Mudira faoliyatining mazmuni:
a) mudiraning ma’muriy xo'jalik ishlari.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasalarning butun faoliyatiga rahbarlikqilib, u obodonlashtirish, ko'kalamzorlash- tirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo'yicha xarajatlarni to'g'ri taqsimlash, muassasasini boy oziq-ovqat moddalari bilan ta'minlash, kun tartibini to'g'ri tashkil etish, reja bo'yicha maktabgacha ta’lim muassasalarni bolalar bilan to'ldirish, ta’lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi sog'lomlashtirish ishlari, taomnoma sifatini vitaminga boy bo'lgan moddalar bilan ta’minlashi (kamida haftada 2 marta), xamir ovqatlari (bulochka, pechene), pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularning malakasini oshirish ishlari bo'yicha bosh rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilishi uchun maktabgacha ta'lim muassasasida to'g'ri kun tartibi jarayonlari, lozim-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyenik qoidalarning bajarilishiga, yong'inga qarshi tadbirlar o'tkazadi. Qishga boy oziq-ovqat va mahsulotlarini g'amlaydi. Vitaminga boy bo'lgan mevali o'simliklarni o'stiradi. Maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlari o'z vaqtida oylik maosh bilan ta'minlanadi. Ishchilarning mehnat intizomiga qat'iy rioya qilishlarini nazorat qiladi. Ish yuritishni qattiq nazorat qiladi. Bo'sh guruhlarni xodimlar bilan o'z vaqtida ta'minlaydi. Faol xodimlarni rag'batlantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarda o'tkaziladigan joriy, kapital ta’mirlashga bosh rahbardir. Moliyaviy-xo'jalik ishlari bo'yicha javobgar shaxs, oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha javobgar shaxs, kir yuvuvchi, bog'bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, haydovchi bilan yakkama-yakka suhbat o'tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat'iy nazorat tashkil etadi.
Mudira muassasani kerakli texnikaviy va xo'jalik materialla- ri bilan muntazam ravishda ta’minlab turish, binoni jihozlash bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlash, binoni o'z vaqtida ta'mirlash va o'quv-ko'rgazmali qurollari bilan to'ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dastur - metodik hujjatlarda tavsiya etilgan. Ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlash, bolalar maydonchasini to'g'ri rejali jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar bilan ishlash tajribasiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy yordam ishlarini nazorati va bolalarni tizimli tibbiy yordam ko'rigidan o'tkazish ishlari kiradi.
Moliyaviy-xo'jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy, ma'naviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir.
Dostları ilə paylaş: |