Termometr– harorat o’zgarishi bilan suyuq moddalarni kengayishini aniqlashda qo’llaniladi. Ob-havoni kuzatishda, suvni haroratini, tabiatshunoslik darslarida o’simliklar ustida tajribalardan foydalanishda Termometr qo’l keladi.
Ekran – ovozliko’rgazma vositalari. Ularga o’quv filmlari, diafilm, gram yozuvlar, o’quv ko’rsatuvlari kiradi. Bu ekran qo’llanmalari harakatdagi voqea-hodisalarni ifodalaydi. Ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lmagan, uzoq o’lkalarda mavjud tirik va jonsiz tabiat ujurlarini harakatdagi holatini tabiiy muhitda ko’rish imkonini beradi. O’quvchilar ham ko’rib, ham eshitish orqali bilim oladilar.
Harakatsiz tasviriy ko’rgazmali qurollar kabinetda saqlash va foydalanish uchun juda qulaydir. Bu guruhga:
A) o’quv kartinalar;
B) jadvallar;
V) diagrammalar;
G) diapozitivlar;
D) sxemalar;
Ye) kartalar;
J) portret;
Z) otkrtka /gul qog’ozlar/;
I) rasmlar;
K) turli xil didaktik qo’llanmalar. Darslarni turli xil multimedialar yordamida o’tkazish dars jarayoni samaradorligini oshiradi.
Savollar. 1.Multimedia va tarqatma maretiallar haqida ma’lumot.
2.Tabiatshunoslik darslarida tarqatma va didaktik vositalarning o’rni.
3 Tabiatshunoslik darslarida tarqatma va didaktik vositalarning ahamiyati.
Topshiriqlar. 1.Multimedia va tarqatma maretiallar haqida ma’lumotni slaydlar yordamida tushuntiring.
2.Tabiatshunoslik darslarida tarqatma va didaktik vositalarning o’rni haqida suhbat olib boring.
3 Tabiatshunoslik darslarida tarqatma va didaktik vositalarning ahamiyati to’g’risida test tuzing.
11-AMALIY MASHG’ULOT
Jo’g’rofiya maydonchasida kuzatish,amaliy va laboratoriya ishlarining yillik rejasini tuzish.
Reja: 1.O’quvchilarning tabiatshunoslik bilimlarini o’zlashtirishda jo’g’rofiya maydonchasining roli
2. Jo’g’rofiya maydonchasidagi ishlarini samaradorligi.
3. O’quv-tajriba maydonchasida o’tkaziladigan ishlarni turlari.