Maktabgacha ta’lim metodikasi


Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə53/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o'rganish va muhofaza qilish o'simliklarni o'stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog'liq bo'lgan xilma-xil mashg'ulotlar kiradi. Bu mashg'ulotlar darslari takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlaiga asoslanishi kerak Bolalar e’tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi o'quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko'cha maktabni ko'kalamzorlashtirish, qushlami muhofaza qilish va qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo'yicha ijtimoiy-foyda mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblami o'qish bilan birga olib borihshi kerak.
Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etish shakllarini puxta o'ylab chiqish zarur. Sinfdan tashqari ishlan uch guruhga bo'lish mumkin: '
1- guruhga ko'plab o'quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar; 2- guruhga cheklangan o'quvchilar doirasida olib boriladigan to'garak ishlari; 3-guruhga tabiatni o'rganishga qiziqqan ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.Ommaviy mashg'ulotlar kinofilmlami namoyish qilish tabiatga ekskursiya va yurislar o'tkazishni, ertaliklar, o'quvchining ishlarining ko'rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek, ommaviy tadbirlar (hosil kuni, bog' haftaligi, daraxtlar o'tqazish haftaligiqushlar kuni va boshqalar)ni o'tkazishni nazarda tutadi.
Guruh mashg'ulotlariga yosh geograflar, yosh tabiatshunoshlik kabi klub ishlari kiradi.
Individual mashg'ulotlar devoriy gazetalar, albomlar chiqarishni; jonli tabiat burchagi va maktaboldi o'quv-tajriba maydonidagi, tabiatdagi ishlarni; darsdan tashqari o‘qish va axborot burchagi uchun tabiatshunoslik mazmunidagi materiallar tanlashni, bolalar ilmiy-ommabop kitoblariga taqriz yozishni o'z ichiga oladi.
Individual ishlar. Tabiatni bilishga moyillik yoki hech bo'lmaganda qiziqishga ega bo'lgan o'quvchilar bilan tabiatshunoslik bo'yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o'qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va munosabati, o'quvchilarni ergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o'ynaydi. Uning 1- sinfda kuzatishlarni qanday tashkil qilishiga, bu ishning zarurligi va muhimligini qanchalik asoslashiga, tabiatshunoslikni o'qitishni qanday yo'lga qo'yishiga o'quvchilaming bilim sifatigina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda tabiatshunoslik ishlari bilan ishlashga istaklari ham bog'liqdir.
Individual topshiriqlami bajarish tadqiqiy ish ko'nikmalarini shakllantiradi, bolalarning bo'sh vaqtlarini foydali va qiziqarli ishlar bilan to'ldiradi. Individual topshiriqlarning mazmuni o'quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O'quvchini nimaiki qiziqtirmasin — xona o'simliklarini parvarish qilishmi, hayvon va o'simliklar tasvirlangan marka yoki otkritkalarni to'plashmi, gerbariy tuzishmi, tabiatda tajribalar va kuzatishlar o'tkazishmi

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin