Maktabgacha ta’lim metodikasi


Kerakli asbob va materiallar



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə52/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Kerakli asbob va materiallar: Darslik va o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matni, daftar, ruchka, qalam, o’chirg’ich, xarita, boshlang’ich sinf darsliklari, videoproektor, monitor,ko’rgazmalar.
Nazariy tushuncha.
Ekskursiya. Ma’lumki boshlang’ich sinflarda tabiatdan anchagina keng ma’lumotlar byeridi. O’simliklarning insonlar hayotiga va tabiatdagi roli, o’simliklar dunyosining hilma-xilligi ulardan foydalanish va muhofaza qilish tugrisidagi dastlabki ma’lumotlar beriladi. Sinfda olingan bilimlarni mustaxkamlashda va umuman tabiatga nisbatan o’quvchilarning muxabbatini oshirishda ekskursiyaning roli nixoyatda kattadir. O’qituvchi ekskursiya tashkil qilishdan oldin bolalarga ular ekskursiyaga borishlarini, u yerda jonajon o’lkamizning boylilari; bilan tanishishlarini, O’zbekiston nima bilan mashhur ekanligini bilib olishlarini tushuntiradi. Sinfdan tashqari ish o'quv materiali asosida va unga bog'liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklanmaydi,ammo uni to'ldiradi va tabiat haqidagi fanning qiziqarlihamda kerakli tomonlarini ochib beradi.
Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va konkretlashtirish, tabiatni o'rganishga qiziqish uyg'otish, o'quvchilar faolligi hamda mustaqilligini rivojlantirish, vaqtni rejalashtirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki bu ishlar o'quvchilarning xo’lq-atvoriga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Ularning moddiy dunyoga qarashi va mehnat madaniyati shakllanadi, bilishga qiziqishi, mustaqil kuzatish ko'nikmalari rivojlanadi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni Teranlashtiradi. Tabiatshunoslik bo'yicha yo'lga qo'yilgan sinfdan tashqari ishlar o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. Uzoq muddatli tajribalar o'tkazish, gerbariy va kolleksiyalar uchun material yig'ish, model, maket va boshqa ko'rgazmali qurollar tayyorlash, jonli tabiat burchagi va o'quv-tajriba maydonchasidagi ishlar kabi sinfdan tashqari ishlarning shakllari tabiatni o'rganishni hayot bilan bog'lash va o'quvchilarni politexnik tayyoigarlik uchun ahamiyatli bo'lgan amaliy o'quv va ko'nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Bolalarning kuzatishlari va o'qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy ishlari tabiatni boshqarish, uni inson manfaati uchun o'zgartirish to'g'risidagi ta’limot asoslarini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatlari ularni mehnatga o‘rgatadi vatanparvarlik tarbiyasiga ko'maklashadi. Sinfdan tashqa mashg'ulotlaming barcha turlari bir-biriga bog'liq bo'lishi, bir ikkinchisini to'ldirishi kerak. O'simlik va hayvonlar bilan ishlash* darslarida vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg'ulotlar rivojlanishi mumkin, ayniqsa, tabiatshunoslik bilan qiziqqa o'quvchilar yosh tabiatshunoslar to'garagi mashg'ulotlari qatnashishlari mumkin. O'quvchilarda tabiiy obyektlari kolleksiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga mehrni payqaga o'qituvchi ularning qiziqishlariga qarab mashg'ulotlar topish tabiat to'g'risidagi fanni chuqurroq o'rganish istagini rivojlantirish zarur.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin