Topshiriqlar.
1. Boshlang’ich sinflarning tabiatshunoslik darslarida qo’llanilayotgan o’qitish vositalari haqida ma'lumot tayyorlang.
2. 4-sinf “Tabiatshunoslik” darsligidan quyidagi topshiriqlaiga bittadan misol keltirib, daftaringizga yozing:
bilimlarni mustahkamlash uchun;
mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun;
kuzatish yordamida olingan bilimlarni qo’llash uchun;
tabiatshunoslik tushunchalarining solishtirma xarakteristikasi uchun.
3. Globus xaritadan qanday farqlanadi? Uning asosiy farqlovchi belgilarini aniqlang.
4. 3- sinf “Tabiatshunoslik” darsligidan tabiiy ko’igazmali qurollardan foydalanib o’tiladigan darsning rejasi va konspektini tuzing.
5. 4- sinf “Tabiatshunoslik” darsligidan ekran vositalaridan foydalanib o’tiladigan darsga reja va konspekt tuzing.
Savollar
I. Darsliklar bilan ishlashda qanday uslublardan foydalaniladi?
2. Darsliklardagi savol va topshiriqlar qanday guruhlarga bo’linadi?
3. “Qabul qilish” deganda nimani tushunasiz?
4. Tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladigan ko’igazmali qurollarning qanday turlarini bilasiz?
5. Tabiiy ko’rgazmali qurollarga nimalar kiradi?
6. Qanday ko’rgazmali qurollar sathli va hajmli ko’rgazmali qurollar deb ataladi?
7. Devoriy suratlar bilan ishlashning ahamiyatini qanday tushunasiz?
8. Suratlar bilan ishlashda ularning qaysi xususiyatlariga e'tibor qaratish kerak?
2-AMALIY MASHG’ULOT(2-soat)
Mavzu: Tabiatshunoslik darslarida o’quv vositalari, tarqatma va didaktik materiallardan fofdalanish metodikasi.
Dars jarayonini tashkil etishda tarqatma materiallaridan test,savol,plakatlar yordamida o’tkazish yuqori samara beradi.
Moddiy baza ta‘lim samaradorligini oshirishda muhim o’rin ttutadi. Ko’rgazmali vositalar tabiatshunoslik kabineti, tirik tabiat jismlari va o’quv-tajriba uchastkasi moddiy bazaning tarkibiy qismlaridir. Tirik ob‘ekt hamda tasviriy ko’rgazmalarni mavjud bo’lishi o’quvchilarni turli xil mustaqil va amaliy ishlarga jalb qilish imkonini beradi.
Tabiatshunoslik darslarida turli ko’rgazmalikdan foydalanish ularni diqqat bilan tanlash va tayyorlanish talab etadi.
. Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi
Vaqti
|
2-soat (80-daqiqa)
|
Mashg’ulot shakli
|
Amaliy
|
Mashg’ulot vositasi
|
Chaqiriq, munozara, muammoli izlanish
|
Ta’lim vositasi
|
Proyektr, darslik, ma’ruza matni
|
Dars bosqichlari
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich Kirish (5-daqiqa)
|
1.Mashg’ulotning tashkiliy qismi amalga oshirilad, mavzu, rejasi uy vazifasi va topshiriq e’lon qilinadi
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi
|
2-bosqich Asosiy bosqich(70-daqiqa)
|
1.Mazu haqida tushuncha beriladi.Тезкор сўров техникaсини қўллaб, тaлaбaлaр билимлaрини фaоллaштирaди
2. Mavzu yuzasidan misollar, savol-javoblar keltirilib izohlanadi. Uyga byerilgan topshiriq tekshiriladi, mustahkamlanadi.
3. Chaqiriq uslubida amaliy mashg’ulotda o’rganilgan amaliy bilimlarni savol-javob orqali aniqlanadi
|
Bajaradi, yozadi, ma’lumot oladi, javob beradi, bilib oladi, mustaxkamlaydi.
|
3-bosqiq Yakuniy bosqich(5-daqiqa)
|
1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarini e’lon qilish, uyga vazifa berish, mashg’ulotga yakun yasash
|
Yozadi, topshiriq oladi,baho oladi
|
Nemis metodisti LisTerveg ham ko’rgazmalik roliga katta baho bergan edi: “ko’rgazmalik yo’lidan tashqari boshqa hech qanday yo’l bilan odam bilim olishi mumkin emas” degan edi.
Keyinchalik K.D. Ushinskiy bu nazariyani rivojlantirib, ko’rgazmalikni ahamiyatini quyidagicha asoslab byerdi: “Bolaga qanday bo’lmasin, besh noma‘lum so’zni o’rgating va u uzoq vaqt behuda qiynaladi: ammo sur‘atlar bilan bog’lasangiz, 20 ta shunday so’zni u go’yo (uchgandek) yengil o’zlashtiradi”, deb yozgan edi.
Ushinskiy o’z asarlarida turli so’zlar va bilimlarni bolalar shakllar, ranglar, hajm va tovushlar vositasida idrok qiladi va tasavvurlar shakllanadi, deb qayd etadi.
Tabiatshunoslik o’qitishda quyidagicha ko’rgazma vositalar qo’llaniladi:
Dostları ilə paylaş: |