1.2.Bolalar faoliyatida talim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy etibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, axloqiy munosabatlariga qaratiladi.
Bolalarning ovqatlanishga, mashg'ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshiriqqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.
Navbatchilik ikkinchi kichik guruhda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo'jalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda, ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi.
Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg'ulotlarda qo'l mehnatining yangi turi o'rgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va ko'nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.
Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini o'stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan taminlash lozim. O'z-o'ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi.
Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va yechinishga o'rgatiladi. Katta guruh bolalari o'zlarini har doim batartib (tashqi ko'rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o'yinchoqlarni, kitoblarni, ish qurollarini o'yin va mashg'ulotdan keyin joy-joyiga yig'ishtirib qo'yadilar.
Har kuni ertalabki mashg'ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o'yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o'yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o'yin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, o'yinchoqlar bilan taminlaydi, maydonchada, guruh xonasida o'yin uchun joy tayyorlaydi.
O'yin va mashg'ulotlar o'tkaziladigan joy gigiyenik jihatdan talabga javob berishi (yorug', ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo'lishi) kerak.
Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi. Sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o'tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo'ladi. Keyin harakatli o'yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish, turli-tuman ijodiy o'yinlar tashkil etiladi.
Maktabgacha talim tashkilotida bolalar turmushini tashkil etishga katta etibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo'lgan talabini to'la qondirishi, bolalarda ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak.
Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigiyenik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi.
Bolaning sog'lom bulib, to'g'ri rivojlanishi uchun tinch va chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan bo'lishini, tinchlikni taminlaydi. Bolalarning uyg'onganlarini sekin-astalik bilan turg'azish kerak.
Bola organizmining o'zgaruvchan tashqi tasirlarga chidamliligini oshirish maqsadida har xil chiniqtiruvchi tadbirlar havo, quyosh, suv vannasi bilan chiniqtirish amalga oshiriladi.
Bunga chiniqtiruvchi tadbirlar vaqtini sekin-asta ko'paytirib borish, suv temperaturasini pasaytirib borish, kunduzi uyquni ochiq havoda tashkil etish, bolalar kiyimlarini yengillatib borish orqali erishiladi. Bolalarning kunduzi va kechki soatlarda ochiq havoda bo'lishlarini ta'minlash ularning sog'lom, barkamol bo'lib o'sishlarida katta ahamiyatga ega.
Bolalarning ochiq havodagi faoliyatlarini qiziqarli va maroqli o'tishini taminlash uchun har xil o'yinlar, sport, ermak o'yinlari, kuzatish va mehnat faoliyatlariga kerakli shart- sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |