchi omil, deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor ta’lim oluvchilar auditoriyasini kengaytirish, texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig’imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim olishni individuallshtirish kabi masalalarga qaratildi.60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish “ta’lim texnologiyasi”https://fayllar.org/?contacts=1 tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko’rila boshlandi. 70-80 yillarda “ta’lim texnologiyasi” pedagogikaning nazariy bilimlar tarmog’i sifatida e’tirof etilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini, shuningdek, ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini ifodalagan.
Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib fikr yuritadigan bo’lsak, pedagogik texnologiyalarning predmeti- ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, o’quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan.Ta’limni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomoillashtirsh xususida so’z yuritar ekanmiz, ajdodlarimiz o’zligini anglash uchun tinmay aqliy kurash olib borganligini ko’ramiz. Umuman sharqning buyuk allomalari Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy, ahmad al-Farg’oniy, Abu Hasr Farobiy, abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yassaviy, Shayx Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Sadriddin Ayniy, Komil Xorazmiy, Abdulla Avloniy hamda boshqa pedagogik fikr namoyandalari o’z asarlarida, maktab va madrasalarida mudarris, ustoz murabbiy sifatida, insonni aqliy kamolotga yetkazishda o’qitishning turli usullari va vositalaridan foydalanishga katta ahamiyat berdilar, murabbiy va ustoz –muallimlarning pedagogik mahorati hamda eng qulay ta’lim usullarini amaliyotda qo’llash yo’llarini bayon etishga harakat qildilar.
Ma’lumki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Pedagogik tizim o’zaro bog’liq bo’lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig’indisi bo’lib, shaxsdagi muayyansifatlarni shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Pedagogik texnologiyalarning markaziy muammosi- o’quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat pedagogik texnologiyalarning vazifalari pedagog o’qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyatidan xabardor qilish hamda ularni maxsus fanlar asoslarini o’qitishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etishga, ta’lim jarayonini mukammal modul asosida loyihalashga erishish, ta’lim jarayonini loyihalash texnologiyasidan oqilona foydalana olish ko’nikma va malakalariga ega bo’lishga, ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning chuqur, puxta o’zlashtirilishining, ularda amaliy ko’nikma va malakalarining hosil bo’lishining kafolati bo’la olishga o’rgatishdan iboratdir.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish va ularni qo’llashda quyidagi vazifalar belgilanadi:

  • Pedagog o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari bilan tanishtirish -ma’ruza adabiyotlar tavsiya etish;

  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi o’qituvchilarni aniqlash. Ular orqali

  • Pedagog o’qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan ko’zda tutilgan maqsadni, uning mohiyatini yetkazish;

  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlovchi pedagog -o’qituvchilarning ta’lim jarayonini tashkil etishga ijodiy yondashuvi samaradorligini baholashning ishonarliligini ta’minlash uchun uning monitoringini olib boorish, kuzatuv va tahlillar o’tkazish, metodik yordamlar ko’rsatish va ularning hisobotlarini eshitib borish;

Yangi pedagogik texnologiyalarni keng qamrovda olib kirish vazifasini qo’ymoqda. Bu esa barcha pedagoglar zimmasiga mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Respublikamiz olimlari ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo’llashga intilmoqdalar.
Pedagogikaga bag’ishlangan adabiyotlarda "Pedagogik texnlogiya", "Yangi pedagogik texnologiya", "Ilg’or pedagogik texnologiya" kabi tushunchalar keng qo’llanmoqda va turlicha izohlanmoqda.
Bular orasida YUNESKO tomonidan berilgan quyidagi ta’rif etiborga loyiqdir: "Pedagogik texnologiya bu butun o’qitish va bilimlarni samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir"
Texnologiya so’zi yunoncha bo’lib, “texne”-mahorat, san’at; “logos”-ta’limot ma’nolarini bildiradi. Bu so’z sanoatda yoki qishloq xo’jaligida tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonida qo’llanadigan usul va metodlar yig’indisini bildiradi. Ta’lim jarayoniga nisbatan esa bu tushuncha o’qish va o’qitishning o’zaro uzviyligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning ketma-ketligi va bosqichma-bosqichligini ta’minlash, rejalashtirilgan barcha ishlar va amallarni talab darajasida bajarishni anglatadi. Boshqacha aytganda, ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim berish san’ati, ta’lim berish mahorati ma’nolarini ifodalaydi. Yangi pedagogik texnologiya deyilganda ta’lim berish san’atini ishga solib, uni samarali tashkil etish, uni jahon andozalari darajasiga ko’tarish tushuniladi. ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy- biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘mini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim - bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Falsafiy-antropologik yondashuv o‘zining tadqiqotchilik va tarbiyaviy funktsiyasiga ko‘ra o‘quvchining ma’naviy dunyosiga yo‘naltirilgandir. Ana shu sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o‘zaro bir-birini tushunish asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi. Mazkur yondashuvning o‘ziga xosligi ta’lim-tarbiya jarayonining barcha sub’ektlariga nafaqat dunyoqarash ko‘rinishida, balki mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi navbatda borliqni anglab etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik usulini uzluksiz ravishda o‘z- o‘zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.


Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin