Maktabgacha ta’lim metodikasi


Kerakli asbob va materiallar



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə27/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Kerakli asbob va materiallar: Darslik va o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matni, daftar, ruchka, qalam, o’chirg’ich, xarita, boshlang’ich sinf darsliklari, videoproektor, monitor,ko’rgazmalar.


Tabiatshunoslik o’qitishda quyidagicha ko’rgazma vositalar qo’llaniladi:
1. Tabiiy yoki predmetli ko’rgazma qo’llanmalar.
Tirik mavjudotlar–barcha tirik o’simlik va hayvonlar; gerbariylar, tulumlar; kolleksiyalar-o’simliklar, urug’lari, mevalari, hayvonlar kolleksiyalari, foydali qazilmalar, tog’ jinslari, mineral moddalar, tuproq namunalari, o’g’itlar, torf. To’garak mashg’ulotlari, sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida ular o’quvchilar tomonidan tayyorlanishi ham mumkin.
Ho’l preparatlar, quruq preparatlar o’simlik va hayvonlar qismlarini tabiiy holda quritilgani. Ularga donli, texnik va sabzavot ekinlari yig’malari kiradi. O’simliklarning vegetativ qismlari va gul preparatlaridir. Daryo qisqichbaqasining skeleti (bo’limlarga bo’lingan) umurtqali hayvonlar skeletlari, suyaklar to’qimi shu guruhga mansubdir. Hajmi va bog’lamli gerbariylar tabiiy ko’rgazmalar namunasidir.
Tasviriy ko’rgazmalar. Ular tayyor holda magazinlarda sotiladi, sotuvchilarning mustaqil o’rganishlari va namoyish qilishda foydalaniladi. Ular to’plam holida tayyorlanadi. Fabrikalarda, maktablar esa zaruriy miqdorda sotib oladilar.
Hajmli ko’rgazma vositalariga quyidagilar mansubdir:
Model-bu 3 o’lchamli ko’rgazma qurol bo’lib, jism yoki uning alohida qismlarini ko’rinishini aks ettiradi. Model faqat tashqi ko’rinishni emas, ichki mazmunni ham aks ettirib, tabiiy jismga yaqinlashtiradi. U ishlash prinsipini ham ko’rsatishi kerak masalan, elektrostansiya yerning o’qi atrofidagi harakati, quduqning ishlashi, suv tegirmoni jonsiz tabiat modellariga globus, tog’lar modellari kiradi. Ularni namoyish qilish uchun foydalaniladi.
Globus-yer sharining kengaytirilgan ko’rinishi. O’z o’qi atrofida aylanishini aks ettiradi, parallel va meridian chiziqlari, shimol, janub, g’arb, sharq tomonlar, ko’l, okean va dengizlar rangli tasvirlar orqali ifodalangan.
Ichki organlar modellari ham mavjud: yurak, o’pka, bo’yrak, gulning modeli, meva va urug’lar modellari tayyorlanagan, ayrimlarini bolalarning o’zlari yasashlari mumkin. Maktab sharoitida plastilin, parafin, karton qog’ozdan bolalarning o’zlari yasashlari mumkin.
Mulyaj-bu jismning tashqi ko’rinishi (rangi, hajmi, shakli)-ichki mazmunsiz. Tabiatshunoslikka oid mulyajlar-mevalar sabzavot va ildizli mevalardir. Tayyor holda fabrikalardan chiqariladi, ya‘ni maktab dasturiga asoslangan holda tayyorlanadi. Mulyajlar to’garak mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilar kuchi yordamida ham tayyorlanadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin