Maktabgacha ta’lim metodikasi


Kerakli asbob va materiallar



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə36/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Kerakli asbob va materiallar: Darslik va o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matni, daftar, ruchka, qalam, o’chirg’ich, xarita, boshlang’ich sinf darsliklari, videoproektor, monitor,ko’rgazmalar.


Kerakli asbob va materiallar: Darslik va o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matni, daftar, ruchka, qalam, o’chirg’ich, xarita, boshlang’ich sinf darsliklari, videoproektor, monitor,ko’rgazmalar.
O’quv jarayonida ko’rgazmali metoddan foydalanish, bilimlarni puxta o’zlashtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik printsipi bilan bog’langanda yanada kengayadi va takomillashadi.
Ma’lumki, ko’rgazma vositalar o’quv jarayonida turli didaktik maqsadlar bilan qo’llaniladi, xususan, o’qitish vositasi sifatida metodik qo’llanma, og’zaki metodda bilish imkoniyatini kuchaytiruchi, amaliy ishlarda fikr uyg’atuvchi vosita sifatida qo’yiladi.
Ko’rgazmali metodning esa vazifasi boshqacha bo’lib, o’quv jarayonida o’quvchilar qarab turib, predmetlarni kuzatib va idrok qilib, sezgi organlari yordamida jism yojarayonlar haqida m’lum axborotga ega bo’ladilar, ularni taqqoslash va farqiy belgilarini topish asosida fikrlaydilar, shu asosida muayyan bilimlar shakllanadi, keyinchalik so’zlar, ko’rsatish va tushuntirish orqali qayta ishlanadi, fikrlaydilar.
Ko’rgazmali metod, shu bilan belgilanadiki, ularni qo’llash asosida yangi bilimlar olish maqsad qilib qo’yiladi. Bu jarayonda o’quv filmlaridan, diafilm va diapazitivlarning axborot matnlari (ostidagi sur’at) yozuvlar yangi bilimlar egallash uchun bilimlar manbai bo’lib izmat qiladi. Ko’pchilik tabiatshunoslik darslarida tabiiy jismlarda va turli xil kartina va jadvallar yoki b. namoyish qilinadi.
O’quvchilar esa o’qituvchi tomonidan qo’yilgan ko’rgazma vositalarning kuzatish asosida (topishi) byerilgan topshiriqqa asoslanib, javoban fikrlaydilar, tahlil qiladilar, so’ngra xulosa chiqaradilar. Har qanday holatda ham ko’rgazma vositalar qo’llanilganda bolalarning faol idrok etishlari va fikrlashlari ko’zda tutiladi, shuning uchun ham ular oldida aniq bilish vazifasi qo’yiladi. Unda jsmlar va jarayonlarni kuzatish, qarab chiqish va namoyon bo’lgan borliq va jarayonlarni o’rgatish ko’rsatilishi lozim.
Kuzatish va o’rgatish holati frontal, guruh yoki yakka tartibda o’tkazilishi mumkin.
Tabiatshunoslik darslarida tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishga katta e’tibor beriladi. Bu bolalarga faqat ularni hajmi, shakli va boshqa belgilari haqida tasavvur qilibgina qolmay, shu bilan birga o’zlashtirish jarayonini tezlashtiradi va faollashtiradi. O’quvchilar tirik o’simlik va hayvonlar, shuningdek, gerbariylar tulumi-chuchelalar va sut emizuvchilarning ayrim vakillarini amaliy ahamiyat va ularni muhofaza qilish bilan ham tanishadilar. Shu bois o’qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida diqqat bilan jismlarni ajratadi, ularni yaxshi namoyish qilinishi mumkinligini kuzda tutardi. Bu paytda asosiy didaktik talab o’quvchilarni o’rganadigan jismning barcha belgi va xususiyatlarini ko’zdan kechirishlaridir, ya’ni yaxshi ko’rishlari hisoblanadi.
Shu maqsadda namoyish qilinayotgan jismmaxsus stolda-o’rtada qo’yilishi va atrofidan yetarlicha yorug’lik tushishi lozim. Buning uchun stol lampasi yoki boshqa yoritgichdan foydalanish lozim. Kichikroq hajmli jismlarni esa o’qituvchi partalar orasida yurib ko’rsatishi darkor.
Ko’rgazmali metodning asoiy turlari kuzatishdir. Kuzatish atrofidagi borliqning, jism va hodisalarning rejali, maqsadga yo’nalgan, ongli qabul qilishdir.
Kuzatishda 2 belgi mavjuddir. Aniq maqsad qo’yilishi hamda diqqatni kuzatish ob’ektga qaratilishi lozim.
O’qituvchi kuzatishni tashkil qilib, bolalarni unga safarbar qilishi, kuzatiladigan jismlarning muhim belgilarini ajratib ko’rsatish zarur. O’quvchilar kuzatilayotgan ob’ektini Xarakterli belgilarini bilib olishga harakat qiladilar. Chunonchi, bolalar chinor bilan zarangni bargina, ularning ranglarini taqqoslaydilar, ularning farqiy tomoni va umumiy belgilarini aniqlaydilar: zarangli shumtol, chinor, tol, Terak, sada qayrag’och mevalarini qarab chiqib, ular o’zaro nima bilan farq qilinishini, ularning qarab chiqib, ular o’zaro nima bilan farq qilinishini, ularning shakli ringini faq qilishini, ularning shakli rangini aniqlaydilar. Maktab oldi maydonchada o’simlik urug’larini ekib, bolalar urug’lar o’simta hosil qilishi, birinchi, ikkinchi barglarni qanday hosil bo’layotgani o’simliklarning rivojlanish jarayonlarini kuzatadilar.
Kuzatishning ahamiyati shundaki, borliqni kuzatish, o’zaro taqqoslash, o’xshashlik va farqiy belgilarini aniqlash, bolalar tafakkuri diqqati va irodasini rivojlanishga dunyoviy, ularni saralari haqidagi bilimlarni egallashga yordam beradi.
Kuzatishlar ikki xil bo’ladi: qisqa muddali va uzoq muddatli.
Qisqa muddatli kuzatishlar bir necha mnutdan to 2-3 soatgacha davom etadi. Bu paytda biror narsani idrok qilish yoki qabul qila olish bilan belgilanadi. Hayvonlarning ko’pi, toshbaqa, ilon, qurbaqa, ninachi, kapalak, qushlar tuzilishi va harakati kuzatiladi.
Uzoq muddatli kuzatishlar uzoq vaqt talab qiladi yoki vaqt oraliqlari bilan bo’linadi, lekin uzluksiz jarayonni hosil qilgan hodisalarni o’z ichiga oladi. Xususan, o’simliklarning o’sishi, barglar rangini o’zgarishi, qushlarning uchib ketishi yoki kelishi, urug’lar unib toki meva hosil qilish jarayonigacha bo’lgan davrdagi o’zgarishlar kuzatilib, qayd qilib boriladi, to’plangan ma’lumotlar taqqoslanadi, umumlashtiriladi va ulardan muayyan xulosalar chiqariladi. Uzoq muddatli chiqish sabablarini aniqlashga esa yordam beradi. Kuzatishlar o’lkashunoslik arkTeriga ega bo’lishi kerak.
Ko’rgazmali metodni amalga o shirishda ko’rgazma vositalar asosiy o’rin tutadi.
Ko’rgazma vositalar ikki guruhga bo’linadi, tabiiy va tasviriy.
Tabiiy ko’rgazma qurollar tabiat jismlaridir. Ular xona o’simliklari, daraxt shoxlari, barglar, gullar, mevalar, urug’lar, ildizlar, gerbariylar, urug’lar kollektsiyalari, guldastalar va meva sabzavotlar xo’l preparatlaridir.
Hayvonlar bo’yicha esa hayvonlarning tirik namunalari, tulumlari, skeletlari, hashoratlar kollektsiyalari. (Mulyajlar, modellar, rasmlar, gulqog’ozlar, xo’l preparatlar va hokazo).
Jonsiz tabiatdagi tabiiy materiallar granit, kvarts, dala shpati, moy, qum, kaltsiy, marmar, ohak, tosh, tuzlar, osh tuzi, toshko’mir, temir, mis rudalar, tuproq, suv va b.
Bolalarning bevosia ko’rib qabul qilish imkoni bo’lmagan jismlar tasviriy ko’rgazmalar orqali yetkaziladi. Ular maxsus magazinlarda sotiladi. Xususan, II-IV sinflarda uchun maxsus syeriyali rasmlar “Uy hayvonlari”, “Hayvonot dunyosi”, “O’lkamiz o’simliklari” deb nomlangan rasmlar majmuasi. Mulyajlar, modellar, rasmlar, ekran qo’llanmalari, tasviriy ko’rgazmalardir.
Mashg’ulotlar jarayonida bevosita kuzatuv asosida predmet va hodisalar o’rtasidagi aloqalarni anglaydilar. Masalan, kurtakdan barg, tut ipak qurtining faoliyatidan ipak hosil bo’lish jarayonlari bilib olinadi. O’quvchilar uchun o’lkashnoslik kuzatuvlariga asoslangan bilimlar amaliy ahamiyat kasb etadi. Juda murakkab va tushunarli bo’lmagan xodisa va narsalarni tanlash darkor emas. Bu o’quvchilar qiziqishini so’ndiradi.
Tabiatshunoslik darslarining mazmuni ko’rgazmali vositalardan foydalangan holda o’quvchilarda mustaqil bilim olishga qaratilgan. Dars jarayonida bolalar ko’rgazma vositalarni ko’zdan kechiradilar, ularni qismlarini tahlil qiladilar, o’zaro taqqoslaydilar va nihoyat o’shashlik tomonlari va farqiy belgilarini aniqlaydilar. Ko’z bilan ko’rib, tafakkur faoliyati yordamida hosil qilingan bilimlar puxta va o’zoq vaqt xotirada saqlanadi. Ayni paytda o’qituvchining o’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishi, yangi bilimlarni qiynalmay o’zlashtirishlari uchun yaratadi.
Ko’rgazmali metodning qo’llanishini mohityai shundaki, o’quvchilar mazkur ko’rgazmalardan o’z o’rnida foydalangan holda ular haqida ya’ni tabiat jismlari va hodisalariga doir yangi bilimlar hosil qilishdan iborat. Chunonchi, o’simlik dunyosining xarakteriga qarab joyda mo’ljal olish; kuzatish asosida hayvon va o’simliklarning xo’lq atvoriga, tabiatdagi o’zgarishlariga qarab ob-havoning o’zgarishini oldindan aytib berish tabiiy materiallardan foydalana olish o’quvlari hosil qilinadi.
1-3 sinflardagi kuzatishlardan o’quv ishlarining xilma-xil shakllarida dars amaliy mashg’ulotlarda, sayohatlarda tirik tabiat burchagi va o’quv-tajriba uchastkasidagi mustaqil mashg’ulotlarda uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak.
Tabiiy materiallarini mustaqil ravishda o’rganayotganda bolalarning kuzatuvchanligi va diqqa e’tibori rivojlanadi. Bu paytda o’qituvchi kuzatishning to’liq rejasini berish hamda o’rganilayotgan jismning belgi va xususiyatlarini qanday aniqlshni ko’rsatish kerak.
Kuzatuvchanlikni rivojlantirishda karta ham katta rol o’ynab, kartada sayohat o’yinlarini o’tkazish, o’rganish asosida shartli kartagrafik belgilarni izchil o’zlashtiriladi.
3-sinf o’quvchilari yashab turgan tabiati va odamlar mehnatini kuzatishi natiasida “Tabiat va mehnat kalendar” ni to’ldiradilar. Bu esa tabiatdagi o’zgarishlarni o’rganishda muhim o’rin tutadi Dars – o’quvchining sinf bilan olib boradigan ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishning asosiy shaklidir. Dars butun ta’lim-tarbiya tizimida, o’qitishning metodlari, uslublar va vositalar kompleksi amalga oshadi.
Maqsadi va mazmuni jihatdan har xil bo’lgan darslar turlicha sxemada tuzilishi mumkin. Odatda dars quyidagicha sxemada tuziladi:
1.Tashkiliy qism.
2.Uy vazifalarining bajarilishini tekshirish.
3.Yangi materialni o’rganish.
4. Darsda o’rganilgan materialni tekshirish va mustahkamlash.
5. Qiziqarli materiallardan foydalanish.
6. Uyga vazifa berish.

Tabiatshunoslik darsini didaktik maqsadga ko’ra turli tiplarga ajratish mumkin:


--- birlashtirilgan (aralash) dars;
--- yangi material o’rganiladigan dars;
--- mustahkamlash darsi;
--- predmetli dars;
--- o’quv uchastkasida o’tkaziladigan dars;
--- maktab jo’g’rafiya maydonchasida o’tkaziladigan dars;
--- takrorlovchi va umumlashtiruvchi dars.
Tabiatshunoslik darslariga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagi vazifalardan kelib chiqadi: o’quvchilarni tabiatdagi umumiy o’zgarishlar to’g’risida, o’z o’lkasining tabiati tog’risida, vatanimiz tabiatining xilma-xilligi to’g’risida, yer ning shakli va relyefi to’g’risida, odam organizmi va uning salomatligini muxofaza qilish tog’risida bilimlar bilan qurollantirish; botanika, jo’g’rafiya, yuqori sinflarda anatomiya bo’yicha o’quv materialini o’zlashtirib olishga tayyorlashga yordam byeruvchi puxta o’quv va ko’nikmalarini shakllantirish; o’qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish; tabiatshunoslik o’rganishda qiziqishni shakllantirish.
Tarbiatshunoslik darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy bilishini ta’minlaydi.
Ayniqsa tabiatshunoslik darslari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material bo’ladi.
Tabiatshunoslik darslariga qo’yiladigan didaktik talablarga darsga ajratilgan vaqtdan oqilona foydalanish, dars mavzusi maqsadi va vazifalarini to’g’ri
qo’yish bilan ta’milanadi. Dars vazifalarini belgilash, o’qituvchi uning muvofiqroq strukturasini tanglashga kirishadi, ya’ni so’rash, tushuntirish, mustahkamlash, yangi va ilgari o’zlashtirilganliklarini nazorat qilish, bilimlarini umumlashtirish va sistemalashtirishlarini qanday izchilikda o’tkazish kerakligini, so’rashning qaysi turidan yakka yoki frontal so’rashdan foydalanilishini o’ylab chiqadi.
Psixologik talablar: Tabiatshunoslik darsining plan va konspektini tuza turib, o’qituvchi har bir o’quvchining psixologik xususiyatlarini; uning tipini; tanib, olish, eslash, yod olish, fikrlarni tiklash, diqqatning mavjudligini, xayolini, irodasini, hissiy faolligini hisobga olishi kerak.
Sanitar-gigiyenik talablar: Sinfda tegishli harorat tartibini, yoritish normasini va boshqa gigiyenik talablarga rioya qilish bolalar salomatligining garovidir. Shuning uchun ham o’qituvchi ularga rioya qilishini kuzatib borishi bolalarning va jismoniy va aqliy jihatdan charchab qolmasliklariga yerishishi kerak. Aqliy jihatdan charchasni oldini olish uchun o’quv ichidagi bir xillikdan, bayonni bir ohangda bo’lishidan extiyot bo’lish; nazariy materialni bir xil sezgi organlarini ishga jalb qilish imkonini byeruvchi amaliy topshiriqlar bilan almashtirib borish kerak.
Ko’rgazmali metod asosida uyushtirilayotgan darslarda bolalar diqqatiga havola qilish qisqa muddatli, diqqatni jalb qiluvchi tajribalarga ham e’tibor qaratiladi.
Tajriba-o’quvchilar uchun qiziqarli va atrof-muhitni bilib olishning samarali usulidir. Kichik, qisqa muddatli tajribalarning targ’ib topishida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. U mantiqiy tafakkur va nutqni o’stirishda, tabiatning ichki muhim sirlarini ochishda o’ziga xos o’ringa ega. Ularning natijajasi ularoq bolalar yangi bilimlarga ega bo’ladilar.
Xulosa qilib atganda, darslarni ko’rgazmali metodda tashkil qilish, rangini dunyoni turli-tuman shakl, hajm, ranglar jilosi, voqeliklarning o’zaro o’zviy bog’liqligi sabab va oqibat jarayonlarini his qilish, idork etish, faktlarga tayanib tafakkur yoritish, xulosalar chiqarish, shu asosda dunyoviy bilimlarni egallashdek maqsadli vazifani hal qilinishida salmoqli o’rin tutadi. Masalan, itning qaysi ovqat turini yashi ko’rishini aniqlash uchun 3 ta qog’ozga 3 xil ovqat-non, go’sht, konfet o’rab oldiga tashlanadi. It qaysi qog’ozni oldida tezroq boradi? Aniqlab, xulosa chiqariladi.
1. Amaliy metodlar, ularning ta‘rifi.
2. Amaliy metodning turlari.
3. Kuzatish, laboratoriya ishlari.
4. Amaliy ish va tajribalarning o’quvchilar bilimini chuqurlashtirishdagi o’rni.

Amaliy metodning ta‘rifi va ahamiyatini yoritish; amaliy metodning turlari. Amaliy metodning qo’llash jarayoni; tajribalar; turlari; kundalik kuzatish daftarini to’ldirish; amaliy ishlarda priborlarning tutgan o’rni (Termometr, kompas, gnomon tayoqcha, globus va bosh.).


Amaliy metod o’quv jarayonida o’quvchilarning turli-tuman faoliyatini yo’naltirish bilan belgilanadi. Bu reja ishlab chiqish, jism bilan tanishish topshiriqlari fikrlash natijalarini rasmiylashtirish, bajarilgan ishga yakun yasash. Ushbu metod predmet, jism va tabiat hodisalarini eng yaxshi yo’l bilan o’rganish mumkinligidan juda keng qo’llaniladi.
Amaliy metod og’zaki va ko’rgazmali metod bilan uzviy bog’langan (ko’rsatish, oldinda turgan ish bo’yicha o’qituvchining tushunchasi). Biror amaliy ishdan boshlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilar oldida topshiriq qo’yadi va uni bajarish yo’li haqida ko’rgazma beradi. Topshiriqni muammoli tarzda bo’lgani ma‘qul.uni yechish jarayonida bilim bilan birga o’qituvchining amaliy ishi va mantiqiy tafakkuri uyg’unlashib ketadi. Bilimlarni o’zlashtirishda o’quv jarayonini amaliy tarzda uyushtirish o’quvchi mustaqilligi va ijodiy fikrlashini faollashtiradi. Amaliy ishlar jarayonida faol o’zlashtirilgan bilimlar yengil va ongli bo’lib qolmay ancha mustahkam bo’ldi. Amaliy metod shu paytda qo’llaniladiki, qachonki faol amaliy va fikrlash faoliyati natijasida yangi bilimlar olish zarurati tug’ilganda. Shuningdek, faqat yangi bilimlar hosil qilish emas, shu bilan birga ularni yangi vaziyatda qo’llay olish o’quvchi yoki amaliy ko’nikmasi hosil bo’lishiga yerishish lozim.
Amaliy metodning bir necha turlari mavjud: kuzatish laboratoriya tajribalari; tirik mavjudotlarni aniqlash va tavsiflash ishlari; priborlar bilan ishlash; tirik tabiat burchagida va o’quv tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin