Maktabgacha ta’lim metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə47/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Bilimdon usuli.
(Bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim)
Ushbu texnologiya yangi mavzuni jamoa bo’lib fikrlab o’zlashtirish, yechimni topish, kerakli ma’lumotlarni tanlash, fikrlarni guruhlarga ajratish, yangi o’zlashtirilgan mavzuni umumlashtirishga o’rgatadi.
 O’quvchilar guruhlarga ajratiladi;
 O’qituvchi doskaga uch qatordan iborat jadval chizadi;
O’qituvchi jadvalning har bir ustuniga “bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim” kabi so’zlarni yozib chiqadi va shu so’zlar tagiga mos ma’lumotlarni fikrlab, tanlab yozishni tushuntiradi;
 O’qituvchi mavzuni e’lon qilib, o’quvchilardan mavzu bo’yicha qanday ma’lumota ega ekanliklarini so’raydi;
 O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar “Bilaman” nomli qatorga yoziladi;
 O’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu yuzasidan qanday ma’lumotlarni bilishni xohlashlarini so’raydi;
 O’quvchilar tomonidan aytilgan fikrlar “Bilishni xohlayman” nomli qatorga yoziladi;
 Har ikki qator bo’yicha faoliyat yakunlangach o’qituvchi yangi mavzu bo’yicha ma’lumotlar yozilgan matnlarni tarqatadi yoki mavzuni tushuntiradi;
 Matn bilan tanishilgach, o’qituvchi o’quvchilardan nimalarni bilib olganliklarini so’raydi;
 Yig’ilgan ma’lumotlar “bilib oldim” nomli qatorga yozib chiqiladi.
Debat usuli
O’tkazilish tartibi:
 O’quvchilar guruhlarga bo’linadi;
 Bir guruh o’quvchilar muhokama qilinadigan masalaga fikran yondashadilar, ikkinchi guruh o’quvchilari esa muhokama qilinayotgan masalaga qarshi fikrlar bildiradilar.
 Doskaga ilingan vatman qog’ozga tablitsa chiziladi, ikkita jadvalga ajratiladi
 Ovoz beruvchi guruh tablitsaning bir tomoniga masala yuzasidan fikrlarini bayon etadilar
 Tablitsaning ikkinchi tomoniga masala yuzasidan qarshi fikrlar bayon etiladi.
Demak bu usul orqali o’quvchilarning tanqidiy, mantiqiy, mustaqil fikrlash ko’nikma va malakalari rivojlanib, o’z fikrlarini himoya qilishga, bahs munozaraga kirishishga o’rganadilar.
Alfavit usuli.
O’tkazilish tartibi:
 O’qituvchi o’quvchilarga alfavitdagi harflardan biri yozilgan qog’oz tarqadi. Har bir o’quvchida boshqa-boshqa harflar bo’lishi kerak.
 O’qituvchi topshiriqni tushuntiradi va vaqt belgilaydi;
 O’quvchilar qo’llaridagi qog’ozda qaysi harf berilgan bo’lsa oshsha harfga mavzuga mos so’z topishlari va yozishlari kerak.;
 O’qituvchi vaqt tugagach ishni oladi va doskaga alfavit tartibida osadi;
Topshiriq muhokama qilinib g’olib o’quvchi aniqlanadi.
Tabiatshunoslik darslarida foydalanish mumkin bo’lgan o’yin, mashqlar.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin