Maktabgacha ta’lim metodikasi


Tasviriy ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish asosidagi suhbat



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə39/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Tasviriy ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish asosidagi suhbat. Tabiatshunoslik darslarida ko’pincha suratlardan foydalaniladi. Masalan, “Dashtlar tabiati” mavzusini (4- sinf) o’rganishda o’qituvchi doskaga “Bahorda dasht” nomli suratni iladi va mavzu bo’yicha suhbat o’tkazadi: o’quvchilar suratda nimalar tas-virlangan? Suratda qanday o’simliklarni ko’ryapsiz? (qum qiyoqi, lola, gulsapsar, saksovul). Nima uchun dashtda o’simliklar kam? Nima uchun dashtda baland daraxtlar yo’q? Suratda tasvirlangan hayvonlarni sanab byering (burgut, ilon, kabcat, dasht qarg’asi, o’q ilon, qum quyoni, chipor yashurka). Bu jonzotlar nimalar bilan oziqlanadilar? kabi savollarga javob berishlari kerak.
Yordamchi savollar bo’yicha suratni tahlil qilib, o’quvchilar yangi ma'lumot oladilar, chunki o’qituvchi o’quvchilarning javoblarini to’ldiradi, tushuntiradi va aniqlaydi.
O’qilgan darslik mavzusi (maqolasi) asosida suhbat. Suhbatning maqsadi u yoki bu tabiat hodisasini bolalar tomonidan to’g’ri tushunilganligini aniqlash, mavzuni o’qishdan olingan yangi bilimlarni mustahkamlash va tizimlashtirishdir.
1- sinfda matn o’qilgach qisqa suhbat o’tkaziladi, unda bolalarga o’qilgan matn mazmunini qanday tushunganliklarini aniqlashga yordam byeruvchi 2-3 ta savol beriladi. Keyin matn abzaslar yoki mantiqan tugallangan qismlar bo’yicha o’qiladi va o’qilganlarning mazmuni aniqlanadi. Shundan keyin o’quvchilarga o’qilgan qismda qancha jumla bo’lsa, o’shancha savol beriladi. Matn albatta o’qituvchi tomonidan sharhlanadi, dars hikoya qilib berish, ko’rgazmali qurollar, o’qitishning texnika vositalarini namoyish etish bilan birga olib boriladi. Suhbat o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish darajasini aniqlash bilan tugallanadi.
Tabiatshunoslikni o’qitishning og’zaki metodlari ta'lim jarayonida o’qituvchi oldida turgan umumta'lim va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshiradi.
Bilmni tekshirish uchun nazorat savollari.
1.Tabiatshunoslikni o‘qitishda foydalaniladigan dars turlarini sanab byering?
2.Yangi pedagogik texnologiyaga haqida ma’lumot byering?.
3.Turli metodlar asosida qanay dars ishlanmalarini tuzish mumkin?.
4. Yangi pedagogik texnologiya va turli metodlar asosida dars ishlanma tuzing?.
4-AMALIY MASHG’ULOT



Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin