Maktabgacha ta’lim metodikasi


Turli xil tarbiyaviy tadbirlarda o’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish usullari



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə16/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Turli xil tarbiyaviy tadbirlarda o’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish usullari.
Mamlakatimiz kelajagi bo'lgan yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda ta'lim-tarbiyaning uzluksizligini ta'minlash va uni tizim shaklida tashkil etish asosiy masalalardan biridir. Shuningdek,boshlang'ich sinflarda tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlarga e'tiborni kuchaytirish bilan ham ta'lim- tarbiya jarayonining uzviyligiga erishiladi. Darsdan va sinfdan tashqari ta'lim- tarbiyaviy ishlarda o’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya'ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg'otish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to'ldirishdan iboratdir. Xuddi dars jarayonida bo'lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda ham sinf o'qituvchisining vazifasi mas'uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas'uliyat ulardan doimiy ravishda o'z ustida ishlash, ijodiy mehnatni talab qiladi. Boshlang'ich sinf o’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish faoliyatini tashkil qilishga yo'naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy xususiyati — o'quvchini ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iboratdir. O'quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa, bular orqali bilimi va ma'naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o'quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini o'stirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg'ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalar qo'yiladi. Ularning har biri o'ziga xos belgilar, bir-biridan farq qiluvchi shakllar, vositalar, ijodiy mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari ta'lim-tarbiyaviy ishlar o'qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko'rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo'lishi lozim.
Boshlang'ich sinflarda tashkil etiladigan ta'lim-tarbiyaviy o'quvchilik davr, ya'ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan kunlaridan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 2 sentabr, Kuz bayrami, Konstitutsiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, mashhur allomalarning tug'ilgan kunlari, 8 mart, Navro'z bayrami, gullar, mehrjon, hosil bayramlari kabilar. Mana shunday bevosita o'quvchilarda vatanga e'tiqod tushunchasini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu uchun xalq og'zaki ijodi, badiiy adabiyot namunalari muhim manba hisoblanadi.
O’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish ta'lim-tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda quyidagi pedagogik talablarga amal qilishi kerak:
o'quvchining yoshi, ruhiy holatiga mos bo'lishi;
darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi;
aniq maqsad vareja asosida uyushtirilishi;
tadbir orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarida jamoatchilik, uyushqoqlik, o'zaro yordam kabi axloqiy sifatlar tarkib topishi lozim.
Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
T adbirni rejalashtirish.
Tadbir yuzasidan o'quvchilarga tushuncha berish.
Tadbirni tashkil qilish jarayonida sinf o'quvchilarining barchasi ishtirok etishini ta'minlash.
O'quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishlarni taqsimlash.
Tadbirni amalga oshirish.
Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.
Bosqichlarning har biri o'qituvchi tomonidan oldindan chuqur o'rganilgan bo'lishi lozim. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi metodik tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik:
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinfdan tashqari tadbirlariga rahbarlik qilishda, avvalo milliy qadriyatlar, ularning ahamiyatliligi, ijtimoiy xarakteriga e'tibor berish kerak (masalan, ertak va maqollar vositasida; tarixiy mavzular yoki milliy bayramlar: «Navro'z», «Mustaqillik kuni», «Bilimlar kuni» va shu kabilar).
Yaxshi ishtirok etgan o'quvchilarni sinf va maktab jamoasi oldida rag'batlantirish.
Darsdan tashqari orqali o'quvchi shaxsidagi axloqiy sifatlarni rivojlantirish yo'llarini izlash.
Sinfdan tashqari mashg'ulotlarga rahbarlik qilishda milliy qadriyatlar ta'sirida ba'zi o'quvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bartaraf qilib borish.
Mazkur ishlarni amalga oshirishda har bir boshlang'ich sinf o’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishda, eng avvalo, tashkil qilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chuqur o'rganishi, uning natijalariga jiddiy e'tibor berishi va bu bilan o'quvchi shaxsiga ijobiy ta'sir etishga intilmog'i, vatanga e'tiqod, milliy g'urur, vatan ravnaqi uchun xizmat qilish, qolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yo'llarini izlamog'i lozim. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida vatanga e'tiqodni shakllantirish jarayonini yanada takomillashtirish, o'quvchilarni milliy qadriyatlar bilan chuqurroq tanishtirish, ularning darsda olgan bilimlarini amalda mustahkamlash maqsadida turli ertaliklar, kechalar, bellashuvlar o'tkazishni maqsadga muvofiq deb bildik. Buning uchun, avvalo o'zbek xalqining milliy qadriyatlari, bayramu sayillar va urf-odatlari haqida bolalarda tushuncha hosil qilish, vatan haqidagi she'rlarni yod oldirish, o'quvchilarning o'zlari chizgan vatan manzarasi tasvirlangan suratlar namoyishini tashkil qilish, milliy urf-odatlar aks etgan ko'rinishlarni tayyorlash bilan ertaliklarga tayyorgarlik ko'riladi. Milliy bayramlarni boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan birgalikda nishonlash, avvalo o'quvchilarda ona-Vatan, tabiat va jonzotlarga nisbatan mehr-muhabbat, g'urur va iftixor hissini shakllantiradi.
Bu kabi tarbiyaviy ishlar natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining so'z boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda olgan bilimlari mustahkamlanadi, bunday ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Xuddi shunday ijobiy sifatlarni boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarkib toptirishda ertaliklarning o'z o'rni bor. Ertaliklar bolalar uchun juda qiziqarli, ta'lim-tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan vositalaridan biridir. Ertaliklarda deyarli barcha sinf o'quvchilari ishtirok etadi. Ertaliklarga tayyogarlik jarayonining o'ziyoq bolalarda qiziqishni uyg'otadi. Bolalar ertalik munosabati bilan milliy qadriyatlarimiz namunalari bo'lmish topishmoq, maqol, tez aytishlarni yod oladilar. Biz kuzatishlar olib borgan maktablarning aksariyat qismida ertaliklarni o'tkazishga kam e'tibor berilishi aniqlandi. Bu sohadagi talab va istaklarni o'rganib chiqib, boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan bir-necha bor ertaliklar uyushtirdik.
Bizningcha, ertaliklar quyidagi tartibda o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi:
ertalikning mavzusini tanlash va mavzu yuzasidan materiallar to'plash;
ertalikning dasturini tuzish;
ertalikka mehmonlar taklif etishni rejalashtirish;
ertalik o'tkaziladigan joyni aniqlash va bezash;
ertalikni muvaffaqiyatli o'tkazish va qatnashchilarni rag'batlantirish.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan «Navro'z bayrami», «Mehrjon bayrami», «Gullar bayrami», «Alifbo bayrami», «Oltin kuz» va boshqa ertaliklarni uyushtirish mumkin.
Bahor - fasllar gulshani, uyg‘onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug‘ilishidan bahra oladi, zavqlanadi. Bizning tabarruk xalqimiz ham Navro‘z bayramini, ya'ni yangi kunning tug‘ilishini aynan bahor faslida nishonlashi bejiz emas.

Navro‘z - xalqimizning eng ommaviy va go‘zal bayramidir. O‘zbek millatining umumxalq bayramlari orasida ushbu bayram o‘ziga xos ekologik mazmun va ma'no bilan boyitilgan. Navro‘z - o‘zbek xalqining tabiat, yer va uning in'omlariga bo‘lgan muhabbatining o‘ziga xos mujassamligidir. Shunga ko‘ra, o‘zida nihoyatda katta tarbiyaviy imkoniyatni mujassamlashtiradi hamda insonlarda mehnatsevarlik, insonparvarlik, o‘zaro hurmat, muhabbat, ezgulik, adolat, do‘stlik kabi ijobiy fazilatlarni mustahkamlashga imkon yaratadi. Navro‘z O‘zbekistonda bahor va mehnat bayrami hisoblanib, bahor faslining boshlanishida o‘tadi. Chunki, bu paytda dehqonlar yerga dastlabki urug‘ni qadashadi, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishadi. Qisqasi yerni bezashga harakat qilishadi, toki bu ijobiy ishlar insonlarga ezgulik keltirishiga, ularning qalbida ishonch va umid tuyg‘ularining shakllanishiga olib keladi. Qadimgi an'analarga ko‘ra, Navro‘z ayyomi arafasida kishilar ma'lum bir shartlarni bajarishlari lozim bo‘lgan. Ya'ni ko‘cha va hovlilarni tartibga keltirish, hasharlarda ishtirok etish, ariq va zovurlarni tartibga keltirish, daraxtlarni qurigan shox-shabbalardan tozalash va oqlash, ko‘chat hamda gullar o‘tqazish, hushchaqchaq va shodumon yurish, bir-birlariga yaxshi niyatlar tilash, urushgan kishilar bilan yarashish kabi shartlarni bajarishlari lozim bo‘lgan. Ajdodlarimiz asrlar davomida to‘plagan xalq an'analari, urf-odatlari va marosimlarida yer, suv, havo, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga rioya qilganlar. Bularning barchasi ekologik tarbiyaning ko‘rinishlari bo‘lib, ekologik an'analar hisoblanadi. Yoki insonlarni tabiatni muhofaza qilishga, uning tabiiy zaxiralaridan oqilona foydalanishga harakat qilishlari, bor kuchlari bilan amaliy faoliyat olib borishlari deb tushunsak bo‘ladi. Ushbu ibratli ishlarga yoshlarni ham jalb etish, ularda ekologik ong va dunyoqarashning shakllanishiga, insoniylik, vatanparvarlik, mehr-oqibatli bo‘lish kabi his-tuyg‘ularning tarkib topishiga olib keladi. Ayniqsa, biz suvlarni toza saqlash, undan tejamkorlik bilan foydalanish, havoning musaffoligiga erishish, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosini muhofaza qilish kabi tadbirlarni hayotiy ehtiyojimizga aylantirishimiz lozim. Ekologik tarbiyaning asosiy maqsadi har bir insonga tabiatsiz, tabiiy boyliklarsiz yashab bo‘lmasligini singdirishdan iboratdir. Inson tabiiy zaxiralarning tuganmas, cheksiz emasligi va qachonlardir tugashini bilishi kerak. Shu bois, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. Bu esa yoshlarda axloqiy me'yorlarga rioya etish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Bugungi kunga kelib, mustaqil ona yurtimizda buyuk xalqimizning asrlar davomida ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab kelgan ulug‘ bayrami o‘z mavqyeiga ega bo‘ldi. Turli to‘siqlar va qarama-qarshiliklarga qarshi katta kuch bilan millatimiz tomonidan asrab kelingan bayramning ozodlik yuzini ko‘rib, o‘z o‘rni va mavqyeni topishi hamda xalqimiz tomonidan umumxalq bayrami sifatida har yili nishonlanishi millatimiz uchun katta quvonchdir. Tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovati ramzi bo‘lgan go‘zal NAVRO‘Z bayrami tarovatini o‘sib ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodga yetkazish, ular ongi-qalbida qadimiy va mo‘tabar an'analarimizga nisbatan mehru-muhabbat, tabiatga yaqinlik va uni e'zozlash hislatlarini ular shuuriga singdirish muhimdir. Bular o‘z navbatida barchamizda, hozirgi kunda aholi o‘rtasida iymon-e'tiqod, axloq-odob, savob va gunohning mohiyatini tushuntirib berish, tug‘ilib o‘sgan o‘z ona zaminini e'zozlash, vatanparvarlik va insonparvarlik kabi tuyg‘ularni, tejamkorlik, sarishtalik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni qaror toptiradi. Ayni kunda dunyo bo‘yicha umumbashariy ahamiyat kasb etayotgan, qolaversa, respublikamizni ham chetlab o‘tmagan va katta xavf tug‘dirayotgan ekologik muammolar davrida Navro‘z bayramining mazmun-mohiyati bilan yosh avlodlarni tanishtirish ayni muddaodir.
Zero, inson o‘zining mehr-muhabbati bilan tabiatni muhofaza qilishi, unga yordam bera olishi mumkinligini anglab yetishi lozim. Shundagina ekologik falokatning oldi olinadi, insoniyat bu xavf-xatardan omon qoladi. Ekologik muammolarni hal etish uchun uzluksiz ta'lim tizimida yoshlarning ekologik madaniyati va dunyoqarashini shakllantirish zarur. Yurtimiz go‘zalligi, ozodaligi, tozaligi va obodonligiga o‘z hissamizni qo‘shish - bizning maqsadimizdir. Shundan kelib chiqib barchamizda ekologik madaniyat va dunyoqarashni tarkib toptirish o‘ta muhim vazifadir. Aslini olganda, bu vazifalar har birimizning yuksak insoniylik va ma'naviy burchimiz ekanligini anglab yetmog‘imiz, tabiat, uning resurslarini asrab- avaylashga hamda ulardan oqilona foydalanishni hayotiy ko‘nikmamizga aylantirishimiz lozim. Navruz o‘ziga xos betakror bir olam bo‘lib, inson zotini tabiat bilan doimo uyg‘un va hamohang bulib yashashga da'vat etadigan o‘zaro mehr-oqibat, qadr-qimmat, xayru saxovat ramzi va belgisidir. Ayni Navruz faslida barchamiz o‘zimizning tabiat farzandi ekanimizni, xalqimizga xos milliy qadriyat va an'analar nechog‘li teran va sermazmun, madaniyatimiz naqadar boy ekanini butun qalbimiz bilan anglaymiz va beixtiyor yuragimiz g‘urur va iftixorga to‘ladi. Axir bolalar o‘sib kelayotgan yosh avlod hisoblanadi va mamlakatimiz taqdiri ularga bog‘liq. Tabiatga mehr, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerakligini singdirish har birimizning burchimiz.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin