Sinov savollari: 1. Ta’lim jarayonida tajriba va amaliy darslar qanday ahamiyatga ega?
2. Tajriba deganda nimaga aytiladi?
3. Oddiy va murakkab tajribalarning bir-biridan farqi nimada?
4. Amaliy ishlarga tayyorlanishning bosqichlarini sanang.
5. Amaliy ishlarning asosiy turlari nimalardan iborat?
6. Sinfda bajariladigan amaliy mashg’ulotlarga nimalar kiradi?
7. Ekskursiyalarda qanday amaliy ishlar bajariladi?
8. Amaliy ishlar qanday tartibda olib boriladi?
9. Eksperiment nima?
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nuriddinova M.I.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T., 2005.
2. Bahramov A.,“Tabiatshunoslik.”Darsligi3-sinf.T:.“Cho’lpon” nashriyoti. 2014.
3. Bahramov A., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 4-sinf. T:. “Sharq” nashriyoti 2014.
4. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T. 1992.
5. PakulovaV.M., Kuznetsova M.I.Metodika prepodavaniya prirodovedeniya.M., 1990.
5-Ma’ruza:Tabiatshunoslikni o‘qitishda zamonaviy pedagogik (didaktiko‘yinli, hamkorlikda o‘qitish, muammolli, modulli ta'lim ) va axborot texnologiyalaridan foydalanish. Reja: 1. Tabiatshunoslikni o’qitilishida moddiy bazaning ahamiyati.
2. Tabiatshunoslikni o’qitishda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish.
3. Tabiatshunoslikni o’qitishda didaktik-o’yinli, hamkorlikda o’qitish, muammolli, modulli ta'lim va axborot texnologiyalaridan foydalanish .
Tayanch iboralar:moddiy baza, tabiiy ko’rgazmali qurollar, xarita, globus, proektsion apparatlar,didaktik o’yin, hamkorlikda o’yin, modulli ta’lim texnologiyasi O’qitishda diafilm va kinofilmlar, teleko’rsatuvlar va o’qitishning boshqa texnika vositalari tobora keng qo’llanilmoqda. Har qaysi ko’rgazmali qurollar muayyan maqsadni ko’zlab qo’llaniladi. Tabiiy qurollar - bu tabiat jismlaridir. Ular o’rganilayotgan material to’g’risida ancha haqiqiy tasavvurlar beradi va bolalarda bevosita qabul qilish asosida tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo’lishiga imkon beradi. Shunga ko’ra sinfda yoki tabiatshunoslik kabinetida jonli tabiatni o’rganish uchun har xil xona o’simliklari, shuningdek o’z joylarining daraxtlari uchun xos bo’lgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urug’lar bo’lishi zarur. Tabiatshunoslik darslarida jonli tabiat burchagida o’stirilayotgan o’simliklardan, shuningdek , gerbariy va ekskursiyadan olib kelingan o’simliklardan foydalaniladi. Tabiatni o’rganishda o’tkaziladigan darslar vaqtida va ekskursiyalarda tabiiy sharoitlardagi jonli tabiat ob’ektlaridan foydalaniladi. Shuningdek, tabiiy ob’ektlardan hayvonlarni o’rganishda ham foydalanish ma’qul. Garchi ko’pgina hayvonlarni bolalarga sinfda (jonli tabiat burchagida) ko’rsatish mumkin bo’lsa ham ekskursiyalarga alohida etibor berish kerak bo’ladi, chunki bunda o’quvchilar faqat ularning tashqi ko’rinishini ko’rishgina emas, balki xarakterli harakatlari va xulq-atvorlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Tirik hayvonlar bo’lmaganda ularning chuchelalari (tulumlari), mulyajlari yoki fotosuratlari va rasmlaridan foydalanish mumkin. Biroq ular to’g’risida tirik hayvonlarni tabiiy sharoitlarda ko’rsatuvchi kinofilmlar ancha qiyinroq tasavvurlar beradi. Jonsiz tabiatni o’rganishda ham tabiiy tarqatma materiali, masalan, har xil rangdagi granit, slyuda, kvarts, dala shpati, loy, qum, kaltsit (bor, marmar, ohak tosh), tuz (o’g’itlash uchun), tosh tuzi va kaliy tuzi, har xil toshko’mir, temir, mis rudalarining namunalari, shuningdek metallar hamda qotishmalar (temir, cho’yan, po’lat, alyuminiy), tuproq namunalari va boshqalar bo’lishi kerak. Bolalarda bevosita qabul qilish mumkin bo’lmagan tabiat jismlari va hodisalari to’g’risida aniq va to’g’ri tasavvu rlar hosil qilish uchun ko’rsatiluvchi qurollardan foydalaniladi. Tabiatshunoslik kursini o’rganish uchun zarur bo’lgan ko’pchilik ko’rsatuv jihozlari maxsus do’konlarda sotiladi. Chunonchi, 3-4 sinflarda tabiatshunoslikni o’rganish uchun “Jonajon o’lka tabiati” turkumidagi jadvallar chiqarilgan. Tabiatshunoslik bo’yicha devoriy o’lkashunoslik suratlaridan, shuningdek zoologiya faniga oid jadvallardan foydalanish mumkin, ular tabiatning o’lkashunoslik ob’ektlari to’g’risida tasavvur va tushunchalar -shakllantirishga yordam beradi. 2-3 sinflar uchun tabiatshunoslik bo’yicha chiqarilgan turli mavzudagi jadvallardan, shuningdek, “Tabiiy o’simliklar”, “Madaniy o’simliklar”, “Uy hayvonlari”, “Hayvonlarning xilma-xilligi” mavzularini suratlar turkumidan foydalanilgan holda ham o’rganish mumkin. 1-4 sinflarda bosma rasmlari, ularni ifodalovchi matnlari, o’quvchilar uchun savol va topshiriqlari bo’lgan “Kuzatishlar kundaliklaridan foydalanish zarur”. Kuzatishlar kundaligi bilan o’quvchilar faqat sinfdagina emas, balki uyda ham ishlaydilar. Kundaliklaridagi muntazam yozuvlar o’quvchilarga o’z kuzatishlarini tahlil qilishga, tabiat hodisalari o’rtasidagi sabab bog’lanishlarni, shuningdek , tabiat va odamlar mehnatining o’zaro aloqasini aniqlashga yordam beradi. Xarita va globus. O’quvchilar 4-sinfda xarita va globus to’g’risida dastlabki tasavvurlarni oladilar, shuning uchun sinfda O’zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, yarim sharlar tabiiy xaritasi, tabiiy zonalar xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi bo’lishi kerak. Shuningdek atrof joyning shartli belgilariga ega bo’lgan yirik masshtabli rejasi va o’quvchilar yashayotgan hamda o’qiyotgan shahar yoki aholi punktining rejasidan ham foydalaniladi. O’quvchilarning sinfda va uyda individual ishlashlariga mo’ljallangan.“Bizning vatanimiz” atlasi, shuningdek 4-sinf uchun kontur xaritalar keng qo’llaniladi. Sinfdagi ishda diametri 42,5 sm li katta globusdan, individual ishda esa diametri 15 sm li globusdan foydalaniladi. Proektsion apparatlar. Proektsion apparatlarga shishadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan proektsion chiroq, tiniq pardadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan kadaskop va filmoskoplar kiradi. Sanoatimizda tayyorlangan maktab proektsion apparatlari maxsus qo’llanma bilan ta’minlangan. Darsda diapozitivlarni namoyish qilishdan oldin o’qituvchi qo’llanma mazmuni bilan tanishishi va mavjud apparatlar bilan ishlash uslublarini amaliy ravishda egallagan bo’lishi kerak. Tabiatshunoslik darslarida kodoskop ham qo’llaniladi, unda fabrika usulida bajarilgan tiniq pardada chizilgan maxsus transporantlar va shuningdek yasama qurollar (rangli sxemalar), rasmlar, kesmalar yonidan ko’rinishlar va boshqa qurollar qo’llaniladi. Transporant shu bilan qulayki, u har xil jarayonlarni (masalan, ko’lni o’t bosishi, manbalar, ya’ni buloqlar hosil bo’lishi, tabiatda suvni doira bo’ylab aylanishi va bosh.) dinamikada (harakatda) ko’rsatish imkonini beradi. Bunday samaraga transporant kadrlarni izchillik bilan qo’yib borish bilan erishiladi. Kodoskop bevosita apparat stolchasida odatdagi flomaster, sharikli ruchka yoki qalam bilan tiniq pardada chizilgan har qanday rasm, sxema yon ko’rinishini ekranda ko’rsatishga imkon beradi. Ekran qurollari (diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar) mustaqil rolni yoki asosiy to’ldiruvchisi sifatida yordamchi rolni bajarishi mumkin. Ekran qurollari devoriy suratlar kabi zaruriyatga qarab namoyish qilinadi. Bir darsning o’zida 5 -6 kadrdan foydalanish tavsiya qilinadi. Ayrim hollarda 10 tacha kadrlardan foydalansa bo’ladi. Ular hujjatli, ko’rinishli yoki multifikatsiyalashgan bo’lishi mumkin. Ulardan maqsadga yo’nalgan holda foydalanish zarur. Ekran qurollarining kadrlarini e’tibor bilan ko’rish lozim, lekin uzoq vaqt emas, chunki bunda plyonka va oyna qizib ketadi va shakli o’zgarishi yoki yorilib ketishi mumkin. Bundan tashqari yorug’lik surati kuchli ta’sirlovchi sifatida ko’rish organini tezda charchatadi va shuning uchun ham tezda o’quvchilarning me’dasiga tegadi. Murakkab kadrlardan foydalanishning eng ko’p vaqti 1-2 minut. Agar darsning maqsadi o’tilganlarni takrorlash bo’lsa, unda yorug’lik suratlarining (kadrlarining) soni 20-25 gacha ko’paytirilishi mumkin. Esda tutish kerakki, ko’rsatilgan suratni o’quvchilarning o’zlari tushuntirishlari kerak. Faqat o’quvchi ko’rganlarini noto’g’ri tushuntirayotganda, mavzudan chetlaganda, muhimlarini ko’rmagandagina o’qituvchining aralashuviga yo’l qo’yiladi.Tajribalar o’tkazish uchun jihozlar. Tajribalar va laboratoriya mashg’ulotlari uchun (darslarda va yosh tabiatshunoslar to’garagida) maxsus jihozlar: o’lchov asboblari, lupa, laboratoriya uskunalari, idishlar, materiallar, yordamchi asboblar kerak. O’lchov asboblariga har xil suyuqliklarning muayyan hajmini o’lchash uchun menzurkalar, termometrlar va shu kabilar kiradi. Jihozlarni ko’rgazmali qurollar do’konlaridan sotib olish mumkin. Ayrim asboblarni o’quvchilarning o’zlari tayyorlashlari mumkin. Laboratoriya uskunalariga laboratoriya shtativlari, uchoyoqlar, spirt lampalari, asbeslangan to’r, probirka qo’yadigan shtativlar, qisqichlar, shuningdek idishlar (probirkalar, shisha voronkalar, kolbalar), oq shisha pufakchalari, idishlar to’plami - choy stakanlari, lampochkalar va boshqalar kiradi. Didaktik o’yin texnologiyalari, hamkorlikda o`yin tashkil etish va modulli ta’lim texnologiyasi Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash avvalo pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishni talab etadi. Chunki pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishni amalga oshirmay turib qo’llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya o'zida falsafa, psixologiya va pedagogikaning insonparvarlik g‗oyalarini mujassamlashtiradi. Ushbu pedagogik texnologiya diqqat markazida o’z imkoniyatlarini maksimal darajada amaliyotga qo'llaydigan, ijodiy va ijtimoiy faol, turli hayotiy vaziyatlarni anglab, tahlil qiladigan, mo’ljalni ongli ravishda mustaqil, to’g‗ri ola oladigan shaxsni shakllantirish g'oyasi turadi. Mazkur texnologiyaning asosiy jihati har bir shaxsda mavjud bo’lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida shaxsda ijobiy fazilat va xislatlarni shakllantirish va rivojlantirish sanaladi. Shu sababli ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo’naltirilgan gimanistik g’oya va me’yorlarni o’zida mujassamlashtirgan bo`lishi lozim. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo’lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‗amxo’rlik, o'quvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod qilishi va o’z-o’zini rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratiladi. Mazkur jarayonda o’quvchi o’z o’quv faoliyatining sub’yekti sanaladi va o’qituvchi bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’yekti o’quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etadi. Pedagogning o’quvchi shaxsiga bo’lgan insonparvarlashtirilgan munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg‗urishi, bolalarga ishonchining yuqoriligi, o’zaro hamkorlikning vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo’lishi, o’quvchilarni to’g‗ridanto’g‗ri majburlashdan voz kechish va aksincha ijobiy rag‗batlantirishning ustunligi tufayli ta’lim jarayonidan ko`zlangan maqsadga erishish, bolalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo’lish, ularni bartaraf etishning eng samarali yo’llarini qo’llashda namoyon bo’ladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish o’qituvchi o’quvchilarning fuqarolik huquqlarini tenglashtirish, o’quvchilarga tanlash huquqining berilishi, o’z fikri va nuqtai nazarini erkin bayon etish, bu borada xatoga yo’l qo’yishi mumkinligi, Didaktik о'yin texnologiyalari. Ta’lim-tarbiya jarayonida didaktik o’yin texnologiyalari didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. O’quvchilarning bilim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg‗unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deyiladi. Didaktik o’yinli darslar mazmuni va mohiyatiga ko’ra: syujetli rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferensiyalar, o’yin mashqlarga ajratiladi. Har bir didaktik o’yinli darsda o’yin syujeti, borishi, o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan rollar, vazifalar o’quvchilarda muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish muloqot va nutq madaniyatini taqozo etadi. O’quvchilarining yoshlik va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tabiatshunoslikni o’qitishda ijodiy o’yinlardan «Shakli o’zgargan yer osti novdalar», «Tugunak va ildizpoyalar» mavzularni o’rganishda foydalaniladi. Muayyan mavzular yakunida mazmunga bog‗liq holda o’yin, mashqlar, botanik diktantlar, krossvordlar berildi. Ijodiy o’yinlar, o’yin mashqlaridan samarali va o’z o’rnida foydalanish o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va dars samaradorligini orttirishda muhim rol o’ynaydi.