Maktabgacha ta’lim metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə48/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Bolachalar shoxchalarda
O’yinning didaktik vazifasi.
Bir o’simlikka tegishli qismlarni tanlash.
O’yin harakatlari.
O’z juftini qidirish.
O’yinning sharti.
Faqat ruxsat byerilgandan keyin o’z juftini qidirish mumkin.
O’yinning borishi.
Bolalar ikki guruhga bo’linadilar. Birinchi guruhdagilarga barg (“shoxchalar), ikkinchi guruhdagilarga sabzavotlar (“bolacha”lar) tarqatiladi. “Bolacha” lar, o’z “shoxcha”laringizni topinglar!” deyilgandan so’ng. har kim o’z juftini qidiradi, ya’ni juftdagi ikki bola qo’lidagi narsalar bir o’simlikka tegishli bo’ladigan holda turib olishlari kerak. O’yin to’g’ri yoki noto’g’ri o’ynalganligi “sehrli darvoza”da tekshiriladi. (O’qituvchi va bir o’quvchi yoki ikki o’quvchi tekshiradi). Bunda juftlar topshiriqni xato bajargan bo’lsa, “Sehrli darvoza” yopiladi, ya’ni ko’tarib turilganqo’llar pastga tushiriladi.. o’yin takrorlanganda, bolalar qo’llaridagi burglar va mevlarni almashtiradilar.
Bu qanday o’simlik?” o’yini
Buyumni ta’riflash, shunga asosan uning nima ekanini topish.
O’yin harakatlari.
O’simliklar haqida topishmoqlar aytish va ularga javob toppish.
O’yinning sharti.
O’simlikni kelishilgan izchillikda ta’riflash. Farq qiladigan belgilari ta’riflangandan keyingina uning nomini aytish.
O’yinning borishi.
O’simliklar odatdagi joylarida turibdi. O’qituvchi bolalarning biriga o’simliklardan birini tanlab, ta’riflashni aytadi. Bolalar bu ta’rifni eshitib, ushbu o’simlikning nomini aytishlari kerak.
Nima qayerda yashaydi?” o’yini
O’yinning didaktik vazifasi.
O’simliklarni tuzilishiga ko’ra guruhlarga ajratish.
O’yin harakatlari.
Tulkidan qochish.
O’yinning sharti.
Ruxsatdan keyin, yashirinish uchun joy qidirish.
Kerakli narsalar: tulki, quyon va olmaxon maskasi.
O’yinning borishi.
O’yin sayohatga chiqilganda olib boriladi. O’qituvchi o’yin sharti bilan tanishtiradi: “sizlar quyon va olmaxonlar, yana biringiz tulki bo’lasiz, olmaxon va quyonlar yashirinishlari uchun o’zlariga joy topishi kerak”. O’yin vaqtida o’qituvchi olmaxonlar daraxtlarga, quyonlar butalar orasiga yashirinishlarini uqtiradi. Tulki tayinlanadi. O’qituvchining “tulki kelyapti” deb ovoz berganidan keyin olmaxonlar daraxtlarga quyonlar butalarga qarab yuguradilar. Buni noto’g’ri bajarganlarni tulki tutib oladi.
Mevali savat” o’yini
Barcha o’quvchilar stollarga o’tirib oladilar. O’qituvchi yoki biror o’yin boshlovchi 3 ishtirokchidan qaysi mevalarni yaxshi ko’rishlarini so’rab bilib oladi. Va har bir o’quvchiga shu mevalarning nomini beradi. Har bir meva uchta kishini nomini bildirishi kerak. Keyin yetakchi ushbu mevalardan birining nomini aytadi, shu nom ostidagilar joylarini almashtiradilar. Joy yetmagan o’quvchi o’yinni davom ettiradi. Agar yetakchi “Mevali salat” desa, hamma o’z joyini o’zgartirishi kerak. O’yin o’quvchilar o’rtasidagi to’siqlarni olib tashlashga, ularni birlashtirishga xizmat qiladi.
Rasmli rebus” o’yini.
Bu usul orqali o’quvchilar topqirlik va hozirjavoblikka o’rganadilar. O’tkazilish tartibi:
 O’quvchilar guruhlarga ajratiladi;
 O’yin sharti bilan o’quvchilar tanishtiriladi;
 O’quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi;
 Rasmlar nomining bosh harflaridan hayvon yoki qushlar nomini keltirib chiqaradilar; Masalan: it, laylak, ohu, ninachi- ILON.
Tabiatshunoslik darslarini ana shunday o’yin va mashqlar orqali tashkil etilsa, o’quvchilar faolligi oshadi.
Kim tez bajaradi” o’yini.
O’tkazilish tartibi:
 O’quvchilar guruhlarga ajratiladi;
 Har bir guruhga hayvonlar yoki qushlar rasmi teskari qilib beriladi;
 O’yin sharti tanishtiriladi;
Vaqt belgilanadi;
 Belgilangan vaqt ichida o’quvchilar hayvon yoki qushlarni yovvoyi yoki uy hayvonlari guruhlariga ajratadilar;
 G’olib guruh aniqlanadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin