O’lkashunoslik burchagi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari maktabga borishi bilanoq o’z joylarini o’rganishga kirishadilar. Tabiat ashyolari bo’yicha kuzatishlar olib boradilar. O’quvchilar tomonidan sayohat, kuzatishlar davrida boy tabiiy jismlar to’planadi, ularda esa o’quv jarayonida foydalaniladi.
To’plangan materiallar asosida o’lkashunoslik burchagi tashkil etiladi. Burchak tabiatshunoslik burchagi kabineti yoki alohida xonada tashkil etilishi mumkin. U yerda uch bo’lim tashkil qilinishi mumkin:
“Bizning o’lka” nomli stend tashkil etilib, u quyidagi ma‘lumotlarni yoritib boradi:
o’z aholi punktining nomi, joyi ifodalangan xaritasi;
o’z joyining nomi ko’rsatilgan O’zbekiston tabiiy xaritasi;
maktab joylashgan joy ko’rsatilgan aholi punktining rejasi;
o’z yashash joyining fotosuratlari;
mahalliy o’lka sanoat ishlab chiqarishini yorituvchi materiallar; i/ch-gan mahsulotlari;
qishloq xo’jalikni aks ettiruvchi materiallar, q-q x-k o’simliklari gerbariy va fotosuratlar;
turgan joyidagi daryo, suv omborlari haqida ma‘lumotlar;
joy tropigi;
o’lka o’simliklari;
o’lka hayvonlari to’g’risidagi ma‘lumotlar /fotosurat, rasmlari/ joy oladi.
“Bu qiziq” sarlavhasi ostida qiziqarli savollar. Asarlardan parchalar. Topishmoqli rasmlar./Hayvonlarning organlari/ joylashtiriladi.
O’lkashunoslik buchagida o’z o’lkasi tarixi bo’yicha tayyorlangan albom. Tabiat muhofazasi bo’yicha ma‘lumotlar /o’simlik va hayvonlarning fotosuratlari/ mavjud qo’riqxonalar, zakazniklar nomlari ko’rsatilishi lozim.
Savollar. 1.Tabiatshunoslik fanini o’qitishdagi vositalar.
2. Tabiatshunoslik fanini o’qitishda qanday tabbiy vositalardan foydalanamiz.
3. Tabiatshunoslik fanini o’qitishda foydalaniladigan vositalarni turli metodlar yordamida tushuntiring.
Topshiriqlar. 1.Tabiatshunoslik fanini o’qitishda foydalaniladigan vositalarni rasm orqali ifodalang.
2. Tabiatshunoslik fanini o’qitishda foydalaniladigan vositalarni farqi va ahamiyatini toping.
2-AMALIY MASHG’ULOT