Maktabgacha ta’lim metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə12/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Guruh mashg‘ulotlari. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarning guruh bo'lib o'tkaziladigan shakllaridan biri to'garak ishidir. U muayyan ishtirokchilar doirasini qamrab oladi va tabiatni chuqurroq o'rganish imkoniyatini beradi. To'garakka a’zo bo'lish ixtiyoriydir, ammo unga kiruvchi o'z zimmasiga aniq reja bo'yicha ishlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish majburiyatini oladi Rejaga o'quvchilar bajarishga kuchi yetadigan ishlar kiritilish lozim. O'qituvchining asosiy vazifasi — amaliy natijalar byeruvchi faol ishlarni ta’minlashdir. Ishda har xil: o'qituvchi va o'quvchilarning tabiiy yoki tasviriy ko'rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan og'zaki bayon qilishi, amaliy o'quv va ko'nikmalarga shakllantirishga qaratilgan o'quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnat va boshqa metodlar to'g'ri uyg'unlashtirilishi lozim. To'garakni muvaffaqiyatli ishlashida mashg'ulotlar o'tkazishga tayyorlanish katta ahamiyatga ega. Birinchi mashg'ulot oldidan uni o'tkazish vaqti to'g'risida eslatish, to'garak vazifalari bilan o'quvchilarni tanishtiruvchi, kirish suhbatining mazmunini barcha tafsilotlari bo'yicha o'ylab chiqish zarur. To'garakning ish rejasini tuza turib, mo'ljallangan mavzuni o'quvchilar bilan muhokam qilish va ularning taklif-istaklarini hisobga olish kerak. To'garakning birinchi mashg'ulotida uning faollari yoki kengashi (sardori, uning muovuni, muharririyat a’zolari) saylanadi. Shuningdek to'garakda qatnashuvchilarning xulq-atvori qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur.
Qoidalar quyidagicha:
1) ishda faol qatnashish;
2) barcha topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish;
3) har bir ishni nihoyasiga yetkazish;
4) kuzatishlar va bajarilgan ishlari kundaligini yuritish;
5) o'rtoqlariga yordam berish;
6) mashg'ulotlarga muntazam qatnashish.
To‘garak ishiga o'qituvchi rahbarlik qiladi. Davomatni sardor yoki uning muovini maxsus jurnalda olib boradi. Mashg'ulotlar ikki haftada bir marta muayyan kun va soatlarda o'tkaziladi. Birinchi mashg'ulotda faqat tashkiliy masalalar bilan cheklanmaslik kerak. O'quvchilarga kichikroq, lekin qiziqarli kirish materiali berish kerak, toki ular to'garak ishiga qiziqsinlar va nima bilan shug'ullanishlari haqida dastlabki (taxminiy) tasawurlarga ega bo'lsinlar. Ishni diafilm, diapozitiv ko'rish,tabiatshunoslik mazmunidagi ilmiy-ommabop adabiyot o'qish bilan boshlash ma’qul. Har bir yosh tabiatshunos yoki uch-to'rt o'quvchidan iborat kichik guruh o'qituvchi yordamida o'zlari uchun muayyan mavzuni tanlaydilar. To'garak rahbarining vazifasi har bir ishtirokchini u uddalaydigan foydali mavzu bilan qiziqtirishdir. To'garakda o'tkaziladigan ish xilma-xil bo'lishi, lekin umumiy maqsadga —jonajon tabiatni o'rganishga birlashtirilishi zarur.
≪Hamma narsani bilishni istayman≫ to'garagining (3 -4 - sinflar) ishini quyidagi reja bo'yicha tashkil qilish mumkin:
1) kirish mashg'uloti;
2) tabiatga ekskursiya (≪Kuz in’omlari≫) mavzusi;
3). ≪Jonajon o'lkaning qushlari≫, ≪Yilning har xil fasllarida o'simliklar≫ ,≪Yilning har xil fasllarida hayvonlar≫ diafilmlarini ko'rish;
4) Tabiat ustaxonasi, Soat gullari, Ularni muhofaza qilish kerak kabi otkritkalar turkumi bilan ishlash;
5) Oltin kuz yertaligi;
6) ≪Qanotli do'stlarga yordam≫ operatsiyasi;
7) tabiat (o'lkashunoslik) muzeyiga ekskursiya;
8) ≪Qizil kitoblar≫ to'g'risida suhbat; bu kitoblarga kiritilgan o'simlik va hayvonlarni tomosha qilish;
9) tabiatga ekskursiya (mavzu ≪Sehrli dorixona≫);
10) to'garak ishlarini yakunlash.
Mashg'ulotlarda xilma-xil: o'qituvchi va o'quvchilar hikoyasi,suhbat, amaliy ishlar bajarish (kolleksiya va gerbariylar yasash,
tajribalarga tayyorlanish va o'tkazish), tabiatda o'tkazilgan kuzatishlarni muhokama qilish uslublaridan foydalaniladi. O'qitishning texnika vositalari hamda qiziqarli material to'garak ishlarining majburiy elementidir.
Klub ishi. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarda boshlang'ich sinf o'qituvchilari klub ishlaridan keng foydalanadilar, ularni boshqa ish shakllaridan farqi shundaki, klubda bolalar erkinroq faoliyat yuritishlari mumkin, o'zaro munosabatlar uchun erkin vaziyat yaratiladi, o'yinlarga ehtiyoj va qiziqish qanoatlantiriladi.
Klub majlislarida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan: Bu nima Nima uchun bu yuz beradi? Qayerda buni ko'rish, bilish, o'qish mumkin? kabi savollarga mustaqil javoblar olishga o'rganadilar. Klub majlisining zarur elementlari o'quvchilarning savollari va javoblaridir, javoblar topilgan manbalarning albatta ko'rsatilishi kerak.
Bu ish bilan barcha o'quvchilarni qiziqtirish uchun sinfga ≪Savol javob beramiz≫ yoki ≪Nimachining savollari≫ yozilgan qo'yiladi, unga savollar yozilgan varaqchalar solinadi. Klubning navbatdagi majlisidan bir hafta oldin o'qituvchlar savollarni mazmuniga qarab guruhlashtiradi, klub a’zolari orasida taqsimlaydi va javob topishni taklif qiladi. Javoblar tayyorlash uchun o'qituvchi klub a’zolariga ma’lumotnoma va ilmiy-ommabop adabiyotga murojaat qilishni, agar kerak bo'lsa, tabiatda yoki jon tabiat burchagida kuzatishlar, oddiy tajribalar o'tkazishni tavsiya qiladi. Savollarga javob berishni jism va hodisalar (o'simliklar gerbariysi, hayvonlar chuchelasi yoki ularning rasmlari, diapozitn diafilm, tajriba va hokazolar)ni ko'rsatish bilan olib borgan ma’qul Klub mashg'ulotlarini o'tkazishga bunday tayyorgarlik bolalarda faqat kuzatuvchanlikni, qo'shimcha adabiyot bilan ishlash va savollarga to'g'ri javob berish uquvinigina emas, balki ko'rsatish uchun material tanlash uquvlarini ham rivojlantiradi, javoblar ancha isbotli va esda qoluvchi bo'lishini ta’minlaydi, boshqa klub a’zolarida ham savollarni chuqur va qiziqarli yoritishga intilishi vujudga keltiradi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin