1.Mashg’ulotning tashkiliy qismi amalga oshirilad, mavzu, rejasi uy vazifasi va topshiriq e’lon qilinadi
Eshitadi, yozadi, javob beradi
2-bosqich Asosiy bosqich(70-daqiqa)
1.Mazu haqida tushuncha beriladi.Тезкор сўров техникaсини қўллaб, тaлaбaлaр билимлaрини фaоллaштирaди
2. Mavzu yuzasidan misollar, savol-javoblar keltirilib izohlanadi. Uyga byerilgan topshiriq tekshiriladi, mustahkamlanadi.
3. Chaqiriq uslubida amaliy mashg’ulotda o’rganilgan amaliy bilimlarni savol-javob orqali aniqlanadi
Bajaradi, yozadi, ma’lumot oladi, javob beradi, bilib oladi, mustaxkamlaydi.
3-bosqiq Yakuniy bosqich(5-daqiqa)
1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarini e’lon qilish, uyga vazifa berish, mashg’ulotga yakun yasash
Yozadi, topshiriq oladi,baho oladi
Tayanch iboralar:Tabiatshunoslikni o’qitishning shakllarki, o’quv, idrok qilish faoliyati.
Jog’rofiya maydonchasidagi ishlarini samaradorligini ularning muntazam borishi va o’qituvchi nazoratiga bog’liqdir.
Maktab o’quv-tajriba uchastkasi o’simliklar ustida ko’zatish va tajriba ishlarini olib borish uchun juda muhimdir. U ochiq havodagi laboratoriya hisoblanadi. U yer da o’quvchilar o’z nazariy bilimlarini chuqurlashtiradilar, o’simlik va hayvonlarni parvarish qilish buyicha o’quv va ko’nikmalarga ega bo’ladilar, o’simliklar hayoti va rivojlanishini ko’zatish bo’yicha amaliy ishlar olib boradilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’qish davomida ma‘lum bir gul, manzarali o’simlik va mevali o’simliklarni o’stirishi bo’yicha bilimga ega bo’lishi, o’qituvchi esa ularni parvarishlash murakkabligini, ta‘lim omillarining ularga ta‘sirini, o’simlik o’stirish bilan bog’liq nazariy materialning oson yo qiyinligini hisobga olish zarur.
Tajriba yer maydonchasi bevosita maktab yaqinida bo’lishi, yer i tekis, soya tushmaydigan joyda bo’lishi talab etiladi. Uning atrofi uralgan hamda mehnat qurollarini saqlash uchun alohida kichikroq xona bo’lishi lozim. Uni muhofaza qilish biologiya o’qituvchisi zimmasiga bo’ladi.
Mashg’ulotlarni boshlash oldidan u yer da amalga oshiriladigan ishlar rejasi to’ziladi, ish natijalari va o’tkaziladigan tadbirlar aniq o’z ifodasini topadi.
O’quv-tajriba maydonchasida o’tkaziladigan ishlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) butun sinf bilan dars vaqtida o’tkaziladigan majburiy ishlar; 2) darsdan tashqari vaqtlarda bajariladigan majburiy ishlar; 3) yosh tabiatshunoslar tugaragi a‘zolarining ishlari.
1–sinfda o’quvchilar ko’z paytida daraxt, bo’ta va o’t o’simliklari bilan, ularning bargi, gulining shakllari va ranglarini xilma-xilligi bilan, qum bilan ishlatiladigan asboblar /xaskash, zambil/ bilan ishlash yo’llari bilan tanishadilar.
Bahorda esa amaliy ishlar o’tkazadilar. Ular urug’ ekish, o’simliklarni parvarishlash, sug’orish, utok qilish ishlarini bilib oladilar. Katta yoshli bolalar tuproqni ishlash, juyaklar olish ishlarini bajarsalar, 1-sinf bolalari esa urug’larni /gullar/ ekishga tayyorlaydilar va ekadilar.
2-sinf bolalar ko’zda maydonda ish paytida mehnat xavfsizligi va shaxsiy gigiyena qoidalari bilan, urug’larni yig’ish va saqlash qoidalari bilan tanishadilar. Maydonchadagi to’kilgan barglar, shoxlar va o’simlik qoldiqlarini tozalaydilar.
Bahorda esa gul manzarali va dukkakli o’simlik urug’larini ekishga tayyorlaydilar. Buning uchun sog’lom urug’larni tanlab ivitadilar, undiradilar ekadilar. Tirnoqgul, gulidovid, no’xatgul, no’xat, loviya va boshqalarni o’stiradilar. Keyin chizimcha tortib ariqcha oladilar. Yer da urug’ ekish bilan etiketka – yorliq o’rnatadilar. So’ngra o’simliklarni parvarish qiladilar. Shu paytda o’qituvchi rahbarligida quruq, ivitilgan va undirilgan urug’larni bir vaqtda ekish tajribasini o’tkazadilar. Bu bilan maysalarning chiqishi va o’simliklarni rivojlanishini aniqlaydilar va qayd qilib boradilar.
3-sinf o’quvchilari ko’zda xaskash va belko’rak bilan ishlashda mehnat xavfsizligi va shaxsiy gigiyena qoidalari bilan tanishadilar, o’simlik urug’larini yig’adilar, yer ni o’simlik qoldiqlaridan tozalaydilar, o’g’it soladilar, tuproqqa ishlov beradilar, ko’rgazma uchun materiallar tayyorlaydilar.
Bahor vaqtida ildizmeva /rediska, lavlagi, sabzi/ va bir yillik gullarning /astra, itog’iz, gultojixo’roz, xinagul/ urug’larini ekishga tayyorlaydilar. “Kuchat qalinligini ildizmevalilar hosiliga va gullarning o’sishi va rivojlanishiga ta‘siri”ni aniqlash bo’yicha tajribalar olib boradilar. Bundan tashqari, qalamchalar tayyorlab, ularni o’tkazadilar.
4-sinf o’quvchilari ko’zda hosilni yig’adilar, ularni saqlash qoidalari bilan tanishadilar, urug’lar yig’adilar, tuproqqa ishlov beradilar, daraxt va bo’talarni qishga tayyorlaydilar. Mevali daraxt va bo’talar atrofiga tuproq tashlab, o’g’it soladilar, ko’chatlar ekadilar.
Bahor paytida sabzavot, dala va gullarning unuvchanligini aniqlaydilar, /pomidor, karam, xushbo’y tamaki/ ko’chatlarini yetishtiradilar. Ko’chatlarni parvarish qiladilar. 1-sinf yer maydonchasidagi ishlarga yordam beradilar. Gulzorga urug’lar sepadilar, ko’kargan o’simliklarni oziqlantiradilar. Shuningdek, ko’p yillik gullarni parvarish qiladilar, ularni tiplarini bilish yo’li bilan ko’paytiradilar, bog’ va poliz zararkunandalariga qarshi ko’rashadilar.
O’simliklarga iqlim sharoiti ta‘sirini o’rnatadilar.
Xo’llas, jug’rofiya maydonchasi hamda o’quv-tajriba maydonchalarida amalga oshiriladigan amaliy ishlar nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lanishi, chuqurlashishi, qishloq xo’jaligi qurollari bilan muomala qilish o’quvlarini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.