Maktabgacha ta’lim metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə37/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Hikoya. o’quvchilarga bilim berishning yetakchi metodi o’qituvchining jonli so’zi - hikoyasidir. U o’qish kitoblarini o’qish, obyekt, jism va hodisalarni namoyish qilish, o’qitishning texnika vositalaridan foydalanish, o’quvchilar oldiga savollar qo’yish, badiiy adabiyot o’qish va boshqalar bilan uyg’unlashadi. Hikoya o’qituvchi shaxsiga bog’liq, shuning uchun u juda katta imkoniyatlarga ega.
O’qituvchi hikoyasi tasviriy, hissiy va izchil bayondir. Hikoyada izchillikka qafiy rioya qilgan holda o’qituvchi har xil usul va mantiqiy ishlashning uslublari (tahlil, taqqoslash, umumlashtirish)ni qo’llaydi, o’quvchilarga to’g’ri tuzilgan bayonning namu-nasini beradi.
Tabiatshunoslik darslarida tabiatdagi biror hodisa yoki voqea, eng katta kashfiyotlar tarixi, olimlarning (biografiyasi) hayot faoliyati kishilarning o’simlik va hayvonot dunyosini o’zlashtirish hamda qayta tiklash bilan bog’liq bo’lgan ijodiy faoliyati to’g’risida gap boiganda qo’llaniladi. Qator hollarda o’qituvchining darsdagi hikoyasi o’zining sujet yo’nalishi va obrazliligi bilan murakkab bo’lmagan ilmiy asarlarga yaqinlashib ketadi. O’qituvchi materialni aytib berish yo’li bilan o’quvchilar ongida yorqin manzara qoldirish, ezgu tuyg’ularni uyg’otish, murakkab fikrni to’la mantiqiy rivojlantirish uchun ular oldiga savollar qo’yadi.
Aytib berish bayonning shunday turiki, unda aniq fakt, voqea, jarayon yoki harakatlar haqida tushunarli, ravon gapirib beriladi. Hikoya shohid (sayyoh, yosh tabiatshunos, sayohatchi, biror kashfiyotning ishtirokchisi va boshqalar) nomidan olib boriladi.
Ta 'riflash - borliq jismlari va hodisalarining (foydali qazilmalar, o’simlik va hayvonot dunyosining), u yoki bu tabiiy zona iqlimining. xususiyatlarini izchil bayon qilishda qo’llaniladi.
Xarakterlash ta'riflashning bir ko’rinishidir, u jism (narsa) yoki hodisaning belgi va xususiyatlarini sanab o’tishdan iborat (tog’lar, daryolar, tabiiy zonalar xarakteristikasi).
Tushuntirish - bayonning bir ko’rinishi, unda yangi tushun-chalar, atamalar ochib beriladi, sabab-oqibatlar bog’lanishi, tobelik belgilanadi, ya'ni u yoki bu hodisaning mantiqiy tabiati (masalan, nima uchun tundrada tun uzun, kun qisqa bo’lishi, nima uchun kun va tun, yil fasllari almashib turishi) ochib beriladi. Tushuntirishdan barcha darslarda foydalaniladi, ko’pincha u muhokama qilish bilan uyg’unlashadi.
Muhokama qilish - bayon qilish bo’lib, unda o’quvchilarni xulosa va xotimaga olib keluvchi qoida hamda isbotlarning izchil rivojlanishi beriladi. Hikoyaning bu shaklidan o’rganilayotgan hodisani (masalan, o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarishiga iqlimning ta'siri, suv, metallning xususiyatlari) tahlil qilish zarur bo’lganda foydalaniladi.
Hikoyaning yuqorida qayd etilgan xillaridan tabiatshunoslik darslarida ular bir-biriga uyg’unlashtirilgan holda foydalaniladi. o’qituvchi dars materialini qay tahlit bayon qilmasin, didaktik ma'no o’quvchilarga ilmiy umumlashtirilgan bilirnlarning faol byerilishi o’shanday qolavyeradi.
Hikoyaning har qanday xili ushbu didaktik talablarga:
1) tanlangan materialning ilmiyligi va yuqori g’oyaviyligiga;
2) mantiqiy izchillik va isbotlanuvchanligiga;
3) o’quvchilar uchun aniq, ravon va tushunarli bo’lishligiga;
4) o’qituvchi nutqining tasviriy va hisobiy bo’lishligiga javob berishi kerak.
1-2- sinflarda hikoyaning davomiyligi 5-8, 3-4- sinflarda esa 10-12 daqiqadan oshmasligi lozim. Hikoya jarayonida o’zlashtirishning faollashishiga yordam byeruvchi didaktik uslublardan foydalanish zarur.
I. Dars mavzusini bildirish. Yangi mavzuni bayon qilish oldidan o’quvchilarga yechimi yangi bilimlar uchun zarur bo’lgan masala taklif qilinadi va u shu darsda o’rganish obyekti bo’lib qoladi, ya'ni muammoli vaziyat; “qiyinlashish vaziyati” vujudga keltiriladi. Yangi materialni o’rganish tajriba o’tkazish, shuningdek, tabiatda o’tkazilgan kuzatishlarni tahlil qilish bilan boshlanadi.
III. O’quvchilar e'tiborini faollashtiruvchi savollarni bayon davomida berib borish.
IV. O’quvchilarning idrok qilish faoliyatlarini faollashtiruvchi taqqoslash (masalan, dala, cho'l, dasht, o’rmonlarning o’simlik va hayvonot dunyosini taqqoslash va hokazolar).
V. Yangi materialni bayon qilish davomida ilgari o’rganilgan mavzular turmush bilan, amaliyot bilan (masalan, “Skelet”, mavzusini “Mushaklar” mavzusi bilan, jonajon o’lka tabiatini har xil zonalar tabiati mavzusi) bilan aloqasini turmushda, maliyotda o’iganish. Hikoyaga maqol, iziqarli material yoki kitob o’qish epizodini kiritish. o’qituvchi hikoyasini tegishli maqolani o’qigandan keyin yoki undan oldin boshlashi mumkin. Qo’shimcha
materialdan foydalanish hikoyani boyitadi va konkretlashtiradi. Hikoya davomida foydalanilgan maqol, matal va topishmoqlar darsni boyitib, bayon qilayotgan materialni o’quvchilar tomonidan qabul qilib olinishini osonlashtiradi.
Ko’rgazmalilik (surat, jadval, texnika vositalari)ni qo’llash. Hikoya davomida ko’rgazmalilikning har xil vositalaridan foydalanish o’quvchilarda aniq tasavvurlar hosil bo’lishiga, o’iganilayotgan materialga diqqat va qiziqishni quvvatlashga, uni puxta o’zlashtirilishiga yordam beradi. Sxemalar, jadvallar,
tajribalar, doska va daftardagi (atama) va xulosalar o’quv materialini o’zlashtirilishini yengillashtiradi.
Qayd etilgan bu didaktik uslublardan foydalanish o’quvchilar aqliy faoliyatini maksimal faollashtirish uchun yetarli emas. Bu vazifani bajarishga muammoli bayon qilish yordam beradi, u o’quvchilarning mustaqil faoliyatiga asoslanadi, o’qituvchi tomonidan qo’yilgan masala va muammolarni hal etishdan iborat bo’ladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin