Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi “maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan o‘quv – uslubiy majmua


MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI METODIST LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI



Yüklə 442 Kb.
səhifə14/18
tarix03.04.2023
ölçüsü442 Kb.
#92791
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
majmua sirtqi 4-kurs

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI METODIST
LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

Lavozim vazifalari:
a) maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi o'quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;
bjbarcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o'qitish dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo'naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko'rsatish:
g) maktabgacha ta’lim muassasasida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha yo'riqnoma-metodik materiallarni umumlashtirish;

  1. ilg'or tajribalarni o'rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordatn berish maqsadida maslahatlar o'tkazish;

  2. bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengash muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning maqsadli ishtirokini ta’minlash;

j) maktabgacha ta’lim muassasasida qabul qilingan buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish:
z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlariing tashviqoti bo'yicha hamda maktabgacha ta'lim muassasasida turli yosh guruhlar bo'yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta’minlash;
i) ta'lim muassasasi faoliyatiga qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
y) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash va bola­lar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:

  1. O'zbekiston Res pub! ikasining “Ta’lim to'g'risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g*risida”gi va "Bola huquqlarining kafolatlari to'g‘risida”gi qonunlarini;

  2. hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni;

v) maktabgacha yoshdagi bolalarnining rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining; mazmunini, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
g) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini;

  1. maktabgacha ta’limga davlat talablarini bajarilishini nazorat qilish shakllari va metodlarini, bolalar hayoti va sog'ligini muhofaza qilish qoidalarini;

  1. pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o'quv va tarbiya jarayonida o'qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini.

Ma la ka taiablan:

  1. o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik;

  2. xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

v) uch yildan kam bo'lmagan pedagogik ish staji.
Metodistning doinriy hujjatlari qatoriga guruhlardagi ta'lim- tarbiyaviy va sog'lomlashtirish ishlarini nazorat qilish daftari (jurnali) ham kiradi. Unda metodist o'zining guruhlarda bolalarning o'quv, o'yin, mehnat faoliyatlarini o'rganishga doir ishini; tarbiyachilar ishining sifatini; bolalarning dasturining turli bo'limlari bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarining tahlili; bolalarning xulq-atvor madaniyati, ma'naviy-irodaviy sifatlarini, jamoada yashash ko'nikmalarini egallaganlik darajalari va shu kabilarni aks ettiradi. Metodist tarbiyachilar ishidagi ijobiy jarayonlarni va kamchiliklarni qayd etadi, ularning qiyinchiliklari va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tahlil qiladi hamda ishni yaxshilashning yo'llarini ko'rsatadi.

Yüklə 442 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin