“maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta`limni boshqarishning ilmiy asoslari”



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə6/8
tarix17.06.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#132095
1   2   3   4   5   6   7   8
KIRISH 2022 Samariddin

Muntazam rejalashtirish prinsipi o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda ta’lim massassasining barcha bo‘linmalarida qo‘llaniladi.
Moslanuvchanlik prinsipini holat o‘zgarib turgan sharoitda faoliyatko‘rsatilayotgan rahbarlar qo‘llaydilar.
Hamfikrlilik prinsipi boshqaruv idealogiyasini aniqlaydi (har bir
munosabat).
Ijobiy fikrlash prinsipi hamma vaqt boshqaruvning boshqa prinsiplari
bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Vakolat berish prinsipi xodimlarning malakasini oshirishda qo‘llaniladi.
Boshqaruv prinsiplarini tanlash va samarali tarzda foydalanish
muvaffaqiyatga erishishning asosi xolos. Boshqarish funktsiyasi deganda u yoki bu ob’ yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Ijobiy fikrlash prinsipi hamma vaqt boshqaruvning boshqa prinsiplaribilan birgalikda qo‘llaniladi. Bunndan tashqari bir qancha funktsiyalarni ham o`z ichiga oladi . bularga Tashkilot- bu rejalashtirilgan va ijodiy vazifalarni bajarishning eng yaxshi usullarini tanlashni ta'minlashga, butunning qismlari o'rtasidagi munosabatlarni shakllantirishga olib keladigan harakatlar majmuini belgilashga qaratilgan boshqaruv bosqichi: ko'rsatmalar, muvofiqlashtirish, birgalikda amalga oshiradigan odamlarni birlashtirish. dastur yoki maqsad. Tashkiliy faoliyat uchun asosiy narsa - bu tashkilotning maqsadlari qanday qilib, qanday harakatlar yordamida amalga oshirilishi masalasi. Shuning uchun ham tashkiliy faoliyat boshqaruvning amalga oshirish bosqichi sifatida, bajaruvchi faoliyat sifatida qaraladi. .Axborot-tahlil funktsiyasi. Mazkur funktsiya Yu.Konarjevskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, boshqaruvda alohida o‘rin tutadi; bunda axborotlarni olish va tahlil qilishda jarayon boshlanadi va tugallanadi. Oldindan ko‘rish-rejalashtirish funktsiyasi. Boshqaruv faoliyatini oldindan ko‘rish (anglash) va rejalashtirish funktsiyasi uchun maqsadli-motivlashtirish boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat qiladi, oldindan ko‘rish-rejalashtirish funktsiyasi tashkiliy shakllar, usullar, ta’sir etuvchi vositalarni aniqlaydi, nazoratning me’yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi, shuningdek, pedagogik tizimni va uning ishtirokchilarining harakati va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tartibga solish imkonini beradi. Maqsadli-motivlashtirish funktsiyasi. Motivlashtirish belgilangan maqsadga erishish bo‘yicha barcha boshqaruv sub’ektlarida qiziqishlar uyg‘otishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil etishni nazarda tutadi.
Tashkiliy-ijrochilik funktsiyasi. Bu funktsiya boshqaruv faoliyatining barcha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Bu kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ijrochilarning o‘zaro ta’sir etish tizimini shakllantirish, axborotlar to‘plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning natijasida u yoki bu pedagogik tizimga xos tarkibiy tuzilish vujudga keladi.Shaxsning tashkiliy faoliyati o'z tabiatiga ko'ra psixologik-pedagogik bilimlardan tezkor foydalanishga asoslangan amaliy faoliyatdir. muayyan vaziyatlar. Hamkasblar, talabalar bilan doimiy aloqada bo'lish tashkilot faoliyatiga ma'lum bir shaxsga yo'naltirilgan yo'nalish beradi.,Tashkiliy faoliyatning mazmuni uning boshqa barcha boshqaruv funktsiyalariga nisbatan xarakteristikalari orqali to'liqroq ochib berilishi mumkin, ularning har biri ma'lum bir tartib va ​​tashkiliylikni nazarda tutadi. Tizim maqsadlarini amalga oshirish bosqichida tashkilotning eng muhim va boshlang'ich nuqtasi tizimni tashkil etuvchi barcha shaxslar va bo'linmalarning funktsional majburiyatlarini aniq belgilash va taqsimlashdir.
3.2. Ta'lim muassasasini faoliyatini boshqarishning tamoyillari.
Ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limni boshqarish tamoyillari — bu boshqaruv tizimi, tuzilmasi,
boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalar
demakdir. Boshqaruv tamoyillari ham, qonuniyatlar kabi, umumiy va
xususiyga bo‘linadi. Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga kiritish mumkin: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, intizomlilik, rag‘batlantirish, ierarxiklik (pog‘onalilik). Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli boshqaruvning mohiyati bilan belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar aniq qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji boricha aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi, hodimlari sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi. Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas, balki ana shu maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni ham nazarda tutadi. Pedagogik jarayonlarning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan yana biri motivlashtirish bo‘lib, samaradorlikka erishishda pedagogikjarayonlarning maqsadini, maqsadga erishish yo‘nalishida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini, o‘rganiladigan tushunchadir. Boshqaruv tamoyillari:
1.Muammolarni еchishga ijodiy yo‘nalish.
2.Sifat samaradorliklariga erishish uchun muntazam rejalashtirish.
3.Holatga mos ravishda boshqaruv turi (holatga va qo‘l ostidagilarga moslashish
qobiliyati).
4. G‘oyalarga bir xil munosabat va bir-birini yaxshi tushunish.
5.Barcha a’zolarning hamkorligi.
6.Buyurtmachiga yo‘naltirilganlik.
7.Ijobiy fikrlash, qo‘lay muxit va munosabatlar.
8.Vakolat berish va xodimlarning malakaviy o‘sishini ta’minlash.
Boshqaruv va tashkil etishning yangi tuzilmasini shakllantirish, KTMD va
KTMM asosida ta’limni ta’minlash, chet el tajribasini o‘zlashtirish, turli texnologiyalar, metodikalar va hokazolarni joriy qilib, bularning hammasi
innovatsiya deb nomlangan jarayon bilan bog‘liq. Bunday hodisaning sababini ta’lim tizimi xodimlari ta’lim-kasb-hunar dasturlari va metodikalarining xilma-xil variantlarini amalga oshirish uchunkeng imkoniyatlarga ega bo‘lganliklari bilan izohlash mumkin. Boshqa sababi, jamiyatdagi ijtimoiy vaziyat o‘zgarib borayotganida, demokratlashtirilayotgani va insonparvarlashtirilayotganida, mamlakat
iqtisodiyoti bozor munosabatlari yo‘lidan rivojlanishga o‘tayotganidadir. Yuqori
malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezayotgan ishlab chiqarishning talablari oshib
borayotgani ham yangiliklarni o‘zlashtirishni taqozo qilmoqda. Bugungi kunda
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash mamlakatimiz ta’lim tizimini dunyo ta’lim
tizimi bilan muvofiq holga keltirish yo‘llaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish
mumkin: ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va
boshqariladigan tizimlarning, boshqarish subyekti va obyektining o‘zaro
munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi jarayonlarini
kuchaytirish. Ta’limni boshqarish tamoyillari — bu boshqaruv tizimi, tuzilmasi,
boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalar
demakdir. Boshqaruv tamoyillari ham, qonuniyatlar kabi, umumiydir.
Ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega
bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga
kiritish mumkin: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik.
Aniq maqsadg yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli
boshqaruvning mohiyati bilan belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish
organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar aniq qo‘yilishini ko‘zda
tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji boricha
aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini
ta’minlaydi, hodimlari sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi.
Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas,
balki ana shu maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni
ham nazarda tutadi. Bunda maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan
asosiy resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina emas, balki diqqat-e’tiborni
maqsadlarga erishishga xalaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish ham
kerak. Ta’limni rejali boshqarish tamoyili ham dasturiy-maqsadli boshqarish
bilan bog‘liq bo‘lib, harakat dasturini tuzish va uni amalga oshirishni ko‘zda
tutadi. Rejalilik ish sharoitini normallashtirish va uni ijrochilar o‘rtasida
taqsimlashda ijrochilar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish va ularga yo‘lyo‘riq berishda, shuningdek har bir ishning va umuman dasturning
bajarilishini hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi.
Ushbu tamoyilning amalda bajarilishi butun boshqaruv tizimi reja asosida etilishiga asosdir. Bilimdonlik tamoyili menejerning boshqaruv obyektini bilishini, hech
bo‘lmaganda, qarorlar qabul qilishda mutaxassislarning foydali maslahatlarini
qabul qilishga qodirligini anglatadi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin