Maktabgacha ta’lim metodikasi


-MAVZU. TABIATSHUNOSLIKNI O‘QITISH METODLARI



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə4/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

2-MAVZU.
TABIATSHUNOSLIKNI O‘QITISH METODLARI.


REJA:
1. Ko’rgazmali metodlar ta’rifi.
2. Ko’rgazmali tamoil bilan ko’rgazmali metodning tafovuti.
3. Kuzatish-ko’rgazmali metodning turidir.
4. Ko’rgazma vositalarning guruhlari.
5. Ko’rgazmali metodning o’quv jarayonidagi o’rni.


Tayanch so’z : ko’rgazmali metod ta’rifi; ko’rgazmali tamoyildan farqi; ko’rgazmali metod turlari: ko’rgazmali vositalar guruhlari; tajribalar, ularning mohiyati; ko’rgazmali metodning ahamiyati.

O’quv jarayonida ko’rgazmali metoddan foydalanish, bilimlarni puxta o’zlashtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik printsipi bilan bog’langanda yanada kengayadi va takomillashadi.


Ma’lumki, ko’rgazma vositalar o’quv jarayonida turli didaktik maqsadlar bilan qo’llaniladi, xususan, o’qitish vositasi sifatida metodik qo’llanma, og’zaki metodda bilish imkoniyatini kuchaytiruchi, amaliy ishlarda fikr uyg’atuvchi vosita sifatida qo’yiladi.
Ko’rgazmali metodning esa vazifasi boshqacha bo’lib, o’quv jarayonida o’quvchilar qarab turib, predmetlarni kuzatib va idrok qilib, sezgi organlari yordamida jism yojarayonlar haqida m’lum axborotga ega bo’ladilar, ularni taqqoslash va farqiy belgilarini topish asosida fikrlaydilar, shu asosida muayyan bilimlar shakllanadi, keyinchalik so’zlar, ko’rsatish va tushuntirish orqali qayta ishlanadi, fikrlaydilar.
Ko’rgazmali metod, shu bilan belgilanadiki, ularni qo’llash asosida yangi bilimlar olish maqsad qilib qo’yiladi. Bu jarayonda o’quv filmlaridan, diafilm va diapazitivlarning axborot matnlari (ostidagi sur’at) yozuvlar yangi bilimlar egallash uchun bilimlar manbai bo’lib izmat qiladi. Ko’pchilik tabiatshunoslik darslarida tabiiy jismlarda va turli xil kartina va jadvallar yoki b. namoyish qilinadi.
O’quvchilar esa o’qituvchi tomonidan qo’yilgan ko’rgazma vositalarning kuzatish asosida (topishi) byerilgan topshiriqqa asoslanib, javoban fikrlaydilar, tahlil qiladilar, so’ngra xulosa chiqaradilar. Har qanday holatda ham ko’rgazma vositalar qo’llanilganda bolalarning faol idrok etishlari va fikrlashlari ko’zda tutiladi, shuning uchun ham ular oldida aniq bilish vazifasi qo’yiladi. Unda jsmlar va jarayonlarni kuzatish, qarab chiqish va namoyon bo’lgan borliq va jarayonlarni o’rgatish ko’rsatilishi lozim.
Kuzatish va o’rgatish holati frontal, guruh yoki yakka tartibda o’tkazilishi mumkin.
Tabiatshunoslik darslarida tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishga katta e’tibor beriladi. Bu bolalarga faqat ularni hajmi, shakli va boshqa belgilari haqida tasavvur qilibgina qolmay, shu bilan birga o’zlashtirish jarayonini tezlashtiradi va faollashtiradi. O’quvchilar tirik o’simlik va hayvonlar, shuningdek, gerbariylar tulumi-chuchelalar va sut emizuvchilarning ayrim vakillarini amaliy ahamiyat va ularni muhofaza qilish bilan ham tanishadilar. Shu bois o’qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida diqqat bilan jismlarni ajratadi, ularni yaxshi namoyish qilinishi mumkinligini kuzda tutardi. Bu paytda asosiy didaktik talab o’quvchilarni o’rganadigan jismning barcha belgi va xususiyatlarini ko’zdan kechirishlaridir, ya’ni yaxshi ko’rishlari hisoblanadi.
Shu maqsadda namoyish qilinayotgan jismmaxsus stolda-o’rtada qo’yilishi va atrofidan yetarlicha yorug’lik tushishi lozim. Buning uchun stol lampasi yoki boshqa yoritgichdan foydalanish lozim. Kichikroq hajmli jismlarni esa o’qituvchi partalar orasida yurib ko’rsatishi darkor.
Ko’rgazmali metodning asoiy turlari kuzatishdir. Kuzatish atrofidagi borliqning, jism va hodisalarning rejali, maqsadga yo’nalgan, ongli qabul qilishdir.
Kuzatishda 2 belgi mavjuddir. Aniq maqsad qo’yilishi hamda diqqatni kuzatish ob’ektga qaratilishi lozim.
O’qituvchi kuzatishni tashkil qilib, bolalarni unga safarbar qilishi, kuzatiladigan jismlarning muhim belgilarini ajratib ko’rsatish zarur. O’quvchilar kuzatilayotgan ob’ektini Xarakterli belgilarini bilib olishga harakat qiladilar. Chunonchi, bolalar chinor bilan zarangni bargina, ularning ranglarini taqqoslaydilar, ularning farqiy tomoni va umumiy belgilarini aniqlaydilar: zarangli shumtol, chinor, tol, Terak, sada qayrag’och mevalarini qarab chiqib, ular o’zaro nima bilan farq qilinishini, ularning qarab chiqib, ular o’zaro nima bilan farq qilinishini, ularning shakli ringini faq qilishini, ularning shakli rangini aniqlaydilar. Maktab oldi maydonchada o’simlik urug’larini ekib, bolalar urug’lar o’simta hosil qilishi, birinchi, ikkinchi barglarni qanday hosil bo’layotgani o’simliklarning rivojlanish jarayonlarini kuzatadilar.
Kuzatishning ahamiyati shundaki, borliqni kuzatish, o’zaro taqqoslash, o’xshashlik va farqiy belgilarini aniqlash, bolalar tafakkuri diqqati va irodasini rivojlanishga dunyoviy, ularni saralari haqidagi bilimlarni egallashga yordam beradi.
Kuzatishlar ikki xil bo’ladi: qisqa muddali va uzoq muddatli.
Qisqa muddatli kuzatishlar bir necha mnutdan to 2-3 soatgacha davom etadi. Bu paytda biror narsani idrok qilish yoki qabul qila olish bilan belgilanadi. Hayvonlarning ko’pi, toshbaqa, ilon, qurbaqa, ninachi, kapalak, qushlar tuzilishi va harakati kuzatiladi.
Uzoq muddatli kuzatishlar uzoq vaqt talab qiladi yoki vaqt oraliqlari bilan bo’linadi, lekin uzluksiz jarayonni hosil qilgan hodisalarni o’z ichiga oladi. Xususan, o’simliklarning o’sishi, barglar rangini o’zgarishi, qushlarning uchib ketishi yoki kelishi, urug’lar unib toki meva hosil qilish jarayonigacha bo’lgan davrdagi o’zgarishlar kuzatilib, qayd qilib boriladi, to’plangan ma’lumotlar taqqoslanadi, umumlashtiriladi va ulardan muayyan xulosalar chiqariladi. Uzoq muddatli chiqish sabablarini aniqlashga esa yordam beradi. Kuzatishlar o’lkashunoslik arkTeriga ega bo’lishi kerak.
Ko’rgazmali metodni amalga o shirishda ko’rgazma vositalar asosiy o’rin tutadi.
Ko’rgazma vositalar ikki guruhga bo’linadi, tabiiy va tasviriy.
Tabiiy ko’rgazma qurollar tabiat jismlaridir. Ular xona o’simliklari, daraxt shoxlari, barglar, gullar, mevalar, urug’lar, ildizlar, gerbariylar, urug’lar kollektsiyalari, guldastalar va meva sabzavotlar xo’l preparatlaridir.
Hayvonlar bo’yicha esa hayvonlarning tirik namunalari, tulumlari, skeletlari, hashoratlar kollektsiyalari. (Mulyajlar, modellar, rasmlar, gulqog’ozlar, xo’l preparatlar va hokazo).
Jonsiz tabiatdagi tabiiy materiallar granit, kvarts, dala shpati, moy, qum, kaltsiy, marmar, ohak, tosh, tuzlar, osh tuzi, toshko’mir, temir, mis rudalar, tuproq, suv va b.
Bolalarning bevosia ko’rib qabul qilish imkoni bo’lmagan jismlar tasviriy ko’rgazmalar orqali yetkaziladi. Ular maxsus magazinlarda sotiladi. Xususan, II-IV sinflarda uchun maxsus syeriyali rasmlar “Uy hayvonlari”, “Hayvonot dunyosi”, “O’lkamiz o’simliklari” deb nomlangan rasmlar majmuasi. Mulyajlar, modellar, rasmlar, ekran qo’llanmalari, tasviriy ko’rgazmalardir.
Mashg’ulotlar jarayonida bevosita kuzatuv asosida predmet va hodisalar o’rtasidagi aloqalarni anglaydilar. Masalan, kurtakdan barg, tut ipak qurtining faoliyatidan ipak hosil bo’lish jarayonlari bilib olinadi. O’quvchilar uchun o’lkashnoslik kuzatuvlariga asoslangan bilimlar amaliy ahamiyat kasb etadi. Juda murakkab va tushunarli bo’lmagan xodisa va narsalarni tanlash darkor emas. Bu o’quvchilar qiziqishini so’ndiradi.
Tabiatshunoslik darslarining mazmuni ko’rgazmali vositalardan foydalangan holda o’quvchilarda mustaqil bilim olishga qaratilgan. Dars jarayonida bolalar ko’rgazma vositalarni ko’zdan kechiradilar, ularni qismlarini tahlil qiladilar, o’zaro taqqoslaydilar va nihoyat o’shashlik tomonlari va farqiy belgilarini aniqlaydilar. Ko’z bilan ko’rib, tafakkur faoliyati yordamida hosil qilingan bilimlar puxta va o’zoq vaqt xotirada saqlanadi. Ayni paytda o’qituvchining o’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishi, yangi bilimlarni qiynalmay o’zlashtirishlari uchun yaratadi.
Ko’rgazmali metodning qo’llanishini mohityai shundaki, o’quvchilar mazkur ko’rgazmalardan o’z o’rnida foydalangan holda ular haqida ya’ni tabiat jismlari va hodisalariga doir yangi bilimlar hosil qilishdan iborat. Chunonchi, o’simlik dunyosining xarakteriga qarab joyda mo’ljal olish; kuzatish asosida hayvon va o’simliklarning xo’lq atvoriga, tabiatdagi o’zgarishlariga qarab ob-havoning o’zgarishini oldindan aytib berish tabiiy materiallardan foydalana olish o’quvlari hosil qilinadi.
1-3 sinflardagi kuzatishlardan o’quv ishlarining xilma-xil shakllarida dars amaliy mashg’ulotlarda, sayohatlarda tirik tabiat burchagi va o’quv-tajriba uchastkasidagi mustaqil mashg’ulotlarda uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak.
Tabiiy materiallarini mustaqil ravishda o’rganayotganda bolalarning kuzatuvchanligi va diqqa e’tibori rivojlanadi. Bu paytda o’qituvchi kuzatishning to’liq rejasini berish hamda o’rganilayotgan jismning belgi va xususiyatlarini qanday aniqlshni ko’rsatish kerak.
Kuzatuvchanlikni rivojlantirishda karta ham katta rol o’ynab, kartada sayohat o’yinlarini o’tkazish, o’rganish asosida shartli kartagrafik belgilarni izchil o’zlashtiriladi.
3-sinf o’quvchilari yashab turgan tabiati va odamlar mehnatini kuzatishi natiasida “Tabiat va mehnat kalendar” ni to’ldiradilar. Bu esa tabiatdagi o’zgarishlarni o’rganishda muhim o’rin tutadi.
Ko’rgazmali metod asosida uyushtirilayotgan darslarda bolalar diqqatiga havola qilish qisqa muddatli, diqqatni jalb qiluvchi tajribalarga ham e’tibor qaratiladi.
Tajriba-o’quvchilar uchun qiziqarli va atrof-muhitni bilib olishning samarali usulidir. Kichik, qisqa muddatli tajribalarning targ’ib topishida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. U mantiqiy tafakkur va nutqni o’stirishda, tabiatning ichki muhim sirlarini ochishda o’ziga xos o’ringa ega. Ularning natijajasi ularoq bolalar yangi bilimlarga ega bo’ladilar.
Xulosa qilib atganda, darslarni ko’rgazmali metodda tashkil qilish, rangini dunyoni turli-tuman shakl, hajm, ranglar jilosi, voqeliklarning o’zaro o’zviy bog’liqligi sabab va oqibat jarayonlarini his qilish, idork etish, faktlarga tayanib tafakkur yoritish, xulosalar chiqarish, shu asosda dunyoviy bilimlarni egallashdek maqsadli vazifani hal qilinishida salmoqli o’rin tutadi. Masalan, itning qaysi ovqat turini yashi ko’rishini aniqlash uchun 3 ta qog’ozga 3 xil ovqat-non, go’sht, konfet o’rab oldiga tashlanadi. It qaysi qog’ozni oldida tezroq boradi? Aniqlab, xulosa chiqariladi.
1. Amaliy metodlar, ularning ta‘rifi.
2. Amaliy metodning turlari.
3. Kuzatish, laboratoriya ishlari.
4. Amaliy ish va tajribalarning o’quvchilar bilimini chuqurlashtirishdagi o’rni.

Amaliy metodning ta‘rifi va ahamiyatini yoritish; amaliy metodning turlari. Amaliy metodning qo’llash jarayoni; tajribalar; turlari; kundalik kuzatish daftarini to’ldirish; amaliy ishlarda priborlarning tutgan o’rni (Termometr, kompas, gnomon tayoqcha, globus va bosh.).


Amaliy metod o’quv jarayonida o’quvchilarning turli-tuman faoliyatini yo’naltirish bilan belgilanadi. Bu reja ishlab chiqish, jism bilan tanishish topshiriqlari fikrlash natijalarini rasmiylashtirish, bajarilgan ishga yakun yasash. Ushbu metod predmet, jism va tabiat hodisalarini eng yaxshi yo’l bilan o’rganish mumkinligidan juda keng qo’llaniladi.
Amaliy metod og’zaki va ko’rgazmali metod bilan uzviy bog’langan (ko’rsatish, oldinda turgan ish bo’yicha o’qituvchining tushunchasi). Biror amaliy ishdan boshlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilar oldida topshiriq qo’yadi va uni bajarish yo’li haqida ko’rgazma beradi. Topshiriqni muammoli tarzda bo’lgani ma‘qul.uni yechish jarayonida bilim bilan birga o’qituvchining amaliy ishi va mantiqiy tafakkuri uyg’unlashib ketadi. Bilimlarni o’zlashtirishda o’quv jarayonini amaliy tarzda uyushtirish o’quvchi mustaqilligi va ijodiy fikrlashini faollashtiradi. Amaliy ishlar jarayonida faol o’zlashtirilgan bilimlar yengil va ongli bo’lib qolmay ancha mustahkam bo’ldi. Amaliy metod shu paytda qo’llaniladiki, qachonki faol amaliy va fikrlash faoliyati natijasida yangi bilimlar olish zarurati tug’ilganda. Shuningdek, faqat yangi bilimlar hosil qilish emas, shu bilan birga ularni yangi vaziyatda qo’llay olish o’quvchi yoki amaliy ko’nikmasi hosil bo’lishiga yerishish lozim.
Amaliy metodning bir necha turlari mavjud: kuzatish laboratoriya tajribalari; tirik mavjudotlarni aniqlash va tavsiflash ishlari; priborlar bilan ishlash; tirik tabiat burchagida va o’quv tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar.
Kuzatish – bu tabiatdagi predmet va hodisalarni maqsadga yo’nalgan holda idrok qilishdan iborat bo’lib, ularning umumiy va farq qiluvchi belgilarini qonuniyatlari aniqlanadi. Kuzatish jarayonida o’quvchilarda kuzatuvchanlik ko’nikmalari shakllanadi. Kuzatish ilmiy metod hisoblanadi, qaysiki o’quvchilar ancha murakkab ilmiy –tadqiqot ishlarini – tajribalarini qo’yishga, o’tkazishga tayyorlanadilar. Kuzatishda o’qituvchi tomonidan aniq vazifa qo’yilgan bo’ladi.
Kuzatishlar yakka, guruh hamda frontal shakllarda o’tkaziladi.
K.D. Ushinskiy, V.P. VaxTerov, L.S. Sevruk, A.Ya. Gyerd kuzatishga katta e‘tibor bergan edilar. A.Ya. Gyerd o’zining “Maktabda tirik hayvonlar” nomli kitobida o’quvchilarni kuzatishlar asosidagi harakatlari tadqiqot o’quvchi haqida o’quv va amaliy topshiriqlarni mustaqil yechish ko’nikmasi bilan qurollanishini ta‘kidlaydi. Kuzatishlar natijasida 2-3-4 sinflarda “Kuzatishlar kundaligi” daftari to’ldiriladi, savollarga javob yoziladi. O’simliklarning o’sish, rivojlanish, gullash va hosil berish jarayonlari kuzatiladi.
Tajribalar: -o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan jism va hodisalar qonuniyatlarini aniqlanadi. Buning uchun unga yangi sharoit yaratib, ta‘sir qilinadi. O’quvchilarda bu paytda yangi tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi.
Tajriba materialistik dunyoqarashni shakllantirishda, mantiqiy tafakkur va nutqni o’stirishda katta ahamiyatga ega. Ular yordamida mavhum tushunchalar oydinlashadi, noma‘lum voqeliklarning sirlari ochiladi. Masalan, haroratning o’zgarishiga qarab Termometr, simob ustini harakatlantirishini va yana harorat ta‘siridagi suvning bir agregat holatida, ikki holatga o’tishini faqat tajriba vositasida aniqlab o’rganiladi.
Oddiy tajribalar uy sharoitida murakkablari esa o’qituvchi tomonidan dars jarayonida amalga oshiriladi. Bu paytda o’quvchilar kuzatish jarayonini fahmlash, uni natijalarini ta‘riflashga o’rganishlari bilan qimmatlidir.
O’quvchilar daryoda quyoshning yer ga nisbatan holatida qarab kuzda sovib borishini bilib olishlari kerak. Uning sababini o’quvchilar quyidagi tajribadan bilib oladilar, yonib turgan shamga ingichka qog’oz tasmacha tutiladi. Bitta tasmacha shamning tepasida, 2 si esa shamda sal uzoqroqda ushlab turiladi. O’quvchilar qog’oz tasmalarning qaysisi oldin yopilganligini aytishlari va nima uchun shundayligini tushuntirishlari kerak. O’quvchilar bu tajribani yoz va kuzda quyosh nurining yor yuzasini isitishini tushuntirishga yordam berishini payqashlari kerak.
Tajriba asosida o’quvchilar kuzda quyosh yer ustida kun sayin pasaya borishi to’g’risida xulosa chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari yer yuzasiga siyg’anib o’tadi va havoni isitmaydi. Shu bois kuzda sovuq tusha boshlaydi.
Darsni mustahkamlash uchun o’qituvchi va o’zlari o’tkazgan tajribalarni rasmini chizish yoki ta‘riflab yozish, ba‘zan uni ham buni ham ta‘riflab yoziladi.
4-sinfda “Ko’p yillik manzarali va piyozli sabzavot o’simliklarni ekish muddatlarining gullash muddati va mo’lligiga ta‘siri” mavzusida tajriba o’tkaziladi.
Buning uchun mazkur o’simliklarni o’quv-tajriba uchastkasida ekib, o’quvchilar tajriba va kontrol o’simliklarni o’sishini parallel holda kuzatib boradilar, ularni o’zaro taqqoslaydilar, ish natijalarini qayd qilib boradilar, rasmini chizadilar, daftarga o’z xulosalarini yozadilar, farqlarini belgilaydilar. Mavzuni o’rganishdan oldin bu tajriba o’tkazilganda bolalar materialni chuqurroq o’zlashtiradilar.
Tajriba paytida muammoli vaziyat yaratish uchun: buni qanday isbotlash kerak?, qanday aniqlash kerak?, siz hozir nimani ko’rayapsiz?. Bu jarayonlarni qanday tushuntirish mumkin?, nima uchun siz shunday hisoblaysiz?. Tajriba tugagach, o’quvchilar ishonchli xulosalar chiqaradilar.
4-sinfda “Tuproq, uning tarkibi, tuproq turlari”, mavzularini o’rganishda laboratoriya tajribalarni o’tkazish o’quvchilar bilimini chuqurlashtiradi. Har bir zveno qumli, loyli qoratuproqli va buz va boshqa turdagi tuproqlar ustida tajriba o’tkazadi. Tuproqning o’simliklarga ahamiyati haqida suhbat o’tkaziladi va bilish vazifasi qo’yiladi: “yomg’irdan keyin ayrim joylarda suv tezda surilib ketadi, boshqa joyda esa uzoq vaqt saqlanib qoladi va ko’lmak hosil bo’ladi, keyinchalik esa tuproqda paydo bo’ladi. Nima uchun shunday bo’lishini tajriba orqali tushuntiring. Qaysi tuproq suvni yaxshi o’tkazishini tajribada isbotlang”.
O’quvchilar yozma holda topshiriq oladilar:

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin