Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish



Yüklə 50,38 Kb.
səhifə2/7
tarix16.12.2023
ölçüsü50,38 Kb.
#182954
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish -www.fayllar.org

Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish o’rganish.
Kurs ishing predmeti: Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishda foydalanish vositalarini, shakllarini, metodlarini tadqiq etish.
Kurs ishi vazifasi: Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarning bajarilishini taqozo etdi:
  1. Mavzuga oid ilmiy, huquqiy-normativ manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;


  2. Kurs ishi materiallari doirasida tavsiyalar ishlab chiqish;




Kurs ishi metodi: kuzatish, ma’lumotlar to’plash, tahlil ,suhbat.
Kurs ishi ob’yekti: Termiz shahridagi 11-MTT tarbiyalanuvchilari va tarbiyachi pedagoglar.
Kurs ishi tuzilishi: Mazkur kurs ishi Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishga oid manbalar va uslubiy tavsiyalarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishi ahamiyati: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishda ishlab chiqilgan shakl va metodlarning faoliyat ishlanmalaridan malaka oshirish kurslarida, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari faoliyatida hamda ota-onalar uchun ham amaliy faoliyatida keng foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tarkibi: Kirish, Asosiy qism, 2- bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat
I-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish


    1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayotini tashkil etish

Fiziologiya, gigiyena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotida kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi prinsiplari yuzaga keldi:


Har bir yosh guruhda bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish.
Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan ta’minlash.
Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta’minlash.
Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (o'yin, mehnat, ta’lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma'lum vaqt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan prinsiplar asosida almashtirib borish maktabgacha ta’lim tashkilotining har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini to'g'ri tashkil etish.
Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkilotisidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liq.
Maktabgacha ta’lim tashkilotisining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o'yinda, mehnatda, mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o'stirish va savod o'rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo'yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko'nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturida belgilab berilgan bo'lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg'ulotlarda ta'lim berish didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'ladi.
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va har bir mashg'ulot qancha davom etishi belgilab qo'yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o'zining haftalik mashg'ulotlar jadvalini tuziboladi, bu ta’limning hamma bo'limlari bo'yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg'ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak;
Dasturning hamma bo'limlari bo'yicha mashg'ulotlarni haftaga teng taqsimlash.

Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg'ulotlar qo'yiladi.


Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlar- ga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
Kun davomida birinchi bo'lib bolalardan aqliy zo'r berishni ko'proq talab etadigan, kam harakatli mashg'ulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashg'ulotga yengilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg'uloti va shunga o'xshashlar rejalashtiriladi.
Kun davomida mashg'ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.
Mashg'ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq o'zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
O'yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'yin bolaga quvonch bag'ishlaydi, ijobiy his va kechinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O'yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg'otishlari kerak.
Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning tevarak-atrofdagi hayot to'g'risidagi bilimlarini boyitadi (bu orqali o'yin mavzusi, mazmuni, syujeti boyiydi), bolalarning axloqiy hislarini, o'zaro ijobiy munosabati va odatlarini tarbiyalaydi. O'yindan bolalardagi o'zaro o'rtoqlik, do'stlik, bir- biriga yordam ko'rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida foydalanadi.
Bolalarning o'yin bilan shug'ullanishi va mehnat qilishlari uchun kerakli materiallar bilan ta’minlanadi, shu orqali bolalar o'yinining mehnat bilan uyg'unlashib ketishiga erishiladi.
Tarbiyachi bolalarning syujetli-rasmli o'yinlarining hamma xilini syujetli-rolli, qurilish drammalashtirilgan tabiiy materiallar bilan o'ynaydigan qilib tashkil etadi. Bolalarga o'yin harakatlarini o'rgatadi, tengdoshlari bilan bo'ladigan munosabatlarda haqqoniylik prinsipiga rioya qilishni uqtiradi. Shu bilan birga u bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik va boshqa xislatlarni qo'llab-quvvatlaydi.
Ijodiy o'yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi sayrda, ya’ni mashg'ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil etilaveradi.
Mashg'ulotlarda va mashg'ulotdan tashqari vaqtda o'ynaladigan didaktik va harakatli o'yinlar muhim rol o'ynaydi. Tarbiyachi bolalarning sensor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish jarayonlarini didaktik o'yinlar orqali amalga oshiradi. harakatli o'yinlarda bolalarning jismoniy madaniyatini tarbiyalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratish kerak.
Harakatli o'yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2 marta butun guruh, yoki guruhcha bilan o'tkazilishi kerak. O'rta va katta guruhlarda turli xil sport o'yinlari o'tkazib turiladi. Hamma o'yinlar uchun kun tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta’minlash tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan.
Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o'zlariga tanish bo'lgan didaktik va harakatli o'yinlarni o'ynaydilar, xohlagan rasmlarini chizadilar, xohlagan narsalarini (plastilindan) yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, xohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar.
Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o'z-o'zini tashkil eta bilish qobiliyati o'sishiga, xulq, madaniyati, irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o'ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug'ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta'minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim bo'ladi.

Yüklə 50,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin