Maktabgacha ta’lim metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə28/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Applikatsiya-bir tomonlama ko’rinishli hajmli qo’llanmadir. Plastilin, (orgoyna)-oyna maydalaridan tayyorlanadi. Terining tuzilishi, o’pka buyrak va boshqa ichki organ a‘zolarini shu yo’l bilan tayyorlab, tuzilishilari o’rganiladi. Qon aylanish tizimi, nafas olish, bosh miyaning tuzilishini ko’rsatish mumkin.
Boshlang’ich sinflarda kompas, termometr ishlatish yo’llarini o’rgatish ham katta ahamiyatga molik.
Kompas–joyning mo’ljalini olish uchun foydalaniladigan (pribor) –asbob. Shahar chetidagi o’rmonda, sayohatlar, sayrlarga chiqqan paytlarda kompasdan foydalaniladi.
Termometr–harorat o’zgarishi bilan suyuq moddalarni kengayishini aniqlashda qo’llaniladi. Ob-havoni kuzatishda, suvni haroratini, tabiatshunoslik darslarida o’simliklar ustida tajribalardan foydalanishda termometr qo’l keladi.
Ekran–ovozli ko’rgazma vositalari. Ularga o’quv filmlari, diafilm, gram yozuvlar, o’quv ko’rsatuvlari kiradi. Bu ekran qo’llanmalari harakatdagi voqea-hodisalarni ifodalaydi. Ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lmagan, uzoq o’lkalarda mavjud tirik va jonsiz tabiat unsurlarini, harakatdagi holatini tabiiy muhitda ko’rish imkonini beradi. O’quvchilar ham ko’rib, ham eshitish orqali bilim oladilar.
Harakatsiz tasviriy ko’rgazmali qurollar kabinetda saqlash va foydalanish uchun juda qulaydir. Bu guruhga:
A) o’quv kartinalar;
B) jadvallar;
V) diagrammalar;
G) diapozitivlar;
D) sxemalar;
Ye) kartalar;
J) portret;
Z) otkritka (gul qog’ozlar);
I) rasmlar;
K) turli xil didaktik qo’llanmalar.

Darslik darsda o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishni ta’minlovchi muhim vositadir.Tabiatshunoslik darsliklari ham ta’lim beruvchilik, rivojlantiruvchilik hamda tarbiyalovchilik ahamiyatiga ega. Ular O’zbekistonning mavsumiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan.
“Atrofimizdagi olam” (1-2-sinflar) va “Tabiatshunoslik”
(3-4-sinflar) darsliklari matnlarining mazmuni deyarli o’lkashunoslik tamoyiliga xos tuzilgan.
Darslik bilan ishlaganda quyidagi uslublardan foydalaniladi: matn bilan ishlash; savol va topshiriqlar bilan ishlash; darslikdagi rasmlar bilan ishlash.




Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin