Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish -www.fayllar.org
2.2. Maktabgacha talim tashkilotida tarbiyachilarning kun tartibini togri taqsimlash Barkamol inson tarbiyasi avlod-ajdodlarimizning azaliy orzusi bolib, bola olamga kelishidanoq unga odob-axloq, jismoniy va ma'naviy rivojlanish qonun- qoidalarini mutassil orgatganlar. Pedagogika fani tarkibida maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi muammolari bilan shugulianuvchi Maktabgacha pedagogika feni yaratilgan.Maktabgacha pedagogika fani bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni manaviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga toldiradi. Dunyoda biror kimsa yoqki, uning ustozi bolmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qoli gul kosibmi, qoyingki, barcha-barchaning oz ustozi va hayot yolini charogon etib turuvchi yolboshchisi boladi.Ustozning eng buyuk burchi uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashidir.Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga masuliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi oz masuliyatini anglashga talim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga oz mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi osishiga komaklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi ozi yashab turgan olka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bolishi kerak.
Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilgor tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun oqituvchi, tarbiyachilar ‘Metodist oqituvchi’, ‘katta oqituvchi’, ‘Metodist - tarbiyachi’, shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ozbekiston Respublikasining Prezidenti Sh .M.Mirziyoev tashabbuslari bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlarni malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan otishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.Maktabgacha yoshdagi boialarni ta'lim-tarbiyasidagi sifat ozgarishlar va samaradorlik koproq milliy pedagogika tariximizning ildizlari va zamonaviy ta'iim- tarbiya sohasidagi yutuqlari bilan uygunlashtirish bilan yuksakdir.Maktabgacha pedagogikaning nazariy asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan. Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Fiziologiya, gigiena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy- tadqiqotlar natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotida kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi printsiplari yuzaga keldi:Наг bir yosh guruxda bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bolgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigienik. pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan ta' minlash.Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini taminlash.Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin. mehnat, ta'lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma' lum vakt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan printsiplar asosida almashtirib borish maktabgacha talim tashkilotining har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini tugri tashkil etish. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: faoliyatlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali oyinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning oz mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, oz-oziga xizmat kilish sayrlar otkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish maktabgacha talim tashkilotisidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini togri tashkil etishga bogliq.
Maktabgacha talim tashkilotisining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, oyinda, mehnatda, faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Faoliyatda ta'lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni ostirish va savod organish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa boyicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va konikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bolgan bilim, malaka va konikmalar maktabgacha talim tashkiloti dasturida belgilab berilgan bolib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Faoliyatlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va oziga xos xususivatlarini e'tiborga olib ma lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega boladi. Dasturda har bir yosb guruhida xafta davomida otkaziladigan faoliyatlar soni va har bir faoliyat qancha davom etishi belgilab qoyilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, ozining xaftalik faoliyatlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bolimlari boyicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini togri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Faoliyatlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Dasturning hamma bolimlari boyicha faoliyatlarni haftaga teng taqsimlash.Xaftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq faoliyatlar qoyiladi.Xaftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.Kun davomida birinchi bolib bolalardan aqliy zor berishni koproq talab etadigan, kam harakatli faoliyatlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi faoliyatga engilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa faoliyati va shunga oxshashlar rejalashtiriladi. Kun davomida faoliyatlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.Faoliyatlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini engilroq ozlashtirib olishiga imkon yaratadi. Oyin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Oyin bolaga quvonch bagishlaydi, ijobiy his va keehinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. Oyin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir korsatadi, shuning uchun kattalar bolalar oyiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uygotishlari kerak. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning oz-ozini tashkil eta bilish qobiliyati osishiga, xulk, madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi oziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. SHuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shugullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta'minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi. Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish faoliyatlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e'tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ahloqiy munosabatlariga qaratiladi.
Bolalarning ovqatlanishga, faoliyatga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi. Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xojalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, faoliyatlarda qol mehnatining yangi turi orgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va konikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.
Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini ostiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta'minlash lozim. Oz-oziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi. Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va echinishga orgatiladi. Katta guruh bolalari ozlarini har doim batartib (tashqi korinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular oyinchoklarni, kitoblarni, ish qurollarini oyin va faoliyatdan key in joy-joy iga yigishtirib qoyadilar.
Har kuni ertalabki faoliyatdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy oyinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, oyinlar tashkil etiladi. Bolalarning oyin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, oyinchoqlar bilan ta'minlaydi, maydonchada, guruh xonasida oyin uchun joy tayyorlaydi.Oyin va faoliyatlar otkaziladigan joy gigienik jihatdan talabga javob berishi (yorug, ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bolishi) kerak.Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, otirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud boladi. Keyin harakatli oyinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish. turli-tuman ijodiy oyinlar tashkil etiladi.
Maktabgacha talim tashkilotida bolalar turmushini tashkil etishga katta e'tibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bolgan ialabini tola qondirishi, bolalaida ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar ortasida togri munosabat ornatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak. Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi.Bolaning soglom bulib, togri rivojlanishi uchun tinch va chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan bolishini, tinchlikni ta'minlaydi. Bolalarning uygonganlarini sekin- astalik bilan turgazish kerak.