Maktabgacha ta’lim metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə10/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Sinov savollari

1. Tabiatshunoslik o’qitish shakllariga umumiy tavsif.


2. Dars - o’quv-tarbiya ishining asosiy shakli ekanligi.
3. Ta‘limning tashkiliy shakllarini o’zaro bog’liqligi.
4. Tabiatshunoslik ta’limining tashkiliy shakllari tizimi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nuriddinova M.I.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T., 2005.
2. Bahramov A.,“Tabiatshunoslik.” Darsligi 3-sinf.T:.“Cho’lpon” nashriyoti. 2014.
3. Bahramov A., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 4-sinf. T:. “Sharq” nashriyoti 2014.
4. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T. 1992.
5. PakulovaV.M.,Kuznetsova M.I.Metodika prepodavaniya prirodovedeniya.M., 1990. 6. Nishonboeva M.G. Biologiya darslarida ekologik tarbiya. O’qituvchilar uchun qo’llanma. T., 1992.


6-SEMESTR


7-MAVZU.
DARSDAN TASHQARI ISHLAR-O’QUV ISHLARINI TASHKIL ETISHNI ZARURIY SHAKLI.
REJA :
1.Darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishning ahamiyati.
2.Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari.
3.Ommaviy mashg’ulotlar.


Tayanch so’z: Tirik tabiat burchagi,ommaviy ishlar,o’quv tajriba uchastkasi.

Darsdan tashqari ishlar uy ishlari (vazifalar)ga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun tegishli o'simliklar maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga tirik tabiat burchagidagi, o'quv-tajriba maydonchasida va tabiatda yozgi topshiriqlar bo'yicha bajariladigan ishlar kiradi.


Bu ishlar o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg'otish, shuningdek, maktab dasturini kengaytirish hamda to'ldirish maqsadida amalga oshiriladigan darsdan chetdagi ko‘pchilik faoliyat shakli bo'lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi.
Tabiatshunoslik xonalarida va tirik tabiat burchagida o'tkaziladigan ishlar uchun o'quvchilarga topshiriqlar darslarda kursning barcha mavzulari uchun o'quv yili davomida berib boriladi. Tabiatshunoslik fanlarining o'qitilishida o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning majburiy bo'lmagan ko'ngilli shakllari: indiviudal ishlar, sinfdan tashqari, ≪Yosh tabiatshunoslar≫ to'garagining ishi, ommaviy kechalar, ijtimoiy foydali ishlar keng qo'llaniladi. Sinfdan tashqari ish o'quv materiali asosida va unga bog'liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklanmaydi,ammo uni to'ldiradi va tabiat haqidagi fanning qiziqarlihamda kerakli tomonlarini ochib beradi.
Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va konkretlashtirish, tabiatni o'rganishga qiziqish uyg'otish, o'quvchilar faolligi hamda mustaqilligini rivojlantirish, vaqtni rejalashtirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki bu ishlar o'quvchilarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Ularning moddiy dunyoga qarashi va mehnat madaniyati shakllanadi, bilishga qiziqishi, mustaqil kuzatish ko'nikmalari rivojlanadi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni Teranlashtiradi. Tabiatshunoslik bo'yicha yo'lga qo'yilgan sinfdan tashqari ishlar o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. Uzoq muddatli tajribalar o'tkazish, gerbariy va kolleksiyalar uchun material yig'ish, model, maket va boshqa ko'rgazmali qurollar tayyorlash, jonli tabiat burchagi va o'quv-tajriba maydonchasidagi ishlar kabi sinfdan tashqari ishlarning shakllari tabiatni o'rganishni hayot bilan bog'lash va o'quvchilarni politexnik tayyoigarlik uchun ahamiyatli bo'lgan amaliy o'quv va ko'nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Bolalarning kuzatishlari va o'qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy ishlari tabiatni boshqarish, uni inson manfaati uchun o'zgartirish to'g'risidagi ta’limot asoslarini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalarni ijtimoiy-foydali faoliyatlari ularni mehnatga o‘rgatadi vatanparvarlik tarbiyasiga ko'maklashadi. Sinfdan tashqa mashg'ulotlaming barcha turlari bir-biriga bog'liq bo'lishi, bir ikkinchisini to'ldirishi kerak. O'simlik va hayvonlar bilan ishlash, darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg'ulotlar rivojlanishi mumkin, ayniqsa, tabiatshunoslik bilan qiziqqa o'quvchilar yosh tabiatshunoslar to'garagi mashg'ulotlari qatnashishlari mumkin. O'quvchilarda tabiiy ob’yektlari kolleksiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga mehrni payqaga o'qituvchi ularning qiziqishlariga qarab mashg'ulotlar topish tabiat to'g'risidagi fanni chuqurroq o'rganish istagini rivojlantirish zarur.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin