Sinov savollari: 1. Tabiatshunoslik darslarida o’quv qurollarining qanday turlaridan foydalaniladi?
2. Tabiiy ko’rgazmali qurollarga nimalar kiradi?
3. Proektsion apparatlar deganda nimani tushunasiz?
4. Tabiatshunoslik darslarida xaritaning qanday tiplaridan foydalaniladi?
5. Laboratoriya va tajribalar uchun maxsus jihozlarga nimalar kiradi?
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nuriddinova M.I.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T., 2005.
2. Bahramov A.,“Tabiatshunoslik.” Darsligi 3-sinf.T:.“Cho’lpon” nashriyoti. 2014.
3. Bahramov A., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 4-sinf. T:. “Sharq” nashriyoti 2014.
4. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T. 1992.
5. PakulovaV.M.,Kuznetsova M.I.Metodika prepodavaniya prirodovedeniya.M., 1990. 6. Nishonboeva M.G. Biologiya darslarida ekologik tarbiya. O’qituvchilar uchun qo’llanma. T., 1992.
6-Ma’ruza: Tabiatshunoslikdan o‘quv ishlarini tashkil etish shakllari. Reja: 1. Tabiatshunoslik o’qitish shakllariga umumiy tavsif
2. Dars - o’quv-tarbiya ishining asosiy shakli ekanligi.
3. Ta‘limning tashkiliy shakllarini o’zaro bog’liqligi.
4. Tabiatshunoslik ta‘limining tashkiliy shakllari tizimi.
Tayanch iboralar: dars, metod, uslub , vosita, eksperimental xarakter”.
Maktabda o’quvchilarga ta‘lim va tarbiya berish o’quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi. O’qitishning shakli tarbiyaviy ta‘lim jarayonida o’qituvchi tomonidan foydalaniladigan o’quvchilarning o’quv, ko’nikma, idrok qilish faoliyatini o’tkazish (sinfda, tabiatda va shu kabilarda) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir.Maktablarda o’rganiladigan barcha fanlar uchun o’quv ishlarining asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma‘lum darajada darslikda belgilangan o’quv materiali o’qitiladi. Darslarga qatnashish o’quvchilarga majburiydir. Dars - deganda ma‘lum fanlardan, ma‘lum hajmdagi bilimlarning ma‘lum yoshdagi o’quvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo’lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko’tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog’lab olib borish, yangi pedagogik texnologiyalardan qo’llab dars o’tish o’quvchilarning tabiatshunoslikdan olgan bililmarini e‘tirof etish o’quvchilarda tabiatshunoslikdan bilimlarni o’zlashtirishga yanada qiziqish uyg’otadi, ular bilimini mustahkamlashga yordam beradi. Dars - o’qituvchining sinf bilan olib boradigan ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishning asosiy shaklidir. Darsda butun ta‘limtarbiya sistemasi, o’qitishning metodlari, uslublar va vositalar kompleksi amalga oshadi. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilar dasturga qat‘iyan muvofiq, o’qituvchi rahbarligida nazariy bilimlar, amaliy o’quv va ko’nikmalar oladilar. Materialni o’quvchilarga tushunarli bayon qilib, xilma-xil qurollardan foydalanib, o’qituvchi zarur tushuntirishlar beradi, o’qish kitobi bilan mustaqil ishlash, o’z bilimlaridan amalda foydalanish uquvlarini singdiradi. Darslarning maqsadi va mazmuni har xil, ammo ularning barchasida umumiy maqsad - o’quvchilarning kompleks tarbiyasi va ularga tushunarli bo’lgan bilimlarni bayon qilish, birlashtirishdir. O’qituvchi o’quvchilar ishini shunday tashkil qilishi kerakki, ular shu darsda o’rganiladiganlarni ilgari o’tilganlar bilan bog’lanishini tushunsinlar, materialni ongli o’zlashtirsinlar. Dars o’tishda o’qituvchi o’quvchilarning faol ishlashlari uchun sharoit yaratishga, ularda jonli qiziqish uyg’otishga intilishi kerak. Bu faqat darsga tayyorlanishda qiziqarli, mamlakatimiz hayoti bilan bog’liq bo’lgan, o’quvchilarga yaqin bo’lgan materialdan foydalanilganda bo’lishi mumkin. Darsga tayyorlana turib, faqat yangi mavzu mazmuninigina emas, balki o’quvchilarning yoshi, rivojlanishi va tayyorgarligini, ilgari o’rganilganlarni o’zlashtirish darajasi, olingan bilimlarning puxtaligi ham hisobga olinishi lozim. Darsda ko’rgazmali qurol va tajribalarni namoyish qilish bilan boradigan hikoya, suhbat, amaliy ish metodlari qo’llanilishi mumkin. Darsda har xil metodlarning qo’llanilishi yangi mavzuni to’liq va ravshan yoritishga imkon beradi, o’quvchilarni kamroq charchatadi, ular faolligini oshiradi. Dars ta‘lim jarayonida o’quvchilar jism va voqealar bilan tanishibgina qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa o’z navbatida, o’quvchilarda tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni shaklanishiga olib keladi. Darsning tarbiyaiviy mazmun kasb etishi, berilayotgan material mazmuni bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o’quv materiallarini egallash usullari bilan xarakterlanadi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasida o’quv ishlarining turli xildagi shakllari qaror topgan. O’simlik, hayvon va odam hamda tabiat taraqqiyotining qonuniyatlari o’rganiladigan maktab kursining mazmuni maktabda shu fanni o’qitish tizimining o’ziga xosligini belgilaydi. Tabiatshunoslikni o’qitishning asosiy shakli – darslarga qo’shimcha holda maktab amaliyotida o’qituvchining o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining boshqa shakllari tarixan vujudga kelgan. Metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan o’quv jarayonida shu o’qitishning barcha shakllari asosiy shakl - dars bilan o’zaro bog’liqdir. Ular tabiat haqidagi tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni, amaliy ko’nikmalarni rivojlantiradi. Tabiatshunoslik darslarida o’qituvchi barcha o’qitish metodlarini: og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni qo’llaydi. U o’simlik va hayvonlarni namoyish etadi. amaliy ishlarni bajarish yo’li bilan o’quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. Ammo darslarda uzoq kuzatishni talab qiluvchi o’simlik yoki hayvonning rivojlanish jarayoni, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tabiatshunoslik o’qitish metodikasida darslarni to’ldiruvchi maxsus shakllar qo’llaniladi. Ekskursiyalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yoki muzeylarda, o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. O’rganilayotgan materiallar tushunchalar yig’indisiga kiradi yoki ilgari qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi va umumlashtiradi. Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog’lanadi. Ekskursiyada ko’rilgan ob‘ektlar kurs davomida ko’p marta esga olinadi, to’plangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o’quvchilar ilgari olgan bilimlarini qo’llab, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar. Darslarning uy vazifalari xususan eksperimental xarakterdagi tposhiriqlar bilan bog’liqligi aniq va ravshandir. O’quvchilar uyda uncha murakkab bo’lmagan tajribalar, kuzatishlar o’tkazadilar (masalan, uyda daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot bo’laklarini yelimlaydilar, jadval to’ldiradilar, rasmini chizadilar). Darsdan tashqari ishlar uy ishlariga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun tegishli o’simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: tirik tabiat burchagidagi, o’quv-tajriba maydonchalaridagi va tabiatda bajariladigan ishlarga oid topshiriqlar kiradi. Tabiatshunoslik xonalarida va tirik tabiat burchagida o’tkaziladigan ishlar uchun o’quvchilarga topshiriqlar darslarda kursning barcha mavzulari uchun o’quv yili davomida berib boriladi. Tabiatshunoslik fanining o’qitilishida o’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning majburiy bo’lmagan turli shakllari: individual, sinfdan tashqari, ijtimoiy foydali ishlar, yosh tabiatshunoslar to’garagining ishi, ommaviy kechalar va boshqa tadbirlar keng qo’llaniladi. Sinfdan tashqari ish o’quv materiali asosida va unga bog’liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklanmaydi, ammo uni to’ldiradi va tabiat to’g’risidagi fanning kerakli tomonlarini ochib beradi. Darsning psixologik tugallanganligi dars davomida o’quvchilarning egallagan bilimlaridan, ko’nikmalaridan bilinadi. Bu darsning uslubiy tugallanishiga qo’yilgan didiaktik masalalarni muvaffaqiyat bilan yechishga imkon beradi va darsning mazmuni maqsadiga mos kelganligini ko’rsatadi. Tashkiliy aniqlikning zarurligi materialni bo’liklarga bo’lish, o’qitish usullarini tashlash, darsning turli elementlarining o’zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Didaktik maqsad darsdagi asosiy ish turini aniqlaydi (Yangi materialni o’zlashtirish, uni qaytarishdan iborat). Didaktik maqsadga qarab darsga vaqt ajratiladi. O’qitish uslublari va darsning to’liq tuzilishi belgilanadi. Maqsadi va mazmuni jihatidan har xil bo’lgan darslar turlicha sxemada tuzilishi mumkin. Odatda dars quyidagicha sxemada tuziladi: Tashkiliy qism (salomlashish, darsda yo’qlarni belgilash, ishga tayyorlanish). Uy vazifasining bajarilishini tekshirish (o’quv qurollari va tajribalardan foydalanib, o’quvchilarga ma‘lum bo’lganlarni so’rash). Yangi materialni o’rganish: yangi mavzu bo’yicha kirish suhbati; amaliy ish; o’qituvchining hikoyasi yoki o’quvchilarga ma‘lum bo’lgan faktlarga tayanuvchi yoki yangi narsalarni qarab chiqish bilan, darsda o’rganilishi kutilgan hodisalar bilan bog’liq bo’lgan suhbat; narsa va hodisalarni o’rganish asosida xulosalar chiqarish; dars davomida daftarlarga yozish va chizish; darsda olingan bilimlarni mustahkamlash bo’yicha darslik bilan ishlash; o’qitishning texnika vositalaridan foydalanish. Darsda o’rganilgan materialni tekshirish va mustahkamlash. Bunda yangi material bilan ilgari o’tilganlar o’rtasida bog’lanish o’rnatiladi, yangi mavzuni tushunib olish uchun zarur bo’lgan bilimlar aniqlanadi. Qiziqarli materiallardan (maqol, matal, topishmoq, tabiat to’g’risidagi asarlardan olingan parchalardan) foydalanish. Uyga vazifa berish. Dars rejasi asosiy o’quv-rejalashtirish hujjatlaridan biri bo’lib, unda ta‘limtarbiyaviy maqsadlari, o’qitish va tarbiyalash masalalari ko’rsatiladi hamda darsning tarkibi va elementlari, har bir elementga ajratilgan vaqt, o’qituvchi tomonidan izohlanadigan o’quv materialining ketma-ketligi va mazmuni, mustaqil ishlarning xarakteri va mazmuni, uy topshirig’i va boshqalar ifodalanadi. Rejaning asosiy maqsadi o’qitish jarayonini to’g’ri rejalashtirishga va uning samaradorligini oshirishga yordam berishdir. Dars muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni tashkil etish bo’yicha o’qituvchi faoliyatining maqsadini aniqlash lozim. Darsning maqsadi to’rtta: ta‘limiy; tarbiyaviy; rivojlantiruvchi; qiziqtiruvchi.
Ta‘limiy maqsad quyidagilardan iborat:
-yangi tushunchalarni shakllantirish;
-yangi harakat usullarini o’rgatish;
-bilimlardagi kamchiliklarni bartaraf etish;
-bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish;
-malakalarni shakllantirish;
-tushunchalar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash bo’yicha o’quvchilarda biror narsa to’g’rsida tushunchalarni shakllantirish;
-xulosa chiqarishga tayyorlash va o’zalshtirishga erishish.
Tarbiyaviy maqsad - o’quvchilarda quyidagi muayyan shaxs sifatlari va xarakterini tarkib toptirishdan iborat:
-dunyoqarash va kasbga qiziqtirishni;
-fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish ko’nikmalarini
-nutq madaniyatini
-vatanparvarlikni; mehnatga ongli munosabatni;
-ongli intizom va yaxshi xulqni;
-ta‘lim olishga ijobiy munosabatni;
-estetik qarashlarni.
Rivojlantiruvchi maqsad - dars jarayonida o’quvchilarning ruhiy sifatlarini diqqat, xotira, tafakkur va bilish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Mehnat, bilish va aqliy ko’nikmalarni, iroda va mustaqillikni rivojlantirish, ularni kelgusi darslarga tayyorlash zarurligini ko’rsatadi. Bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash, o’quvchilarning bilish qobiliyatlarini takomillashtirish - bu rivojlantiruvchi ta‘lim deb tan olinadi. Qiziqtiruvchi maqsad - dars jarayonida o’quvchilarni mavzuga bo’lgan qiziqishlarini orttirish orqali ularning faolligini oshirishdan iborat.