Maktabgacha ta’lim metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə38/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Suhbat. Suhbat savolning hal qilinishida o’quvchilar va o’qituvchining ishtirokida xarakterlanadi. Suhbatning maqsadga qaratilganligi o’quvchilar bilimini safarbar qilib, hal qilinishi kerak bo’lgan savollar bilan aniqlanadi.
Suhbat natijasida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tegishli xulosa chiqarishlari, xulosani umumlashtirishlari kerak. Suhbat o’quvchilarga notanish bo’lmasligi lozim: hali o’quvchilar o’zlashtirmagan, bilmagan bilimlarni “aniqlash” uchun vaqtni bekorga sarflash yaramaydi. Suhbat yakunlovchi, umum-lashtiruvchi va yangi bilimlarni eskilari bilan bog’lovchi darslarda alohida ahamiyatga ega. Yangi materialni tushuntirishdagi suhbat odatda o’qituvchining hikoyasi bilan birga qo’shib olib boriladi. Bu hollarda o’qituvchining savollari qonun-qoidalari va voqealar o’rtasidagi bog’lanishlarni tushunishga yordam beradi.
Suhbat yangi materialni o’rganishda, kuzatishlar yoki amaliy ishga yakun yasashda, ekskursiyalar o’tkazishda, o’rganilgan materialni takrorlashda, shuningdek, tajribalarni umumlashtirib namoyish qilishda, tabiiy, tasviriy hamda ekran vositalari, darslik, sinfdan tashqari o’qish uchun adabiyot bilan ishlashda qo’llaniladi.
Suhbatning bosh maqsadi shundaki, bunda o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar ongida tabiat jismlari hamda hodisalari haqida to’g’ri tasavvur va tushunchalar shakllanadi.
Tabiat bilan tanishtirishning birinchi bosqichida suhbat o’qituvchining savollar berishi va chaqirilgan o’quvchilarning savollarga javob berishi shaklida kechadi. Keyin suhbat boyib, kengayib boradi. Masalan, o’tkazilgan amaliy ish asosida sinfga savol berib, o’qituvchi bir savolning o’ziga o’quvchilardan har xil javoblar oladi; kim boshqacha o’ylaydi? Kim aniqroq aytadi? kabi savollar bilan murojaat qilib, ularni rag'batlantiradi. Natijada o’quvchilarda asta-sekin ijodiy faollikni rivojlanishi uchun zarur bo’lgan sifatlar shakllanib boradi. Bundan tashqari, suhbat o’quvchilar ishidagi kamchiliklarni to’g’rilashga imkon beradi, yakka yondashish tamoyilini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
Suhbatda savollar muhim ahamiyat kasb etadi. Ular qisqa, aniq bo’lishi, javobni aytib turadigan xarakterda ikkilantiruvchi ma'noga ega bo’lmasligi, bir so’z (“Ha” yoki “yo'q”) bilan javob berishni talab qilmasligi kerak. Masalan, jamoa qurtxonasida ipak qurti ustida kuzatishlar (3- sinf) o’tkazilgandan keyin bajarilgan ishlarga ushbu maqsadga yo’nalgan savollar yordamida yakun yasash kerak: tut ipak qurti qanday rivojlanadi? Uning tashqi ko’rinishi qanday? Qurtning tanasi qanday shaklda? Qurt qay taxlit pilla o’raydi? Pilla o’rash qancha vaqt davom etadi? Pilla ichida nima bo’ladi? Kapalak qanday paydo bo’ladi? U qancha vaqt yashaydi? Kapalak hayoti qanday tugaydi?
Bunday savollar o’quvchilarning mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantiradi, chunki savollarga javoblar ishlab chiqarish kuzatishlari bilan quvvatlangan bo’ladi. Suhbat metodi hikoya metodi bilan chambarchas bog’liq. Mavzuni tushuntirgach, o’qituvchi albatta bilimlami o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun hikoya va namoyish qilinadigan ko’rgazmali qurol mazmuni bo’yicha suhbat o’tkazadi.
Suhbatning o’quv jarayonida qanday o’rin egallashi va qanday didaktik maqsad mo’ljallanganligiga qarab: kirish suhbati, takrorlovchi suhbat, bayon qiluvchi suhbat va yakunlovchi suhbat kabilarga bo’linadi.
Kirish suhbatidan yangi bo’lim yoki yangi mavzuni o’rganish oldidan foydalaniladi. Uning maqsadi o’quvchilardagi darsda o’rganiladigan masala bo’yicha tasavvurlarni aniqlash yoki tiklashdir. Chunonchi, 3-sinfda “Dala o’simliklari” mavzusini o’rganishga kirisha turib, kirish suhbati vaqtida bolalarga ushbu savollami berish kerak: Kim dalada bo’lgan? Dalalarda nimalar o’sadi? Siz qanday madaniy o’simliklarni bilasiz? Siz qanday texnika o’simliklarini bilasiz? Sizga qaysi g’alla o’simliklari ma'lum? Faqat shundan keyingina o’qiituvchi yangi materialni tushuntirishga kirishadi.
Takrorlovchi suhbat o’iganilgan materialni mustahkamlash va fahmlab olishga yordam beradi. U yangi material o’rganilgandan keyin, shu darsning o’zida mavzu yoki bo’lim o’rganilgandan so’ng 5 daqiqadan 20-25 daqiqagacha vaqt davomida o’tkaziladi. Takrorlovchi suhbat paytida ham mavzuni o’iganishdagi o’sha ko’rgazmali qurol va tarqatma tabiatshunoslik materialidan foydalaniladi.
Bayon qiluvchi suhbat o’quvchilarning o’zlari borliqning jism va hodisalarini kuzatishini nazarda tutadLo’qituvchi tomonidan yo’naltirilgan o’quvchilar o’zlari uchun yangi obyekt va hodisalar bilan tanishadilar. Tirik tabiat burchagida o’tkazilgan tabiat obyektlari va tajribalarni kuzatishlar natijasida o’quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan atrof olamga tadqiqiy yondashish shakllanadi.
Yakunlovchi suhbat. Yakunlovchi suhbat o’quvchilar o’rganilgan mavzu bo’yicha xulosa chiqara olishlari uchun o’tkaziladi. Masalan, “Granit” mavzusi o’iganilgandan keyin quyidagi savollar bo’yicha yakunlovchi suhbat o’tkaziladi: Biz qanday mavzu bilan tanishdik? Qanday yangiliklarni bildik? Granit qanday tuzilishga ega? Granit rangi nimaga bog’liq? Granit tarkibiga nimalar kiradi?Granitdagi kvars qanday aniqlanadi? Sludadagi kvars-chi? Dala shpatidagi-chi? Granitning yemirilishi natijasida nimalar hosil bo’ladi?

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin