Maktabgacha ta’lim metodikasi


Tabiiy yoki predmetli ko’rgazma qo’llanmalar



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə60/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

1. Tabiiy yoki predmetli ko’rgazma qo’llanmalar.
Tirik mavjudotlar–barcha tirik o’simlik va hayvonlar; gerbariylar, tulumlar; kollektsiyalar-o’simliklar, urug’lari, mevalari, hayvonlar kollektsiyalari, foydali qazilmalar, tog’ jinslari, mineral moddalar, tuproq namunalari, o’g’itlar, torf. To’garak mashg’ulotlari, sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida ular o’quvchilar tomonidan tayyorlanishi ham mumkin.
Ho’l preparatlar, quruq preparatlar o’simlik va hayvonlar qismlarini tabiiy holda quritilgani. Ularga donli, texnik va sabzavot ekinlari yig’malari kiradi. O’simliklarning vegetativ qismlari va gul preparatlaridir. Daryo qisqichbaqasining skeleti /bo’limlarga bo’lingan/ umurtqali hayvonlar skeletlari, suyaklar to’qimi shu guruhga mansubdir. Hajmi va bog’lamli gerbariylar tabiiy ko’rgazmalar namunasidir.
Tasviriy ko’rgazmalar.Ular tayyor holda magazinlarda sotiladi, sotuvchilarning mustaqil o’rganishlari va namoyish qilishda foydalaniladi. Ular to’plam holida tayorlanadi. Fabrikalarda, maktablar esa zaruriy miqdorda sotib oladilar.
Hajmli ko’rgazma vositalariga qo’ydagilar mansubdir:
Model-bu 3 o’lchamli ko’rgazma qurol bo’lib, jism yoki uning alohida qismlarini ko’rinishini aks ettiradi. Model faqat tashqi ko’rinishni emas, ichki mazmunni ham aks ettirib, tabiiy jismga yaqinlashtiradi. U ishlash printsipini ham ko’rsatishi kerak masalan, elektrostantsiya yer ning o’qi atrofidagi harakati, quduqning ishlashi, suv tegirmoni jonsiz tabiat modellariga globus, tog’lar modellari kiradi. Ularni namoyish qilish uchun foydalaniladi.
Globus-yer sharining kengaytirilgan ko’rinishi. O’z o’qi atrofida aylanishini aks ettiradi, parallel va meridian chiziqlari, shimol, janub, g’arb, sharq tomonlar, ko’l, okean va dengizlar rangli tasvirlar orqali ifodalangan.
Ichki organlar modellari ham mavjud: yurak, o’pka, bo’yrak, gulning modeli, meva va urug’lar modellari tayyorlanagan, ayrimlarini bolalarning o’zlari yasashlari mumkin. Maktab sharoitida plastilin, parafin, karton qog’ozdan bolalarning o’zlari yasashlari mumkin.
Mulyaj-bu jismning tashqi ko’rinishi /rangi,hajmi,shakli/-ichki mazmunsiz. Tabiatshunoslikka oid mulyajlar-mevalar sabzavot va ildizli mevalardir. Tayyor holda fabrikalardan chiqariladi, ya‘ni maktab dasturiga asoslangan holda tayyorlanadi. Mulyajlar to’garak mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilar kuchi yordamida ham tayyorlanadi.
Applikatsiya-bir tomonlama ko’rinishli hajmli qo’llanmadir. Plastilin, /orgoyna/-oyna maydalaridan tayyorlanadi. Terining tuzilishi, o’pka bo’yrak va boshqa ichki organ a‘zolarini shu yo’l bilan tayyorlab, tuzilishilari o’rganiladi. Qon aylanish tizimi, nafas olish, bosh miyaning tuzilishini ko’rsatish mumkin.
Boshlang’ich sinflarda kompas, termometr ishlatish yo’llarini o’rgatish ham katta ahamiyatga molik.
Kompas–joyning mo’ljalini olish uchun foydalaniladigan (pribor)–asbob. Shahar chetidagi o’rmonda, sayohatlar, sayrlarga chiqqan paytlarda kompasdan foydalaniladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin