So’z top” o’yini. Bu o’yindan darsning hamma qismlarida foydalanish mumkin.
O’yinning o’tkazilish tartibi:
O’qituvchi o’quvchilarni guruhlarga ajratadi yoki yakka holda olib boradi;
O’yinning tartib qoidasi bilan tanishtiradi;
O’quvchi mavzuga oid so’z aytadi;
Keyingi o’quvchi so’z qaysi harf bilan tugasa shu harfdan boshlangan mavzuga oid so’zni topishi kerak. Masalan: tulki, ilon, ninachi, it, tipratikan, nortuya, yalqov, ayiq,
qarg’a, ari va hakozo. Bu usul o’quvchilarni tezkorlik bilan fikr yuritib, javob berishga hamda xotirasini mustahkamlashga yordam beradi.
“Enerjayzer” o’yini.
Bu o’yindan “Ob- havo”, “Qish”, “Yil fasllari” kabi mavzular o’tilganda foydalanish mumkin. O’quvchilar doira shaklida turib oladilar. O’qituvchi o’rtada qo’l harakati orqali tabiat hodisalarini avval sekin, so’ng tezlashgan holatda ko’rsatadi. O’quvchilar soat mili bo’ylab ushbu harakatlarni so’zsiz davom ettiradilar.
1. Shamol (qo’llar bir- biriga sekin ishqalanadi, so’ng bu harakat tezlashadi).
2. Yomg’ir (qo’llar qarsillatiladi).
3. Jala (qo’llar chirmashtirilib, yelkalarga uriladi).
4. Do’l (tizzalarga shapatilab uriladi).
5. Harakat asta sekin teskarisiga qaytariladi.
“O’z guruhingni top” o’yini. O’quvchilarga rangli buklangan qog’ozlar tarqatiladi. Ularga hayvon va parrandalar nomi yozilgan bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarga qog’ozda rasmi byerilgan hayvon yoki parranda qanday tovush chiqarsa, ular ham shunday tovush chiqarib o’z guruhini topishlarini tushuntiradi.
1. Mushuk (miyov- miyov).
2. Kuchuk (vov- vov).
3. Xo’roz (qu-qu-qu-qu).
4. Sigir (mo’-mo’).
Ko'rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil, ko'rgazmalilik bilan adashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar har xil bo'lib, bir-biriga sira o'xshamaydi. Ko'rgazmali vositalar deyarli hamma tabiatshunoslik darslarida qo'llaniladi. Ko'rgazmalilik o'quvchilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korreksiyalash) da katta ahamiyatga ega. To'g'ri qo'yilgan savol, keyinroq
esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e’tiborni jalb qiladi. Bu savollar o'quvchilarni maqsadga yo'naltirgan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash,xulosa chiqarish va umumlashtirishga da’vat qiladi.
Tabiatshunoslik darslarida qo'llaniladigan ko'igazma natural (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistemalar, mulyajlar, kino,diafilm, diapozitiv) bo'lishi mumkin.
Ko'rgazmalilikning tasviriy vositalari, jadval va rasmlar o'quvchilarga o'rganilayotgan obyektlaming tuzilishi, shakli, rangi, ularning tabiiy o'rab olgan muhiti, hayot tarzi kabilar to'g'risida tasavvurlar beradi.Boshlang'ich sinflarda jismlar, narsalar, hodisalarga oid tasavvurlarni vujudga keltirish uchun natural va tasviriy ko'rgazmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda tasviriy va simvolik (timsol) ko'rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq ko'rsatmali material orqali o'zlashtirishga qobiliyatli bo'ladi. O'qish kino va diafilmlami ko'rsatish ham ta’limning ko'rgazmalilik usuliga kiradi. Bolalar filmni ko'rish orqali filmda ko'tarilgan savollarga javob topishlari lozim.Sayohat ham ko'rgazmali usullarni tashkil qiladi. Sayohat o'qituvchi tomonidan puxta o'ylanib, yaxshi tayyorlansa va uyushtirilsa samarali natija beradi. Sayohatdan olingan taassurotlarni kuzatish natijalarini umumlashtirish juda muhim.Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o'qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlar kerak, chunki ular o'quvchilarda tabiiy jismlarni bevosita ko'rish asosida tasavvur va tushunchalar hosil qilishga imkon beradi (har bir o'quvchi tabiiy material bilan mustaqil ishlay olishi uchun uni yetarli miqdorda-o'quvchilar soniga qarab to'plash kerak).
Qabul qilish uchun teri sezgisi, hid bilish, maza sezishni talab qilmaydigan yirik jismlarni o'qituvchi uzoqdan turib namoyish etadi.
Yirik o'simliklar, masalan, makkajo'xori, pomidor, poliz ekinlari (o'simlik barg, ildiz, mevalari bilan) yoki hayvonlar, parrandalar (mushuk, qush va boshqalar) shunday ko'rsatilishi mumkin.
Narsani o'quvchilarning barchasi yaxshi ko'rishlari uchun u sinf doskasiga o'qituvchi stoli balandligida o'matiladi. Tirik hayvonlarni namoyish qilish o'quvchilarga faqat ularning tashqi ko'rinishi haqidagina emas, balki harakati, qiliqlari, ovozi va hokazolar haqida ham tasavvur hosil qilish imkonini beradi, bu tasawurlar ancha to'liq va ravshan bo'ladi.
Kuzatishlarga yaxshiroq rahbarlik qilish uchun o'qituvchi o'quvchilar oldiga kuzatilayotgan jismning katta-kichikligi, shakli, rangi, jonli bo'lsa, yuz asosiy qismlari, harakatlanish usuli haqida,shuningdek, boshqa narsalarga o'xshashligi va ulardan farqiga oid yo'naltiruvchi savollar qo'yadi.
Suratlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o'qitishda o'qituvchi o'quvchilarga ular hali ko'rmagan ko'pgina obyekt va hodisalar to'g'riisda ma’lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham, agar u yaxshi surat ko'rsatilmasa, yetarli, to'liq va yorqin tasawurlar bera olmaydi. Faqat suratlami diqqat bilan ko'rib chiqish orqali tabiiy holdagi jism bilan tanishishdagiga yaqin keladigan taassurotlami hosil qilish mumkin.Tabiatshunoslik darslarida ko'pincha devoriy suratlar ishlatiladiki,ular bo'yicha sinf o'quvchilarining barchasi ishtirokida ish olib boriladi. Yirik suratlar bo'lmasa, kichikroq suratlardan foydalanish mumkin, ularni har bir o'quvchiga ko'rsatish kerak o‘qituvchi qaysi turdagi surat bilan ishlamasin, uning maqsadi -suratning tabiatshunoslik mazmunini ochib berish, bolalarda tabiatshunoslik bilimlarining manbai sifatida undan foydalana olish uquvini hosil qilishdir. Bu haqda oldingi sahifalarda ham fikr yuritdik. Darsning tuzilishi va suratning mazmuniga qarab, undan turlicha foydalaniladi. Surat o'qituvchi hikoyasining tasviri bo‘Iib xizmat qilishi mumkin. Bunda uning tafsilotlariga to'xtash shart emas, chunki u hikoyadan olinadigan taassurotni susaytiradi. Suratning mazmunidan bu holatda faqat bayonning eng muhim ma’nosi bilan bog'liq holda foydalaniladi.Surat, shuningdek, suhbatning boshlanish qismi ham bo'lishi mumkin. Bu holda o'qituvchi darsni suratni ko‘rib chiqish bilan boshlaydi va suhbat jarayonida o'quvchilarni uning tabiatshunoslik mazmunini o'zlashtirishga olib keladi. Bunda o'quvchilarning ko‘proq faolligiga yerishish kerak. Ular suratda tasvirlangan obyektlami faqat ko'rish bilan qabul qilib qolmasdan, balki ularning ayrim tomonlarini solishtirishlari, ilgarilariga taqqoslashlari va surat mazmunidan baholi qudrat xulosalar chiqarishlari kerak.Darslikdagi mavzular matnini muhokama qilish jarayonida ham suratlar ko‘riladi, bu o'qilganlami yaxshiroq tushunish va eslab qolishga yordam beradi. Shuningdek, suratlardan materialni takrorlash va mustahkamlashda keng foydalaniladi.