Topshiriqlar. 1. Boshlang’ich sinflarning tabiatshunoslik darslarida qo’llanilayotgan o’qitish vositalari haqida ma'lumot tayyorlang.
2. 4-sinf “Tabiatshunoslik” darsligidan quyidagi topshiriqlaiga bittadan misol keltirib, daftaringizga yozing:
bilimlarni mustahkamlash uchun;
mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun;
kuzatish yordamida olingan bilimlarni qo’llash uchun;
tabiatshunoslik tushunchalarining solishtirma xarakteristikasi uchun.
3. Globus xaritadan qanday farqlanadi? Uning asosiy farqlovchi belgilarini aniqlang.
4. 3- sinf “Tabiatshunoslik” darsligidan tabiiy ko’igazmali qurollardan foydalanib o’tiladigan darsning rejasi va konspektini tuzing.
5. 4- sinf “Tabiatshunoslik” darsligidan ekran vositalaridan foydalanib o’tiladigan darsga reja va konspekt tuzing.
Savollar I. Darsliklar bilan ishlashda qanday uslublardan foydalaniladi?
2. Darsliklardagi savol va topshiriqlar qanday guruhlarga bo’linadi?
3. “Qabul qilish” deganda nimani tushunasiz?
4. Tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladigan ko’igazmali qurollarning qanday turlarini bilasiz?
5. Tabiiy ko’rgazmali qurollarga nimalar kiradi?
6. Qanday ko’rgazmali qurollar sathli va hajmli ko’rgazmali qurollar deb ataladi?
7. Devoriy suratlar bilan ishlashning ahamiyatini qanday tushunasiz?
8. Suratlar bilan ishlashda ularning qaysi xususiyatlariga e'tibor qaratish kerak?
9. Plan bilan ishlash metodikasi qanday?
10. Plan xaritadan qanday farqlanadi?
11. Tabiatshunoslik darslarida xarita bilan ishlashning xususiyatlarini
qanday aniq misollar asosida izohlab bera olasiz?
5-AMALIY MASHG’ULOT. Mavzu: Sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda didaktik o‘yinlarni qo‘llash metodikasi. Tabiat bilan tanishtirish jarayonida didaktik o‘yinlarning ahamiyati. Maktab yoshdagi bolalar uchun didaktik o‘yinlar tuzish va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘rinli qo‘llash. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o’iganish va muhofaza qilish, o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil mashg’ulotlar kiradi. Bu mashg’ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlaiga asoslanishi kerak. Bolalar e'tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi va o’quv-tajriba maydonidagi kuzatishlaiga qaratmoq; ko’cha va maktabni ko’kalamzorlashtirish, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblarni o’qish bilan biiga olib borilishi kerak.
Tabiat bilan tanishtirish jarayonida didaktik o‘yinlarning ahamiyati. Maktab yoshdagi bolalar uchun didaktik o‘yinlar tuzish va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘rinli qo‘llash. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o’iganish va muhofaza qilish, o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil mashg’ulotlar kiradi. Bu mashg’ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlaiga asoslanishi kerak. Bolalar e'tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi va o’quv-tajriba maydonidagi kuzatishlaiga qaratmoq; ko’cha va maktabni ko’kalamzorlashtirish, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblarni o’qish bilan biiga olib borilishi kerak.