Maktabgacha ta’lim metodikasi


-MAVZU. TABIATSHUNOSLIKNI O‘QITISH VOSITALARI



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə20/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

12-MAVZU.
TABIATSHUNOSLIKNI O‘QITISH VOSITALARI.
Reja:
1.Tabiatshunoslikni o’qitishda qo’llaniladigan vositalar.
2.Xarita,kompos,Termometr va boshqa asboblardan foydalanish.
3. O’lkashunoslik burchagi.
4. Tirik tabiat burchagi.
Tayanch so’z: moddiy baza, ko’rgazmali qurollar, uning jihozlari; jonli tabiat burchagi,o’lkashunoslik burchagi, applikatsiya, mulyaj, kompas.

Moddiy baza ta‘lim samaradorligini oshirishda muhim o’rin ttutadi. Ko’rgazmali vositalar tabiatshunoslik kabineti, tirik tabiat jismlari va o’quv-tajriba uchastkasi moddiy bazaning tarkibiy qismlaridir. Tirik obyekt hamda tasviriy ko’rgazmalarni mavjud bo’lishi o’quvchilarni turli xil mustaqil va amaliy ishlarga jalb qilish imkonini beradi.


Tabiatshunoslik darslarida turli ko’rgazmalikdan foydalanish ularni diqqat bilan tanlash va tayyorlanish talab etadi. Ko’rgazma vositalar va tirik tabiat o’quv jarayonida qadimdan foydalanib kelinayotir, masalan, XVII asrdayoq Amosskiy ko’rgazmalilik muhim tamoyil sifatida belgilab byerilgan edi. “Buyuk didaktika” kitobida.
Nemis metodisti LisTerveg ham ko’rgazmalik roliga katta baho bergan edi: “ko’rgazmalik yo’lidan tashqari boshqa hech qanday yo’l bilan odam bilim olishi mumkin emas” degan edi.
Keyinchalik K.D. Ushinskiy bu nazariyani rivojlantirib, ko’rgazmalikni ahamiyatini quyidagicha asoslab byerdi: “Bolaga qanday bo’lmasin, besh noma‘lum so’zni o’rgating va u uzoq vaqt behuda qiynaladi: ammo sur‘atlar bilan bog’lasangiz, 20 ta shunday so’zni u go’yo (uchgandek) yengil o’zlashtiradi”, deb yozgan edi.
Ushinskiy o’z asarlarida turli so’zlar va bilimlarni bolalar shakllar, ranglar, hajm va tovushlar vositasida idrok qiladi va tasavvurlar shakllanadi, deb qayd etadi.
Tabiatshunoslik o’qitishda quyidagicha ko’rgazma vositalar qo’llaniladi:
1. Tabiiy yoki predmetli ko’rgazma qo’llanmalar.
Tirik mavjudotlar – barcha tirik o’simlik va hayvonlar; gerbariylar, tulumlar; kollektsiyalar-o’simliklar, urug’lari, mevalari, hayvonlar kollektsiyalari, foydali qazilmalar, tog’ jinslari, mineral moddalar, tuproq namunalari, o’g’itlar, torf. To’garak mashg’ulotlari, sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida ular o’quvchilar tomonidan tayyorlanishi ham mumkin.
Ho’l preparatlar, quruq preparatlar o’simlik va hayvonlar qismlarini tabiiy holda quritilgani. Ularga donli, texnik va sabzavot ekinlari yig’malari kiradi. O’simliklarning vegetativ qismlari va gul preparatlaridir. Daryo qisqichbaqasining skeleti /bo’limlarga bo’lingan/ umurtqali hayvonlar skeletlari, suyaklar to’qimi shu guruhga mansubdir. Hajmi va bog’lamli gerbariylar tabiiy ko’rgazmalar namunasidir.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin